Rossiyada oʻzbekistonlik ayol 6 oylik chaqaloqni oʻldirib qoʻydi

Joriy yilning 15 oktabr kuni Rossiyada 24 yoshli oʻzbekistonlik enaga olti oylik chaqaloqni oʻldirib qoʻydi. Bu haqda "78.ru" nashri maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qiluvchi oila olti oylik chaqaloqqa qarab turish uchun 24 yoshli oʻzbekistonlik ayolni yollagan. Ayol bolani choʻmiltirayotganida uni yiqitib yuborgan. Buning oqibatida bolaning boshi vannaga urilgan. Soʻng enaga tez yordam chaqirgan. Biroq shifokorlar chaqaloqni saqlab qola olmagan. Bola klinik oʻlim bilan shifoxonaga olib borilgan. 

Shifokorlar chaqaloqning oʻlimiga bosh miyadan olgan jarohati oqibatida suyaklarining sinishi sabab boʻlganligini bildirgan. Ammo ayol tergov qilinganda bolaning harorati koʻtarilgani va unga "Nurofen" dorisini berganini aytgan. Shundan soʻng chaqaloqda tutqanoq paydo boʻlgani va u hushidan ketmaganini ochiqlagan. 

Mazkur voqea sababchisi deb koʻrsatilayotgan ayol Moskva tuman sudi tomonidan chaqaloqning oʻlimida aybdor deb topilib, hibsga olingan. U ikki oyga, yaʼni 16 dekabrgacha tergov izolyatoriga yuborildi. 

Bundan tashqari, xabarda ayblanuvchi rus tilini yaxshi bilmagani uchun sud majlisi davomida unga tarjimon yordam bergani, oldin sudlanmagani hamda ayblanuvchining bir yarim yoshli farzandi borligi maʼlum qilingan.

Oʻzbekiston

21.10.2024, 14:08

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Wolt kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi

Kompaniyaning kurerlarga yoʻllagan murojaatida 2026 yil 4 mart, chorshanba kunidan boshlab Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlashi aytilgan.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 16:40

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi

Hind Al-Ovays BAAning Inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori va BMTda faol diplomat. U faylda Epshteynga 14 yoshli singlisini tanishtirish niyatini bildirgan.

Jahon

25.02.2026, 11:56

Oʻzbekiston fuqarosi AQSh sanksiyalariga tushdi

AQSh PAIPA qonuni doirasida sanksiyalar roʻyxatini yangiladi. Oʻzbekiston fuqarosi Azizjon Mamashov va BAAdagi Advanced SecuritySolution kiberhujum va tijorat sirlari oʻgʻirlashda ayblanmoqda.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 10:52

Telegram cheklanmoqda, Pavel Durov terrorizmda ayblanmoqda

Durov xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli Telegram Rossiyada bloklanishi mumkin. 

Jahon

25.02.2026, 09:48

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini boshlanganiga bugun, 24 fevralda toʻrt yil toʻldi.

Jahon

24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti

Fargʻona shahridagi bir nechta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda isitma, koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketish alomatlari kuzatildi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik fuqaro Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan edi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 09:40

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi

Namoyishchilar Eron bayrogʻini koʻtarib, Oyatulloh Xominaiyni nazarda tutgan holda “Diktatorga oʻlim!” shiori bilan chiqishgan.

Jahon

23.02.2026, 14:41

Meksikada mashhur narkobaronning oʻldirilishi ortidan tartibsizliklar avj oldi

Meksika Qurolli kuchlari mamlakatdagi eng yirik narkokartellardan birining yetakchisi, “El Mencho” nomi bilan tanilgan Nemesio Osegera Servantesni maxsus operatsiya davomida yoʻq qildi. 

Jahon

23.02.2026, 12:28