Amerikada vertolyot bilan toʻqnashgan yoʻlovchi samolyoti daryoga qulab tushdi. Nimalar maʼlum? (Foto)
Kecha, 29 yanvar kuni Amerikaning Vashington shahrida joylashgan Ronald Reygan aeroporti yaqinida ichida jami 64 nafar kishi boʻlgan yoʻlovchi samolyoti harbiy vertolyot bilan toʻqnashib ketishi oqibatida daryoga qulab tushdi. Bu haqda "BBC news" nashri xabar berdi.
Jahon
30.01.2025, 16:55
Ulashish:

Amerikada vertolyot bilan toʻqnashgan yoʻlovchi samolyoti daryoga qulab tushdi. Nimalar maʼlum?
American Airlines kompaniyasiga tegishli 60 yoʻlovchi va toʻrt ekipaj aʼzosidan iborat boʻlgan PSA Airlines samolyoti Ronald Reygan nomidagi Vashington Milliy aeroportiga yaqinlashganda harbiy vertolyot bilan toʻqnashib ketadi. Shundan soʻng yoʻlovchi samolyoti bir nechta boʻlaklarga boʻlinib, daryoga tushadi hamda choʻkib ketadi, vertolyot esa suv ustida qalqib qoladi.
Vashington shahar meri Myuriel Bauzerning aytishicha, Sikorsky H-60 vertolyot bortida oʻquv parvozini amalga oshirayotgan AQShning uch askari boʻlgan. Voqea sodir boʻlganidan bir oz muddat oʻtib, Federal agentlik ushbu holatni Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) bilan birgalikda nazoratga olganini maʼlum qilgan.

Qancha odam halok boʻldi?
"CBS news"ga ochiqlangan maʼlumotga koʻra, toʻqnashuv sabab kamida 19 kishi halok boʻlgan. Ammo rasmiylar tomonidan bu raqamlar hali tasdiqlanmadi. Samolyotdagilarning aksariyati sportchilar, murabbiylar va ularning oila aʼzolari boʻlgani aytilmoqda.

Yoʻlovchilar orasida Rossiya fuqarolari, figurali uchish boʻyicha murabbiylar, sobiq jahon chempionlari — Yevgeniya Shishkova va Vadim Naumov ham boʻlgani Kreml tomonidan tasdiqlandi.
Vashingtondagi Yongʻin va favqulodda vaziyatlar xizmati boshligʻi Jon Donnellining aytishicha, hozirda rezina qayiqlarda 300 ga yaqin qutqaruvchilar odamlarni suvdan olib chiqmoqda.
AQSh rasmiylari nima demoqda?
Prezident Donald Tramp voqea boʻyicha bayonot berib, vaziyatdan toʻliq boxabar ekanligini maʼlum qildi. Vitse-Prezident Jeyms Devid Vens esa halok boʻlganlar uchun ibodat qilishni aytdi.
Yaqinda tayinlangan Mudofaa vaziri Pit Xegset va Transport kotibi Shon Daffi ham vaziyatni nazoratga olganliklarini bildirdi.
American Airlines kompaniyasi bosh direktori Robert Isom aviakompaniya veb-saytiga joylashtirilgan videoda toʻqnashuv haqidagi "chuqur qaygʻusini" bildirdi.
Jahon
30.01.2025, 16:55
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Aviahalokatlar soni keskin oshmoqda: dunyo aviatsiyasi xavf ostidami?
Jahon
06.11.2025, 12:36

Vashington meri 1 sentabrni Oʻzbekiston Mustaqillik kuni deb eʼlon qildi
Madaniy
22.08.2025, 14:19
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
