Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi

Si Szinpinning Pxenyanga safari Xitoyning Shimoliy Koreya ustidan ta’sirini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik qadam sifatida baholanmoqda.

Jahon

05.06.2026, 11:49

Ulashish:

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi

Xitoy yetakchisi Si Szinpin kelasi hafta qariyb yetti yil ichida ilk marta Shimoliy Koreyaga safar qiladi.

Ushbu safar Xitoyning yadroviy qurolga ega qo‘shnisi bilan yaqin aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi qator sa’y-harakatlarining biridir.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In so‘nggi yillarda Rossiya bilan yaqinlashib, Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shin va an’anaviy qurollar yuborgan edi.

Shuningdek, Kim Chen In o‘tgan yili Shimoliy Koreyaning eng yirik savdo hamkori va yordam manbayi bo‘lgan Xitoy bilan aloqalarni qayta tiklashga harakat qildi.

“Shimoliy Koreya Rossiya bilan yaqinroq aloqalar o‘rnatayotgan bir paytda, Xitoy Pxenyan ustidan o‘z ta’sirini qayta tiklash va Shimoli-sharqiy Osiyodagi strategik manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishga harakat qilmoqda”, - dedi Xalqaro inqiroz guruhi tahlilchisi Uilyam Yang.

Si Szinpin tashrifi dushanbadan seshanbagacha davom etadi, deyiladi ikki davlat ommaviy axborot vositalarining qisqa xabarlarida. Uning oxirgi tashrifi 2019-yil iyun oyida bo‘lgan.

Shimoliy Koreya yadroviy bombalar uchun zarur komponentlarni ishlab chiqaruvchi yangi inshootni namoyish etganidan bir kun o‘tib ushbu tashrif haqida e’lon qilinmoqda. Janubiy Koreya harbiylari yangi yadroviy obyektni uranni boyitish zavodi deb hisoblamoqda.

Zavodning oshkor etilishi – Kim Si Szinpinning tashrifi arafasida mamlakatining yadro quroliga ega davlat sifatidagi maqomini mustahkamlashga qattiq intilganidan dalolat.

Kim 2019-yilda Tramp bilan o‘tkazilgan yuqori darajadagi muzokaralari barbod bo‘lganidan beri o‘z yadro arsenalini kengaytirishga intilmoqda.

Tramp diplomatik munosabatlarni tiklash istagini bir necha bor bildirgan, biroq Shimoliy Koreya rahbarining fikricha, buning uchun AQSH muzokaralarning boshlang‘ich sharti sifatida mamlakatning yadrosizlanishi haqidagi talabidan voz kechishi kerak.

Kreml bayonotiga ko‘ra, o‘tgan oy Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Putin va Si Shimoliy Koreyaning yakkalanishi, iqtisodiy sanksiyalar, harbiy bosim va xavfsizligiga tahdid  soluvchi boshqa usullarga qarshiligini bildirgan.

Qudratga kelgan ilk yillarida ko‘p safarlar qilgan Si COVID-19 pandemiyasidan keyin xalqaro tashriflarni keskin qisqartirdi. Uning so‘nggi chet el safari 2025-yilning kuzida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti uchun Janubiy Koreyaga bo‘lib, u yerda Tramp bilan suhbatlashgan.

Mavzuga oid yangiliklar

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi

 Ummon harbiy-havo kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan Panama bayrog‘i ostidagi neft tankeridan 10 nafar ekipaj a’zosini evakuatsiya qildi. Hodisada kamida 12 kishi jarohatlangan.

Jahon

07.10.2026, 10:06

Cobalt va Damas’ni bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotish boshlandi

UzAuto Motors 7-oktabrdan Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash sharti asosida sotishni boshladi.

Iqtisodiyot

07.10.2026, 09:15

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiyaning xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Kiyevni tark etishga chaqirig‘iga qaramay, Amerika diplomatlari Ukrainada qolishini bildirdi.

Siyosat

06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi

6-oktabrga o‘tar kechasi Zaporojye shahridagi Dnepr orqali o‘tuvchi ko‘priklardan biriga berilgan zarba oqibatida besh kishi jarohatlangan.

Jahon

06.10.2026, 16:14

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?

"Men qaror qabul qildim", deb yozdi Kristianu Ronaldu.

Sport

06.10.2026, 15:41

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi

Qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonning minglab tarafdorlari mamlakat shimoli-g‘arbidan poytaxt tomon yo‘l oldi.

