Ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekistonda bolalar orasida koʻz saratoni bilan kasallanish holatlari oshgani va bunga ular koʻp vaqtini sarflaydigan gadjetlar sabab boʻlayotganini tez-tez eshitib turamiz. Xoʻsh, bu qanchalik toʻgʻri va mutaxassislarning bu boradagi fikrlari qanday? Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari bu borada batafsil javob berdi.