Aholini roʻyxatga olish uchun 150 milliard soʻm ajratildi
2026 yil 15 yanvar soat 00:00 dan Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.
Oʻzbekiston
15.01.2026, 11:50
Ulashish:

Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud boʻlib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega.
Aholini roʻyxatga olish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda, yaʼni 15–31 yanvar kunlari aholiga internet orqali maʼlumotlarni mustaqil ravishda kiritish imkoniyati yaratiladi. Buning uchun fuqarolar census.stat.uz portali orqali OneID tizimi yordamida roʻyxatdan oʻtib, oʻzi va oila aʼzolari haqidagi savolnomani toʻldirishi mumkin boʻladi.
Keyingi bir oy davomida esa «mahalla yettiligi» aʼzolari ishtirokida uyma-uy yurish orqali aholidan maʼlumotlar yigʻiladi. Bunda aholidan hech qanday SMS-kod yoki pul talab qilinmaydi.
Aholini roʻyxatga olish qanday maqsadlarda oʻtkaziladi?
- Demografik maʼlumotlar: aholi soni, tarkibi, yoshi, jinsi, oilaviy holati, taʼlim darajasi kabi maʼlumotlarni toʻplash.
- Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish: shaharlarni rivojlantirish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish hamda aholiga yordam koʻrsatish dasturlarini ishlab chiqish.
- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya: aholi salomatligini mustahkamlash, nogironlar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
- Prognozlar yaratish: kelajakda aholi soni va tarkibidagi oʻzgarishlarni bashorat qilish.
Statistika qoʻmitasi maʼlum qilishicha, aholini roʻyxatga olish tadbirlari uchun davlat byudjeti hisobidan 140–150 milliard soʻm atrofida mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur chora-tadbirlar doirasida aholi oxirgi marta 1989 yilda roʻyxatga olingan.
Oʻzbekiston
15.01.2026, 11:50
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

2026 yildan chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlar faqat onlayn amalga oshiriladi
Oʻzbekiston
04.11.2025, 13:28

Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik boshlandi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 09:00
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
