updated: 22.03.2026, 06:49

2022-yilda bolalar oʻlimi global minimum darajaga tushdi - BMT

2022-yilda dunyo boʻylab 5 yoshgacha vafot etgan bolalar soni tarixiy eng past darajaga – 4,9 millionga tushdi. Bu haqda chorshanba kuni BMTning bolalar oʻlimini baholash boʻyicha idoralararo guruhi soʻnggi maʼlumotlarga tayangan holda maʼlum qildi.

2022-yilda bolalar oʻlimi global minimum darajaga tushdi - BMT

Guruh hisobotida 2000-yildan buyon 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimining global darajasi 51 foizga kamaydi, bir qancha past va oʻrta daromadli mamlakatlarda tezroq pasayganligi aniqlangan. Erishilgan muvaffaqiyatlar qisman birlamchi tibbiy-sanitariya yordamiga, jumladan, bolalar salomatligi va farovonligiga yetarli resurslar ajratilishi bilan bogʻliq.

Biroq, tadqiqot shuni koʻrsatadiki, erishilgan yaxshi natijaga qaramay, bolalar va yoshlar oʻrtasidagi barcha oldini olish mumkin boʻlgan oʻlimlarni tugatish uchun hali koʻp ishlar qilinishi kerak. Besh yoshga toʻlmasdan vafot etgan millionlab bolalardan tashqari, 5 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan yana 2,1 million bola va yoshlarning turli sabablarga koʻra halok boʻlgan. Ushbu oʻlimlarning aksariyati Sahroi Kabir, janubiy Afrika va Janubiy Osiyoda sodir boʻladi.

Hisobotda qayd etilishicha, oʻlimlar, birinchi navbatda, erta tugʻilish, tugʻilish asoratlari, pnevmoniya, diareya va bezgak kabi oldini olish mumkin boʻlgan sabablar va davolash mumkin boʻlgan kasalliklar tufayli sodir boʻlgan.

Agar sifatli birlamchi tibbiy yordamdan (shu jumladan, emlash kabi asosiy arzon tadbirlar), malakali tugʻruqxona xizmati, erta va davomli emizishni qoʻllab-quvvatlashdan, shuningdek, chaqaloq kasalliklarini tashxislash va davolashdan keng foydalanish imkoniyati mavjud boʻlsa, koʻplab yoshlat hayotini saqlab qolish mumkin boʻlardi.

“Har bir ayol va bola uchun favqulodda vaziyatlarda va chekka hududlarda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash juda muhim”, dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

Jahon

14.03.2024, 09:59

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti

Fargʻona shahridagi bir nechta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda isitma, koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketish alomatlari kuzatildi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 12:04

Britaniya hukumati bolalarning internetdagi xavfsizligini taʼminlash uchun yangi choralar eʼlon qildi

 

Fan-texnologiya

16.02.2026, 10:28

London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

Britaniya hukumati bolalarni internetdan yaxshiroq himoya qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash, jumladan, voyaga yetmaganlar uchun ularni taqiqlash masalasini koʻrib chiqmoqda.

Jahon

20.01.2026, 14:42

Yangiyoʻlda daydi itlar hujumi: norasida bolaning ahvoli ogʻir

18 yanvar kuni Yangiyoʻl shahrida daydi itlar hujumi oqibatida norasida bola ogʻir tan jarohatlari oldi. Hodisa mahalliy aholi oʻrtasida jiddiy xavotir uygʻotdi.

Oʻzbekiston

19.01.2026, 10:34

YuNISEF: bolalarning ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizligi uchun yosh cheklovlari yetarli emas

Tashkilotga koʻra, qatʼiy yosh cheklovlari joriy etilgan taqdirda ham bolalar VPN yoki kamroq tartibga solinadigan platformalar orqali ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda davom etishi mumkin. Bu esa ularni himoya qilishni yanada qiyinlashtiradi.

Jahon

16.12.2025, 08:01

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45