Afgʻonistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻzbekiston
18.09.2025, 13:19
Ulashish:

Xususan, muqaddam narkokurerlar tomonidan Afgʻonistondan kontrabanda yoʻli bilan Surxondaryo viloyati hududiga olib oʻtilgan va Fargʻonaning Yozyovon tumaniga keltirilib, dala maydonidagi xufiya joyga yashirib koʻyilgan 9 kg 896 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Margʻilon shahrida yashovchi, 1983 y.t. xususiy tadbirkor va uning 1989 y.t. jinoiy sherigi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, voqea joyidan qochishga uringan xususiy tadbirkorning yonida boʻlgan 14 ming 500 AQSh dollari va 6 mln. 250 ming soʻm ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga aloqador boʻlgan uchinchi shaxsning yashash xonadonidan esa 110 gr. “opiy” moddasi, 2 ta elektron tarozi, 1200 AQSh dollari hamda 28 mln. soʻm protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu ajal ogʻusi Fargʻona vodiysidagi isteʼmolchilarga sotilishi kerak boʻlgan.
Afgʻoniston yoʻnalishida narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari tomonidan yana bir tezkor tadbir oʻtkazildi.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi, 1963 y.t., muqaddam narkotik moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs Xorazm viloyati Xazorasp tumanida istiqomat qiluvchi, 1978 y.t. fuqaro bilan oʻzaro til biriktirib, kelgusida sotib, moʻmay daromad topish maqsadida afgʻonistonlik narkosavdogarlarga katta miqdordagi giyohvandlik vositasini buyurtma berishadi.
Oʻz navbatida narkokurerlar tomonidan ajal ogʻusi Afgʻonistondan Surxondaryo viloyati hududiga olib oʻtilib, keyinroq Toʻrtkoʻl tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketiladi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toʻrtkoʻl va Xazorasplik mazkur shaxslar xufiya joydan 6 kg 149 gr “opiy” moddasini va 9 kg 814 gr koʻknori somonini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston
18.09.2025, 13:19
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi
Oʻzbekiston
18.02.2026, 10:29

«Sudda jabrlanuvchi emas, aybdorga oʻxshayman» — IIB xodimi kaltaklagan maktab direktori Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yoʻlladi
Oʻzbekiston
11.11.2025, 10:24

Fargʻonada tinchlik forumining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
14.10.2025, 09:02

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Fargʻonada 2,2 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Oʻzbekiston
30.09.2025, 11:04
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
