Bolalarda koʻz saratonining koʻpayib borayotganiga gadjetlar sababmi?
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekistonda bolalar orasida koʻz saratoni bilan kasallanish holatlari oshgani va bunga ular koʻp vaqtini sarflaydigan gadjetlar sabab boʻlayotganini tez-tez eshitib turamiz. Xoʻsh, bu qanchalik toʻgʻri va mutaxassislarning bu boradagi fikrlari qanday? Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari bu borada batafsil javob berdi.
Fan-texnologiya
14.03.2025, 12:33
Ulashish:

Bolalarda koʻz saratonining koʻpayib borayotganiga gadjetlar sababmi?
Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Ikramovga koʻra, onkologik kasalliklar hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda.
"Buni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumoti ham tasdiqlaydi. Yaʼni onkologiya tashxisi qoʻyilgandan keyingi bir yil davomida har uchinchi bemor olamdan oʻtar ekan. Koʻrinib turibdiki, masala chindan ham jiddiy", deydi u.
Shifokorning aytishicha, soʻnggi 10 yillikda oʻsma kasalliklari sezilarli darajada koʻpaygan, shu jumladan, koʻruv aʼzosining onkologik xastaliklari ham. U umumiy oʻsma kasalliklarining bir foizini tashkil etishi bizni xotirjam qilmasligi kerak. Negaki, bugun dunyoda har 100 ming kishiga salkam 4 ta shu turdagi kasallik toʻgʻri keladi.
Ammo Germaniyaning Essen universiteti mutaxassislari koʻz saratonining paydo boʻlishida gadjetlarning aloqasi yoʻqligini maʼlum qilgan.
Gap shundaki, ular 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan oʻtkazgan ilmiy tadqiqot davomida mobil telefonlar va boshqa gadjetlar inson koʻruv aʼzosi nurlanishi va onkologik kasalliklarga olib kelmasligini isbotladi.
Koʻz saratoniga olib keladigan asosiy omillar esa quyidagilardan iborat: irsiy xastaliklar, ekologiyaning zararli taʼsiri va ayrim virusli kasalliklardir. Ammo, bolalar, ayniqsa, ularning ota-onalari gadjetlar koʻz saratoni kasalligiga umuman sabab boʻlmas ekan, deya xotirjamlikka berilmasliklari kerak.
Gadjetlardan uzluksiz foydalanish alaloqibat turli xastaliklarga, jumladan, koʻz oʻsmasiga olib kelishi mumkinligini tushunish uchun soha mutaxassisi boʻlish shart emas. Keyingi paytda "quruq koʻz" sindromining sezilarli darajada koʻpayib bormoqda.
"Shulardan kelib chiqib, oftalmologlarning koʻrsatmasiga amal qilish, bolalarning kuniga 2 soatdan ortiq gadjetlar bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻymaslik, ish jarayoni kompyuter bilan bogʻliq boʻlgan insonlarga esa koʻz ustki qismini “namlantiruvchi” maxsus preparatlardan foydalanish tavsiya etiladi", deydi Otabek Ikramov.
Umuman olganda, hozirgi axborot texnologiyalari davrida gadjetlardan foydalanmaslikning iloji yoʻq. Ammo meʼyorni bilish va shunga amal qilish oʻzimiz va salomatligimiz uchun zarur.
Fan-texnologiya
14.03.2025, 12:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

COVID-19 vaksinasi saraton chaqirmaydi — rasmiy izoh
Oʻzbekiston
10.02.2026, 15:21

Oʻzbekistonda saratonga chalinganlar soni ortib bormoqda
Oʻzbekiston
17.12.2025, 13:30

Jazirama davom etadi: bunday havoda qanday taomlanish kerak?
Oʻzbekiston
22.07.2025, 18:53

Bolalarda semizlik bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin — SVV
Fan-texnologiya
13.09.2024, 11:12
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
Oʻzbekiston
11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
