Jazirama davom etadi: bunday havoda qanday taomlanish kerak?

Umumiy tavsiyalarga koʻra, jazirama kunlarda kuniga oʻrtacha 2,5-3 litr suyuqlik ichish lozim. Biroq jismoniy faollik va havo haroratiga qarab bu miqdor oshishi mumkin.

Ulashish:

Mamlakat boʻylab yuqori havo harorati saqlanib qolmoqda. Tabiiyki, bunday jazirama iqlimda toʻgʻri ovqatlanish salomatlik uchun juda muhim.

Xoʻsh, shunday ekan, saratonda qanday taomlanish kerak?

Sogʻliqni saqlash vazirligining Ekologik diplomatiya boʻlimi boshligʻi Abduqayum Toʻxtaqulov bu boradagi tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

 — Jazirama havoda, asosan, keksalar, homiladorlar, yosh bolalar suvsizlanish, issiqlikdan charchash va issiq urishi kabi holatlarga moyil boʻladilar, — deydi mutaxassis. — Shu sababli, eng avvalo, ularning yetarli miqdorda suv ichishi va yengil taomlar isteʼmol qilishiga eʼtibor berish kerak. Qolaversa, havo oʻta issiq boʻlgan kunlari organizm suvsizlanishining oldini olish uchun kun davomida, hatto, chanqoq his qilinmasa ham suyuqlik ichish muhim. 

Umumiy tavsiyalarga koʻra, jazirama kunlarda kuniga oʻrtacha 2,5-3 litr suyuqlik ichish lozim. Biroq jismoniy faollik va havo haroratiga qarab bu miqdor oshishi mumkin. Koʻchaga chiqqanda doimo suv olib yurish kerak.

Oddiy toza suv eng yaxshi ichimlik hisoblanadi. Muzdek suv oʻrniga xona haroratidagi yoki biroz salqin suvni ichish afzalroq. 36-37 darajali suv organizmda metabolizm va ichak faoliyatini yaxshilaydi.

Shakarsiz koʻk choy chanqoqni boshqa ichimliklarga qaraganda yaxshiroq bosadi. Shuningdek, giyohli choylar (yalpiz, moychechak), nordon mevalardan (olcha, olma, qoragʻat, klyukva) tayyorlangan shakarsiz kompotlar (mors), ayron, kefir va limon qoʻshilgan suv ham foydalidir. Bu ichimliklar organizmni mineral moddalar va vitaminlar bilan taʼminlaydi.

Tarkibida suv miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar, masalan, bodring, tarvuz, qovun gidratatsiyaga hissa qoʻshadi. Sut tarkibidagi elektrolitlar tufayli foydali boʻlishi mumkin.

Ammo jaziramada baʼzi ichimliklarni isteʼmol qilishdan saqlanish lozim. Chunki ular nafaqat chanqoqni bosmaydi, balki suvsizlanishni kuchaytirishi ham mumkin.

Bularga:

 tarkibida shakar miqdori yuqori boʻlgan, gazlangan ichimliklar, qadoqlangan sharbatlar;

 alkogol ichimliklar;

 kofein miqdori yuqori boʻlgan ichimliklar (kofe, baʼzi choy turlari, energetiklar); 

 oʻta sovuq (muzdek) ichimliklar kiradi.

Bundan tashqari, oʻta issiq kunlarda yengil hazm boʻladigan taomlarni kichikroq porsiyalarda va tez-tez isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Tarkibida suv miqdori yuqori boʻlgan meva va sabzavotlarga (tarvuz, qovun, bodring, selderey) koʻproq eʼtibor qaratish lozim.

Salatlar, qatiqli ovqatlar (masalan, okroshka) va sovuq shoʻrva kabi salqin taomlar ham foydali. Terlash orqali yoʻqotilgan tuzning oʻrnini bosish uchun biroz tuzli taomlar isteʼmol qilish maqsadga muvofiq. Lekin qayta ishlangan va oʻta shoʻr mahsulotlardan saqlanish kerak.

Ovqat hazm qilish jarayonining oʻzi organizmda issiqlik ishlab chiqaradi. Shu sababli, jaziramada hazm boʻlishi qiyin boʻlgan ogʻir taomlardan saqlanish tananing ichki haroratini past holda saqlashga yordam beradi.

Ogʻir, yogʻli va oqsilga boy taomlar (ayniqsa qizil goʻsht)ni cheklash tavsiya etiladi. Chunki ularni hazm qilish koʻproq metabolik issiqlik ishlab chiqaradi. Baliq va sabzavotli oqsillar yengilroq variant hisoblanadi.

Shirinliklar va xamirli ovqatlar holsizlik hamda chanqoq hissini kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, jaziramada chanqatadigan mahsulotlar, masalan, oʻta shoʻr yoki dudlangan goʻsht va baliq mahsulotlari, konservalar isteʼmolini kamaytirish maqsadga muvofiq.

Oʻzbekiston

22.07.2025, 18:53

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51