Xitoyning global xavfsizlik tashabbusi nima?
2022 yilning aprel oyida Xitoy global muammolarni hal qilishda yangi yondashuvni taklif qiluvchi Global xavfsizlik tashabbusi (Global Security Initiative, GSI) loyihasini taqdim etdi. Bu gʻoya Xitoyning kelajakdagi dunyo tartiboti haqidagi qarashlarini aks ettirgani bilan eʼtiborga molik. Bu tashabbusga Gʻarb davlatlari shubha bilan qaraydi. Masalan, Yevropa Ittifoqi va AQSh buni Osiyo va Afrika mamlakatlarini oʻziga jalb etish uchun "xitoycha piar" deb atashadi.
Siyosat
22.05.2025, 14:25
Ulashish:

Xitoyning mazkur tashabbusi asosiy gʻoyalari quyidagilardan iborat:
1. Dunyoni bloklarga boʻlinishiga qarshi
Xitoy mamlakatlar demokratik va avtokratiyalarga boʻlingan "Sovuq urush 2.0" gʻoyasini rad etadi. Masalan, Pekin NATOning sharqqa tomon kengayishi va Osiyoda AUKUS kabi harbiy ittifoqlar tuzilishini tanqid qiladi. Buning oʻrniga, GSI hatto kichik davlatlar (Vetnam yoki Ruanda kabi) xavfsizligi boʻyicha ham teng huquqlarga ega boʻlgan koʻp markazli tizimni taklif qiladi.
2. Kudratli davlatlar tazyiqini inkor qilish
Xitoy sobiq SSSR-AQSh ikki qutbliligini takrorlamoqchi emas, “G2” (Amerika bilan duopoliya) yaratmoqchi emas. Pekin Gʻarb BMT ruxsatisiz (Eron misolida) kiritadigan sanksiyalarga qarshi va BRIKS+ kabi koʻp tomonlama formatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
3. Xavfsizlikka qarama-qarshilik bilan emas, hamkorlik orqali erishish
GSI xavfsizlikka boshqalar hisobiga erishib boʻlmasligini taʼkidlaydi. Misol uchun, Xitoy 2023 yilda Saudiya Arabistoni va Eron oʻrtasidagi murosaga vositachilik qildi, harbiy aralashuvsiz muloqot qilish mumkin afzalligini koʻrsatdi. Rasmiy manbalarga koʻra, Pekin maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha global qoidalarni yaratish kabi kiberxavfsizlik boʻyicha qoʻshma loyihalarini taklif qilmoqda.
4. Xavfsizlik va rivojlanish oʻrtasidagi bogʻliqlik
Xitoy ilgari iqtisodiyotga koʻproq eʼtibor qaratar edi (masalan, "Bir makon, bir yoʻl" tashabbusi), ammo hozir barqarorliksiz rivojlanish boʻlmasligini tan olmoqda. Masalan, Afgʻonistonda Xitoy mis qazib olish loyihasiga sarmoya kiritayotgan, mahalliy kuchlardan ishchilar uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilgan edi. Afrikada Xitoy infratuzilma kreditlarini ajratilishi terrorizmga qarshi kurash uchun mahalliy kuchlarni tayyorlash loyihasi bilan bogʻliqlikda amalga oshiradi.
5. BMT oʻtmish qoldigʻi emas, balki asosdir
GSI BMTni almashtirishni taklif qilmaydi, balki uning tamoyillariga qaytishga chaqiradi. Xitoy ikki tomonlama standartlarni tanqid qiladi: AQSh Isroilni qoʻllab-quvvatlaydi, Falastin boʻyicha BMT rezolyutsiyalarini eʼtiborsiz qoldiradi, lekin Ukraina masalasida Rossiyani qoralaydi.
Xitoyning global xavfsizlik tashabbusida Yevropa va AQSh oʻz taʼsirini zaiflashtirishga urinishlarni koʻrmoqda. Bunga javoban, Xitoy oʻz tashabbusini utopiya emas, balki xalqaro munosabatlardagi ishonch inqiroziga pragmatik javob, deb biladi.
GSI tashabbusini amalga oshirishga Xitoy allaqachon kirishgan. Mojarolarni hal qilishda ishtirok etmoqda, "Global janub"dagi yashil energiyaga sarmoya kiritmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarga kengroq ovoz berish uchun Jahon savdo tashkilotini isloh etishni ilgari suradi.
Bir narsa aniqki, GSI harbiy bloklar va sanksiyalar hukmronlik qiladigan dunyoga muqobil taklif qiladi. Har holda rasmiy Pekin bu tashabbus orqali yangi "sovuq urush"ni oldini olish va strategik muloqotga yoʻl ochishga harakat sifatida baholamoqda.
Siyosatshunos Muxtor Nazirov
Siyosat
22.05.2025, 14:25
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Telegram cheklanmoqda, Pavel Durov terrorizmda ayblanmoqda
Jahon
25.02.2026, 09:48

Britaniya hukumati bolalarning internetdagi xavfsizligini taʼminlash uchun yangi choralar eʼlon qildi
Fan-texnologiya
16.02.2026, 10:28

AQSh 2026 yilgi Jahon chempionati xavfsizligi uchun qancha mablagʻ ajratadi?
Jahon
05.12.2025, 16:06

Rossiya Xitoyda parashyutchilar batalonini tayyorlashga vaʼda berdi
Jahon
29.09.2025, 13:00

Oʻzbekiston va Xitoy displey panellarini ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi
Iqtisodiyot
09.08.2025, 11:02
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
