Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻlining butun yoʻnalishi boʻyicha qurilish ishlari boshlandi
Kecha, 30 iyun kuni, Qirgʻiziston hududida Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston xalqaro temir yoʻli boʻylab toʻliq koʻlamdagi qurilish ishlari rasmiy tarzda boshlandi. Bu haqda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari Baqit Torobayev temir yoʻl qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qildi.
Jahon
01.07.2025, 16:38
Ulashish:

Foto: Ekonomistkg
Torobayevning soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston hududidan oʻtadigan temir yoʻlning uzunligi 304 kilometrdan ortiqni tashkil etadi va ushbu yoʻnalish boʻylab qurilish ishlari rasman boshlangan.
"Bugun, 30 iyun – Qirgʻiziston uchun tarixiy kun. Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston xalqaro temir yoʻlining butun uzunligi boʻylab toʻliq koʻlamdagi qurilish ishlari boshlandi.
Joriy yilning 29 aprel kuni ushbu temir yoʻlning asosiy obʼektlari qurilishini boshlash marosimi oʻtkazilgan edi. Bu loyiha faqat infratuzilmaviy emas, balki aholi hayot sifatini oshirish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va mintaqalar hamda xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan tegishli davlat organlari rahbarlariga joylardagi muammolarni tezkor hal etish va ularning borishi haqida Prezident Administratsiyasiga oʻz vaqtida maʼlumot berib borishni topshiraman", — dedi Torobayev.
Yigʻilish davomida qurilish jarayonida yuzaga kelgan oʻndan ortiq masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli davlat organlariga topshiriqlar berilgan.
Qayd etilishicha, temir yoʻl yoʻlagining taxminan 40 foizi tonnellar va koʻpriklar orqali oʻtadi. Umumiy loyiha doirasida 27 ta tunnel va 41 ta koʻprik qurilishi rejalashtirilgan.
Qurilishni 2030 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4,7 milliard AQSh dollari deb baholanmoqda.
Avvalroq, 2024 yil 27 dekabrda temir yoʻl qurilishi rasmiy ravishda boshlangan edi. Oʻshanda Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Raisi Si Szinpin va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqish qilib, loyiha butun mintaqa uchun nihoyatda muhim ekanini alohida taʼkidlagan edilar.
Jahon
01.07.2025, 16:38
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

Xitoy kompaniyasi temir yoʻl sohasini rivojlantirishdagi loyihalarda ishtirok etmoqchi
Iqtisodiyot
15.08.2025, 18:44

Toshkentda temir yoʻl xodimini poyezd bosib ketdi
Oʻzbekiston
09.10.2024, 14:55
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
