Akmal Shukurov ishi: apellyatsiyada qaror chiqargan sudyalar lavozimidan chetlatildi

Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari hamda sud raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ulashish:

Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari — Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turgʻunova, shuningdek, sud raisi oʻrinbosari, jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Murodjon Mirzajonov odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod qilingan. Ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Sudyalar oliy kengashi maʼlumotiga koʻra, mazkur qaror Akmal Shukurov ishi bilan bogʻliq holda qabul qilingan. Sudyalar «Sudlar toʻgʻrisida»gi qonunning 79-moddasi asosida jazoga tortilgan.

Shuningdek, prezidentning 2025 yil 25 dekabrdagi farmoyishi bilan Murodjon Mirzajonov ham yozma arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan. Uning oʻrniga Farhodjon Gʻaniyev Toshkent shahar sudi raisi oʻrinbosari etib tayinlangan. U bunga qadar Andijon viloyat sudi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Andijon viloyat sudi raisi oʻrinbosari lavozimiga esa Murodjon Ababakirov tayinlangan.

 

Akmal Shukurov ishi haqida

Akmal Shukurovga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi beshta epizodni oʻz ichiga olgan boʻlib, eng katta jamoatchilik eʼtiborini tortgan holat joriy yil sentabr oyida Yakkasaroy tumanida joylashgan The Tower mehmonxonasi oldida sodir boʻlgan janjal bilan bogʻliq.

Ushbu voqeada jabrlanuvchi Boris Avakyan ogʻir tan jarohati olib, komaga tushgan. Akmal Shukurov voqea joyidan qochib ketgan, keyinchalik Qozogʻistonda qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Mirzo Ulugʻbek tuman sudi 2025 yil 24 oktabrda Akmal Shukurovni qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, firibgarlik va bezorilikda aybdor deb topib, 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Biroq Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi 9 dekabrda ushbu jazoni 4 yil 1 oy ozodlikni cheklashga almashtirib, uni sud zalidan ozod qilgan. Bu qaror jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan.

Shundan soʻng, prokuratura protesti asosida ish taftish instansiyasida qayta koʻrib chiqilib, Akmal Shukurovga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va u yana qamoqqa olingan. Bu holatdan keyin apellyatsiya qarorini chiqargan sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan.

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26