Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11

Ulashish:

Yosh cheklovini qabul qilgan davlatlar:

Avstraliya — 16 yoshgacha;
Fransiya — 15 yoshgacha;
Portugaliya — 16 yoshgacha;
Malayziya — 16 yoshgacha;
Nebraska (AQSh shtati) — 18 yoshgacha;
Virjiniya (AQSh shtati) — 16 yoshgacha.

 

Muhokama qilayotgan davlatlar:

Gretsiya — 15 yoshgacha;
Ispaniya — 16 yoshgacha;
Norvegiya — 15 yoshgacha;
Buyuk Britaniya — 16 yoshgacha;
Daniya — 15 yoshgacha;
Chexiya — 15 yoshgacha;
Sloveniya — 15 yoshgacha;
Germaniya — 16 yoshgacha;
Italiya — 15 yoshgacha;
Indoneziya — 16 yoshgacha;
Yangi Zelandiya — 16 yoshgacha.

Aksariyat qoidalar maʼlum bir yoshga — odatda 15 yoki 16 yoshga toʻlmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishiga yoʻl qoʻymaslikka yoki ochishdan oldin ota-ona roziligini olish va yoshini tasdiqlashni talab etishga qaratilgan.

 

Avstraliya

Avstraliya 2025 yil dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlarga kirishda yosh cheklovini oʻrnatgan birinchi davlat boʻldi.

Avstraliya qonunchiligiga binoan, 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Instagram, TikTok va YouTube kabi yirik platformalarda akkaunt ochishi mumkin emas. Allaqachon hisob ochgan yoshlarning akkauntlari esa oʻchirib tashlanadi.

Ijtimoiy tarmoq kompaniyalari yoshni tekshirish boʻyicha kerakli choralar koʻrmasa, 34,9 million Avstraliya dollarigacha jarimaga tortilishi mumkin.

 

Fransiya va Portugaliya

Fransiya Milliy assambleyasi 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun tashabbusini maʼqulladi. Endi ushbu qonun loyihasi Fransiya Senati tomonidan maʼqullanishi kutilmoqda.

Portugaliya esa yangi qabul qilingan qonun loyihasida 16 yoshgacha boʻlganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi uchun “ota-onaning aniq va tasdiqlangan roziligi”ni majburiy qilib belgiladi, 13 yoshdan kichik bolalarga esa ulardan foydalanish butunlay taqiqlandi.

Yevropadan tashqarida Malayziya yoshga oid cheklovlarni joriy qildi, Indoneziya va Yangi Zelandiya esa shunga oʻxshash choralarni koʻrib chiqmoqda.

 

AQSh

Virjiniya shtati 2026 yil 1 yanvardan boshlab 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar har bir ijtimoiy tarmoqdan kuniga 1 soatgacha foydalanishini majburiy qildi. Ushbu limit ota-ona roziligi bilangina oshiriladi.

Nebraska shtati ham voyaga yetmaganlar uchun baʼzi platforma xususiyatlarini, jumladan cheksiz aylantirish va avtoijro kabi dizayn elementlarini cheklashga oid qonunni qabul qildi.

 

Qozogʻiston va Oʻzbekiston

“Tengrinews” nashri Qozogʻiston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarni ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtkazishni taqiqlashni taklif qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqqanini va u jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganini xabar bergandi.

“16 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarni onlayn platformalarda roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlanadi, tezkor xabar almashish xizmatlarida roʻyxatdan oʻtish bundan mustasno”, — deyiladi qonun loyihasida.

Joriy yilning 16 yanvar kuni Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida partiya raisi Alisher Qodirov jurnalistlarning Oʻzbekistonda ham 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash zarurmi, degan savoliga javoban taqiqlash kerakligini aytgan.

“Taqiqlanishi kerak. Biz hozir bu masala boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganyapmiz, Oʻzbekistonda buning imkoniyatlari qanday boʻlishini tahlil qilyapmiz. Agar maqsadga muvofiq deb topiladigan boʻlsa, albatta, taklifimizni kiritamiz”, — degan Qodirov.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻlimi boshligʻi Laylo Fayzimurodovaning fikricha, bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash — keskin va nooʻrin chora. Chunki Z avlodning erki va fikrlashini taqiqlasak, u keskin harakat qilishi orqali nafaqat oʻziga, balki jamiyatga ham ziyon yetkazishi mumkin.

YuNISEF Avstraliyada oʻsmirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarning taqiqlanishiga munosabat bildirib, onlayn makonda bolalarning xavfsizligini taʼminlash uchun yosh cheklovlari yetarli boʻla olmasligini taʼkidlagan. Tashkilot, shuningdek, kengroq himoya strategiyasini qoʻllashga chaqirgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga taʼsiri

Amerika bolalar va oʻsmirlar psixiatriyasi akademiyasining aniqlashicha, yoshlar kuniga oʻrtacha 7,5 soat vaqtini internetda oʻtkazmoqda. Buning natijasida diqqatsizlik, uyqusizlik va depressiya kabi jiddiy muammolar kelib chiqadi.

Facebook (hozirgi Meta) kompaniyasining tadqiqotiga koʻra, Instagram koʻplab oʻsmir qizlarda oʻz tanasidan, tashqi koʻrinishidan qoniqmaslik kabi salbiy fikrlar paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

Jahon

26.02.2026, 15:11

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57