Antidoping agentligi Lazizbek Mullojonovning vaziyati boʻyicha maʼlumot berdi
Avvalroq, oʻzbekistonlik bokschi, Parij Olimpiadasi gʻolibi Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotganini xabar qilingandi.
Sport
08.08.2025, 17:43
Ulashish:

Oʻzbekiston Milliy Antidoping agentligi vaziyatga munosabat bildirdi.
"Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Lazizbek Mullojonovdan joriy yil 11 iyundagi olingan doping sinamada Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar roʻyxati”da S1.1 anabolik agentlar guruhiga kiritilgan “Metasteron” (Methasterone) taqiqlangan moddasi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Xalqaro Testlash agentligi (ITA) tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganishlar, xususan, sportchi tomonidan mazkur taqiqlangan moddani terapevtik istisnolar xalqaro standartining 4.1 moddasiga muvofiq terapevtik maqsadlarda ishlatilganligi boʻyicha ham surishtiruvlar olib borilishini oʻz ichiga oladi. Mazkur holatda, agar taqiqlangan modda istisno tarzida terapevtik maqsadlarda qoʻllanilgan deb topilsa, sportchiga diskvalifikatsiya jazo chorasi qoʻllanilmasligi mumkin. Shunga muvofiq, surishtiruv va tahlil jarayonlari oxiriga yetgachgina yakuniy qaror eʼlon qilinadi.
Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillaridan yakuniy xulosaga ega boʻlmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan rasmiy maʼlumot eʼlon qilinmasidan oldin asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, mazkur qoidabuzarlik L.Mullojonovning undan doping sinama olingan kun, yaʼni joriy yilning 11 iyun kuniga qadar koʻrsatgan natijalari, jumladan, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlaridagi oltin medaliga taʼsir oʻtkazmaydi", deyiladi tashkilot xabarida.
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida
Sport
09.02.2026, 16:18

“World Boxing” reytingi: 6 ta vaznda oʻzbek bokschisi tengsiz
Sport
28.10.2025, 19:21

Shahram Gʻiyosovning promouterlari chempionlik jangi uchun oxirigacha kurashishga tayyor
Sport
22.10.2025, 14:47

Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisi yarim finalida jang qildi
Sport
20.10.2025, 11:03

Lazizbek Mullojonovning 14 noyabr kungi raqibi maʼlum boʻldi
Sport
16.10.2025, 13:02

Rasman: WBA Shahram Gʻiyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga buyruq berdi
Sport
14.10.2025, 16:50
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
