Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti

Fargʻona shahridagi bir nechta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda isitma, koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketish alomatlari kuzatildi.

Ulashish:

Joriy yil 20 fevral kuni zaharlanish sababli 70 nafardan ortiq bola shahardagi ikki shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 3 nafari reanimatsiya boʻlimida qolmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, ayrim bogʻchalarda ovqatlanish tizimi keytering asosida tashkil etilgan. 2024 yil 25 iyuldagi qaror bilan Quvasoy shahrida davlat bogʻchalarida keytering tizimi joriy qilingan va ovqat tayyorlash hamda yetkazib berish boʻyicha xususiy korxona taklifi maʼqullangan.

Bu holat ilk bor kuzatilayotgani yoʻq. 2025 yil sentabr oyida Toshkent viloyatining Piskent, Boʻka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqoʻrgʻon tumanlarida jami 1922 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonalarga murojaat qilgan edi. 

Shu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, 2025 yil oktabr oyida Jizzax viloyati Forish tumanidagi toʻrtta davlat bogʻchasida ham 40 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani aniqlangan.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, har safar bir xil ssenariy takrorlanmoqda: zaharlanish, komissiya tuzish, bayonotlar va nazoratni kuchaytirish haqidagi vaʼdalar. Biroq tizimli muammolar oʻz yechimini topmayapti.

Masala faqat ayrim rahbarlarni almashtirishda emas. Bogʻchalarda oziq-ovqat taʼminoti zanjirini toʻliq qayta koʻrib chiqish zarur: mahsulot yetkazib beruvchilarni tanlash, tender jarayonlarining shaffofligi, sanitariya nazorati va masʼul shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishi kerak.

Bolalar salomatligi - eng ustuvor masala. Maktabgacha taʼlim tizimidagi ommaviy zaharlanishlar tasodif emas, balki chuqur tizimli muammolardan dalolat bermoqda. Savollar ochiq, javoblar esa amalda namoyon boʻlishi kerak.

Muallif: Maftuna Baxtiyorova

Mavzuga oid yangiliklar

Piskent va Boʻka tumanlaridagi bogʻchalarda bolalar zaharlandi

Piskent va Boʻka tumanlaridagi bogʻchalarda bolalar zaharlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent va Boʻka tumanlaridagi ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar zaharlangani aks etgan video tarqaldi. Videoda zaharlangan bolalar soni ancha koʻpligi va shifoxonaga sigʻmagani tufayli qoʻshni tumanlarga joʻnatilgani aks etgan.

Oʻzbekiston

25.09.2025, 11:20

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11

Britaniya hukumati bolalarning internetdagi xavfsizligini taʼminlash uchun yangi choralar eʼlon qildi

 

Fan-texnologiya

16.02.2026, 10:28

London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

Britaniya hukumati bolalarni internetdan yaxshiroq himoya qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash, jumladan, voyaga yetmaganlar uchun ularni taqiqlash masalasini koʻrib chiqmoqda.

Jahon

20.01.2026, 14:42

Yangiyoʻlda daydi itlar hujumi: norasida bolaning ahvoli ogʻir

18 yanvar kuni Yangiyoʻl shahrida daydi itlar hujumi oqibatida norasida bola ogʻir tan jarohatlari oldi. Hodisa mahalliy aholi oʻrtasida jiddiy xavotir uygʻotdi.

Oʻzbekiston

19.01.2026, 10:34

Qorakoʻlda 20 nafar abituriyent zaharlanishi yuzasidan SSB rasmiy munosabat bildirdi

“Ilm nuri” MChJga qarashli oʻquv markazida tahsil olayotgan 20 nafar abituriyentda nomaʼlum modda taʼsirida zaharlanish holati aniqlangan.

Oʻzbekiston

12.01.2026, 09:57

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01