Joriy yilning 29 iyul kuni rossiyalik siyosatchi, LDPR partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy TASS tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Markaziy Osiyodan kelib, Rossiyada ishlovchi migrantlar uchun majburiy xulq–atvor qoidalari toʻplamini, yaʼni "Muhojirlar kodeksi"ni ishlab chiqish boʻyicha taklif berganini maʼlum qildi. Mazkur taklifga Oʻzbekiston Milliy tiklanish partiyasi raisi Alisher Qodirov ijobiy munosabat bildirdi. Xoʻsh, Slutskiy tomonidan ilgari surayotgan "Muhojirlar kodeksi"da nimalar qayd etilgan? Qodirov rossiyalik hamkasbi ilgari surayotgan taklifni nega qoʻllab–quvvatlamoqda?