updated: 22.03.2026, 04:51

Rus siyosatchilarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak — Alisher Qodirov

Joriy yilning 29 iyul kuni rossiyalik siyosatchi, LDPR partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy TASS tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Markaziy Osiyodan kelib, Rossiyada ishlovchi migrantlar uchun majburiy xulq–atvor qoidalari toʻplamini, yaʼni "Muhojirlar kodeksi"ni ishlab chiqish boʻyicha taklif berganini maʼlum qildi. Mazkur taklifga Oʻzbekiston Milliy tiklanish partiyasi raisi Alisher Qodirov ijobiy munosabat bildirdi. Xoʻsh, Slutskiy tomonidan ilgari surayotgan "Muhojirlar kodeksi"da nimalar qayd etilgan? Qodirov rossiyalik hamkasbi ilgari surayotgan taklifni nega qoʻllab–quvvatlamoqda?

Ulashish:

Rus siyosatchilarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak — Alisher Qodirov

Rus siyosatchilarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak — Alisher Qodirov

Rossiyalik siyosatchi Leonid Slutskiy shu yilning 29 iyul kuni TASS (Rossiyaning eng yirik axborot agentliklaridan biri) tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Rossiyaga ishlashga kelgan muhojirlar uchun majburiy xulq-atvor qoidalari toʻplamini, yaʼni "Migrant kodeksi"ni shakllantirishni taklif qildi

"Yashirin migratsiya oqimlariga qarshi kurash tajribamizni umumlashtirib, LDPRda mamlakatimizning huquqiy maydonida yangi bir qadam tashlash va chetdan kelib Rossiyada halol mehnat qilmoqchi boʻlgan chet ellik mehnatkashlar uchun majburiy xulq-atvor qoidalarini oʻz ichiga oluvchi "Migrant Kodeksi"ni ishlab chiqish qarorini qabul qildik", deya taʼkidlagan u. 

Bundan tashqari, Leonid Slutskiy yuqoridagi hujjat Rossiya fuqarolarining istaklariga asoslangan partiyaviy qonunchilik tashabbuslariga tayanishini qoʻshimcha qilgan.

"Kodeksning mazmunini diasporalar(bir millat yoki etnik guruh vakillarining oʻz vatanidan tashqarida, boshqa mamlakatlarda yashab, oʻz madaniyatini, tili va anʼanalarini saqlab qolgan jamoalari), ishchi migrantlardan manfaatdor biznes, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari va hukumat bilan muhokama qilishga tayyormiz", deydi Slutskiy . 

Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov rus siyosatchilarining yuqorida taʼkidlangan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi

"Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarni jiddiy ortishi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish, ish izlab borayotganlarga talablar va nazoratni kuchaytirish haqidagi rus siyosatchilarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak deb oʻylayman", deydi Qodirov.

Shuningdek, u Oʻzbekistonda yashaydigan hamma oʻzbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilishi va hurmat qilishi kerak deb hisoblashini, xorijga ish izlab borayotgan oʻzbekistonliklar ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan ishini yaxshi bilishi zarurligini bildirgan.

 "Bu bilan haqini himoya qila olmaydigan, mahalliy ayirmakashlar tomonidan kamsitilishga rozi boʻlayotgan, eng yomoni, ixtiyoriy-majburiy, masʼuliyatsizlarcha hayotini sotib yuborib Oʻzbekiston uchun jiddiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yuk yaratayotgan ayrim fuqarolarimizga ham yordam bergan boʻlamiz", deydi deputat. 

Maʼlumot uchun, "Muhojirlar kodeksi"da ishchi migrantlarning rus tilini bilishi, agar ularning oilasi Rossiyada yashasa, oilasini rus tiliga oʻrgatishi, Rossiya madaniyati va anʼanalariga hurmat bilan qarashi, shuningdek, jamoat joylarida xulq-atvor qoidalariga rioya qilishini talab etilgan. 

Bundan tashqari, chet elliklar rasmiy ravishda ishga joylashishi, soliq toʻlashi, ish ruxsatnomasini olishi, deportatsiya yoki badargʻa xavfining sugʻurtasiga ega boʻlishi, shuningdek, barmoq izi, genom boʻyicha roʻyxatga olish va ruhiy tekshiruvdan oʻtishi kerak. 

Siyosat

11.12.2024, 10:40

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45