Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Fargʻona viloyati Furqat tumanida IIB xodimlari maktab direktori, 34 yoshli ayolni tuman soliq inspeksiyasi boshligʻiga qarshi koʻrsatma berishga majburlash maqsadida yechintirib, kaltaklashdi. Jabrlanuvchi ushbu ishlarni qilgan xodimlar hali ham ozodlikda yurganini taʼkidladi.
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59
Ulashish:

Fargʻona viloyati Furqat tumanida IIB xodimlari maktab direktori, 34 yoshli Guliraʼno Qosimovani yechintirib, doʻpposlashgan soʻngra yolgʻon ariza yozib berishga majburlangan. Bu haqda Kun.uz xabar qildi (videoni tomosha qilish).
2025 yil 17 aprel kuni direktor oʻzining tanishi, Furqat tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Qurbonali Abdurahmonovdan YTHga uchragan turmush oʻrtogʻini davolatish uchun qarz soʻrashga boradi. Oʻsha paytda bir guruh IIB tezkor xodimlari toʻsatdan paydo boʻlib, direktor va amaldorni qip-yalangʻoch qilib yechintirgan holda doʻpposlay ketishgan.
Ayolning qayd etishicha, u tuman IIB sobiq boshligʻi Akmal Xoʻjayev bilan tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi Qurbonali Abdurahmonov oʻrtasidagi mojaro qurboni boʻlgan.
Qosimova ushbu voqealardan soʻng oʻz joniga qasd qilishga uringan.

Foto: Kun.uz
«Boshimdan oʻtgan voqealar ruhiyatimga qattiq taʼsir koʻrsatdi. Oilaliman, turmush oʻrtogʻim, 3 nafar farzandim, qaynota va qaynonam oldida, umuman olganda butun tumanda yomonotliq boʻldim. Garchi tuhmat qurboni boʻlgan boʻlsam-da odamlar buni tushunmasdi. Uyat boʻlsa ham qaynona va qaynonamga boshimdan oʻtgan voqealarni gavdalantirish, bu ishlar aslida tuhmat ekaniga ishontirish uchun kiyimlarimni yechib, kaltak zarbidan koʻkarib ketgan tanamgacha koʻrsatdim. Baribir boʻlmadi, oʻz jonimga qasd qildim. Lekin shifokorlar hayotimni saqlab qolishdi», — deydi u.
Nashrning qayd etishicha, Furqat tuman IIB boshligʻi Akmal Xoʻjayev voqeadan soʻng egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Akmal Xoʻjayev
Akmal Xoʻjayevga Jinoyat kodeksining 141−1-moddasi (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi «a, b» bandlari, 141−3-moddasi (Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) 2-qismi «b» bandi, 142-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi hamda 230−2-moddasi (Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish) 1-qismi bilan ayblov eʼlon qilingan.
Guliraʼno Qosimova tuman IIB boshligʻi qoʻlga olingan boʻlsada, uni yechintirib kaltaklagan xodimlar esa ozodlikda yurganini qayd etgan.
«Meni urib tahqirlagan tezkor qidiruv xodimlari Sohib, Tohir, Yusuf, Aʼzam va Dilshod edi. Sohib, Yusuf, keyin bir oʻrinbosar bizni sʼyomka qilgandi. U yerda bolalar inspektori ham bor edi. Uch nafar profilaktika inspektori, uch nafar tezkor qidiruv xodimi, bir nafar terrorizmning boshligʻi Gʻayrat ismli bola ham boʻlgan», — deydi ayol.
Uning qayd etishicha, bu voqealardan keyin IIB boshligʻi Xoʻjayev ishdan ketgan, oʻrinbosariga ayblov eʼlon qilingan. Sud boʻlishi kutilyapti. Soliq idorasining boshligʻi aybi yoʻqligi uchun ishiga tiklangan.
«Endilikda esa Jasur ismli oʻrinbosar ishni bosti-bosti qilish uchun tanishlari orqali 50 ming dollargacha pul taklif qilyapti. Akmal Xoʻjayev va Jasur Rasulov dastlab ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingandi, lekin 15 mln soʻm garov evaziga qoʻyib yuborilgan», — deydi ayol.
Guliraʼno uni tahqirlab, doʻpposlagan «operatsiya»da qatnashgan barcha xodimlarga qonun doirasida qatʼiy chora koʻrilishini istaydi. Shuningdek, u hozirda oilasi va oʻziga bosimlar boʻlayotgani, uni turli avtomobillarda kuzatishayotganini maʼlum qilgan.
Fargʻona viloyati prokuraturasi nashrga maʼlum qilishicha, holat boʻyicha prokuratura tomonidan tergov harakatlari oʻtkazilib, sobiq IIB boshligʻi va masʼul shaxslar boʻyicha ayblov ishi mazmunan koʻrish uchun sudga yuborilgan.
Holat yuzasidan hozircha Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot bergani yoʻq. Hodisa jamoatchilikning qizgʻin muhokamalariga sabab boʻlmoqda.
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Fargʻonada janjal koʻtargan haydovchilar qamaldi
Oʻzbekiston
13.08.2024, 11:52

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi
Oʻzbekiston
18.02.2026, 10:29

Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 14:05

«Sudda jabrlanuvchi emas, aybdorga oʻxshayman» — IIB xodimi kaltaklagan maktab direktori Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yoʻlladi
Oʻzbekiston
11.11.2025, 10:24

Fargʻonada tinchlik forumining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
14.10.2025, 09:02
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
