Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
AQŞ, Xitoy va Rossiya rahbarlari tarixda ilk bor uç tomonlama uçraşuv ötkazişi kutilmoqda. Kelasi hafta ATEŞ sammiti doirasida ötkaziladigan uçraşuvda Eron uruşi va yadro qurollari masalasi muhokama qilinadi.
Jahon
14.11.2026, 10:05
Ulashish:

Oq uy matbuot xizmati tasdiqlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp, Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Xitoyning Şenjen şahrida Osi yo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (ATEŞ) sammiti doirasida muzokara ötkazadi.
Uçraşuv Vaşington va Moskva örtasidagi yadro qurollarini çeklaş böyiça sönggi şartnoma – New START amal qilişi tugaganidan töqqiz oy ötib bölib ötadi. Natijada dünyanın eng yirik yadro arsenaliga ega ikki davlati yarim asrdan ortiq vaqt içida ilk bor yadro kallaklari soniga nisbatan şartnomaviy çeklovlarsiz qoldi.
Muzokaralar kun tartibida nimalar bor?
Tramp uç davlat yadro qurollari zaxiralari böyiça kelışuvga erişiş uçun sammit imkoniyat bölişini aytgan. New START şartnomasi 2026-yil fevralida tugagan. Şundan söng Tramp Rossiyaning uni yana bir yilga uzaytiriş taklifini rad etib, Xitoy ham iştirok etadigan «yangi, takomillaştirilgan va zamonaviylaştirilgan» kelışuv zarurligini bildirgan.
Biroq muzokaralardan katta natija kutilmayapti. Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli vakili Reuters agentligiga uçraşuvni aniq kelışuvga erişişdan köra muloqotni başlaş imkoniyati sifatida baholayotganini aytgan.
Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti ma’lumotlariga köra, yadro kallaklari soni böyiça Rossiya birinçi, AQŞ ikkinçi, Xitoy esa uçinçi örinda turadi.
AQŞ rasmiysining sözlariga köra, Tramp Si Szinpin va Putin bilan Eron uruşini ham muhokama qilmoqçi. Biroq Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi uçraşuv kun tartibiga kiritilişi kutilmayapti.
Tramp bilan birga Xitoyga Ilon Mask ham boradi, ammo u uç tomonlama uçraşuvda qatnaşmaydi. Şuningdek, AQŞ prezidentining Osi yo safari davomida Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan uçraşişi rejalashtirilmagan.
Yalta konferensiyasi bilan qiyoslar
Rejalaştirilayotgan sammit 1945-yilda ötkazilgan Yalta konferensiyasi bilan qiyoslanmoqda. Öşanda AQŞ, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi rahbarlari uruşdan keyingi dunyo tartibini şekllantiriş masalalarini muhokama qilgan edi.
Biroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday qiyosni rad etdi. Uning aytişiça, Şenjen shahrida erişiladigan kelışuvlarni boşqa davlatlarga majburan qabul qildirib bölmaydi. Şunga qaramay, u uçraşuvni «nihoyatda muhim» deb atadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa sammit Kiyev iştirokisiz Ukraina taqdirini muhokama qiliş maydoniga aylanişidan xavotir bildirgan.
Tramp ötgan yili Xitoy bilan qisqa muddatli savdo mojarosi yuz berganiga va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davom etayotganiga qaramay, har ikki davlat rahbari bilan yaqinroq munosabatlar örnatishga intilmoqda. Vaşington esa Ukrainadagi uruşni hal qiliş böyiça vositaçilik harakatlarini davom ettirmoqda.
Jahon
14.11.2026, 10:05
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Putin endi Si Szinpinning teng hamkori emas, balki kichik sherigiga aylandi
Jahon
15.07.2026, 12:06

Si Szinpin Pekinda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Jahon
29.06.2026, 16:50

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi
Jahon
05.06.2026, 11:49

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
So'nggi yangiliklar

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
