Aholi salomatligi narkojinoyatlardan himoya qilinadi
Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Prezident farmoni imzolandi. Ayrim qilmishlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi.
Siyosat
10.11.2025, 11:38
Ulashish:

Jinoyat kodeksiga yangi boʻlim kiritiladi
Hujjatga koʻra, Jinoyat kodeksiga «Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar» nomli yangi boʻlim kiritiladi. Unga muvofiq, aholi salomatligiga tahdid soluvchi narkojinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Shu jumladan, quyidagi qilmishlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi:
- narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash;
- giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy yoki internet orqali oʻtkazish;
- hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qilib narkojinoyatlarga homiylik qilish;
- gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish.
Maʼmuriy javobgarlik kuchaydi
Farmonga muvofiq, giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida isteʼmol qilganlik uchun 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi joriy etiladi. Bu aholining sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga va jamoat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan chora hisoblanadi.
Jinoyat uchun jazo ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi
Narkojinoyatlarning sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida qator qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi. Ular qatorida:
- giyohvandlik vositalarini koʻp miqdorda tayyorlash, saqlash, tashish yoki tarqatish;
- kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni koʻp miqdorda va takroran muomalaga kiritish;
- odam oʻlimiga sabab boʻlgan holatlarda narkomaniyaga jalb etish.
Yoshlarni himoya qilish choralari
Farmonda voyaga yetmaganlar va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilishga doir qoʻshimcha qoidalar ham belgilandi.
Endilikda:
- voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ular ishtirokida sodir etilgan narkojinoyatlar ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholanadi;
- taʼlim muassasalari yoki bolalar dam olish oromgohlarida giyohvand moddalarni tarqatish uchun javobgarlik ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi.
Bundan tashqari, ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar jazoni muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish huquqidan mahrum etiladi.
Siyosat
10.11.2025, 11:38
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01
So‘nggi yangiliklar

2025 yil Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi
Jahon
10.12.2025, 18:25

Oʻzbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz tartibga oʻtadi
Iqtisodiyot
10.12.2025, 17:05
Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi
Jahon
10.12.2025, 16:41

Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 4,5 foizgacha qisqaradi
Oʻzbekiston
10.12.2025, 15:14

Ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin
Oʻzbekiston
10.12.2025, 11:10

Oʻzbekiston va Al-Azhar oʻrtasida yangi ilmiy hamkorlik loyihalari yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston
10.12.2025, 10:14

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona
Jahon
09.12.2025, 19:00

Oʻzbekistonda 70 ga yaqin onlayn qimor platformalari bloklandi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 14:48

Markaziy Bank plastik kartadan noqonuniy pul yechib olinishi yuzasidan munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 14:40

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?
Oʻzbekiston
09.12.2025, 11:39

Hayotingizda Konstitutsiyaning roli qanday?
Oʻzbekiston
09.12.2025, 10:14

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 09:01
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01
