Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi

Andijonda Ekologiya boshqarmasining rahbarlaridan biri hamda hokim oʻrinbosari, Namangan “RayONO” mudiri hamda ikkita xususiy bogʻcha rahbarlari korrupsiyaga yoʻl qoʻygani aniqlandi.

Ulashish:

Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining rahbarlaridan biri hamda Jalaquduq tumani hokimi oʻrinbosari oʻzaro til biriktirib, mazkur tumandagi baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalikda aniqlangan 4,1 mlrd soʻmlik zarar boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritmaslik, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan zarar miqdorini 10 barobarga oshirilgan holda undirish choralarini koʻrmaslik, tekshiruv tadbirlarini toʻxtatish boʻyicha fermer xoʻjalik rahbari tomonidan Andijon tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan daʼvo arizasini qoʻllab-quvvatlash evaziga fermerga tegishli boʻlgan Xonobod shahridagi 10 sotixli dala hovlini hokim oʻrinbosarining qarindoshi nomiga oʻtkazib berishni talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarining ukasi fermer xoʻjalik rahbaridan dala hovlining kadastr hujjalarini olib, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusda ushbu koʻchmas mulkni oʻzining turmush oʻrtogʻi nomiga rasmiylashtirib olayotgan vaqtida fosh etildi.

Holat yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi mansabdoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Boshqa holatda esa Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Andijon viloyatidagi tumanlardan birining filiali boshligʻi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kiradi.

Mazkur mansabdor shaxs tuman zaxirasida boʻlgan 17 sotix toshloq yer maydonini noturar joy sifatida uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi

Bu kabi qonun buzilishi Namangan viloyatida ham qayd etildi.

Jumladan, viloyatdagi tumanlardan birining maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri hamda ikkita xususiy bogʻcha rahbarlari oʻzaro til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirishgan.

Xususan, ular oʻzlarining mansabdor tanishlari orqali fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha taʼlim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSh dollari talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dastlab oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalaridan birining rahbari 2500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, undan ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida ikkinchi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari qoʻlga olindi.

Oʻz navbatida u 1000 AQSh dollarini tuman maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiriga berishi kerakligi aniqlanib, mazkur mansabdor shaxs ham ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:53

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Sudyalar sud ostida: Akmaljon Shukurov ishi Oʻzbekiston sud tizimi uchun nodir pretsedentga aylandi

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda jamoatchilik eʼtiborini tortgan eng muhim huquqiy voqealardan biri yuz berdi.

Oʻzbekiston

14.01.2026, 08:49

Soliq xodimlari pora olayotganda qoʻlga olindi

Sirdaryo tumanida MChJdagi tekshiruv vaqtida 400 mln soʻm soliq qarzi aniqlandi. Soliq boshqarmasi shoʻʼba boshligʻi va bosh inspektor qarzni 90 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga 1 500 dollar olmoqchi boʻlgan paytda DXX va Prokuratura tomonidan ushlandi.

Oʻzbekiston

17.11.2025, 10:54

Advokatlik qasamyodiga sodiq boʻlmagan advokat qoʻlga olindi

Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha noqonuniy talab qoʻygani aniqlandi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 10:12

QQS bilan bogʻliq yirik firibgarlik fosh etildi

Toshkentda hisobchi 17 mlrd soʻmlik QQSni qaytarish uchun 35 ming dollar pora talab qildi. U 20 500 dollar olgan vaqtda qoʻlga olindi. Soliq qoʻmitasining katta inspektori ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.

Oʻzbekiston

28.10.2025, 10:48

Fargʻonada korrupsion holatlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida gaz ulab berish va kadastr hujjatini tayyorlab berish evaziga pul talab qilgan masʼul shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

26.09.2025, 15:32

Hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xoʻjaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi hokim yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 1996 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 mln soʻm talab qilgan.

Oʻzbekiston

23.09.2025, 21:01

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26