Vashington meri 1 sentabrni Oʻzbekiston Mustaqillik kuni deb eʼlon qildi
Vashington meri Meriel Bauzer Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 1 sentabrni AQSh poytaxtida rasman “Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni” deb eʼlon qildi.
Madaniy
22.08.2025, 14:19
Ulashish:

Foto: AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi
Qabul qilingan deklaratsiyada AQSh Oʻzbekiston suverenitetini birinchilardan boʻlib tan olgani qayd etilgan. Merning soʻzlariga koʻra, Vashingtonda 1 sentabrning Mustaqillik kuni deb rasman eʼlon qilinishi nafaqat ramziy maʼnoga ega, balki ikki davlat xalqlari oʻrtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganini ham ifodalaydi.
Hujjatda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilib, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani alohida taʼkidlanadi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida Oʻzbekiston faol iqtisodiy rivojlanish yoʻlini tanlagani, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlab, tinchlik, hamjihatlik va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etgani taʼkidlandi.
Vashington meriyasi Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasiga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi, shuningdek, madaniy almashinuvni kengaytirish va shaxslararo aloqalarni rivojlantirish borasidagi faol saʼy-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Madaniy
22.08.2025, 14:19
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi
Iqtisodiyot
20.02.2026, 10:10

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