Siyosat

05.10.2026, 16:24

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi

O‘zbekistonda maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlari yagona boshqaruv organi — Ta’lim va fan vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Ta'lim

05.10.2026, 15:37

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi

AQSh Eron bilan bog‘liq ehtimoliy xavfsizlik tahdidi ortidan Buyuk Britaniyadagi RAF Fairford bazasidan barcha bombardimonchi samolyotlarini olib chiqdi.

Jahon

05.10.2026, 10:22

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyin ham G‘azoga hujumlar to‘xtamayapti — Isroil va HAMAS bir-birini kelishuvni buzishda ayblamoqda.

Jahon

03.10.2026, 11:28

Rasm SI orqali yaratilgan

Markaziy Osiyo ichki eksportining 80 foizi O‘zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo 8,1 milliard dollarga yetdi. Ammo bu jarayonda asosan ikki davlat yetakchi o‘rinni egallagan.

Iqtisodiyot

02.10.2026, 16:40

Neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar oqibatida Rossiya YaIMining 1 foizini yo‘qotdi – Putin

IEA va Reuters ma’lumotlari Rossiya neft sanoatida jiddiy uzilishlar borligini ko‘rsatmoqda. Putinning YaIM 1 foizga kamaygani haqidagi bahosi qanchalik asosli ekani esa so'roq ostida.

Iqtisodiyot

02.10.2026, 12:46

Nayrobi terakti: SAS harbiysining 19 soatlik jangi

2019-yil 15-yanvar kuni Keniya poytaxti Nayrobidagi besh yulduzli mehmonxonaga terroristlar hujum qildi. Hodisadan xabar topgan Kristian Kreygxed yolg‘iz o‘zi voqea joyiga yo‘l olib, 19 soatlik “mushuk-sichqon” o‘yinida qatnashdi va Donald Tramp nazariga tushdi.

Jahon

01.10.2026, 18:03

Putin NATO bilan qarama-qarshilikda hech qachon yutmasligini biladi – Mark Ryutte

Rossiya NATO Boltiq dengizida havo va dengiz blokadasiga tayyorgarlik ko‘rayotganini iddao qilmoqda. NATO Bosh kotibi bunga jiddiy munosabat bildirdi. 

Siyosat

01.10.2026, 16:09

Boboming albomidan

1-oktabr. Bugundan o'zbekistonliklar hayotida nimalar o'zgaradi?

Toshkentda avtobus va metro qimmatlaydi, my.gov.uz orqali esa nomingizdagi SIM-karta va bank kartalarini ko'rish mumkin bo'ladi. Yana-chi? 

Oʻzbekiston

01.10.2026, 15:12

Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadimi?

Agar Kim Chen In bugun Trampga "yadro qurolimdan voz kechmayman" desa, Oq uy nima qiladi?  Pxenyanning arsenali kengayib, Rossiya bilan aloqalari chuqurlashgan bir paytda Vashington bu savolga javob topishi kerak.

Jahon

01.10.2026, 13:21

Bolalarga nisbatan zo'ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi bo'yicha qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o'qishda qabul qilindi.

Oʻzbekiston

01.10.2026, 13:16

Pokistonning havo hujumlari oqibatida Afg‘onistonda 9 kishi halok bo‘ldi – Kobul

Pokiston esa ushbu operatsiyada 22 nafar jangari yo‘q qilinganini ma'lum qildi.

Jahon

01.10.2026, 10:25

Oʻzbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026-yilgi Nobel mukofotining nomzodlar roʻyxatiga kirdi

Roʻyxatda Ismoilovdan tashqari, Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Devid Grossman, Joan Rouling, Stiven King kabi jahonga mashhur mualliflar ham bor.

Jahon

30.09.2026, 17:22

Bugun ish vaqti 1 soatga qisqaradi, oylik esa bayramdan oldin toʻlanishi shart

Bugun — 30-sentyabr, 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasi. Shu sababli hodimlarning ish kuni kamida 1 soatga qisqartiriladi. 

Oʻzbekiston

30.09.2026, 15:28

Qozog‘istonda harorat global o‘rtachadan ikki baravar tez oshmoqda

 Qozog‘istonda 1976–2025-yillarda o‘rtacha yillik havo harorati har o‘n yilda 0,4 darajaga oshgan. Bu global ko‘rsatkichdan qariyb ikki baravar yuqori.

Jahon

30.09.2026, 11:16

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →