AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga chaqirdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish boʻyicha harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Jahon

23.10.2025, 16:27

Ulashish:

Diplomatning taʼkidlashicha, bu qadam Suriya xalqining yashash sharoitini yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega.

Yaqin Sharqdagi vaziyat va Suriyadagi voqealarga bagʻishlangan yigʻilishda soʻzga chiqqan Uolts, sanksiyalarni fuqarolar manfaati yoʻlida qayta koʻrib chiqish lozimligini bildirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Suriya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning sanksiya bosimini yengillashtirish haqidagi bayonotidan keyin ochilgan imkoniyatlardan foydalanishi zarur.

«Shu munosabat bilan biz Xavfsizlik kengashini Suriyaga nisbatan BMT sanksiyalarini yumshatishga qaratilgan harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirmoqdamiz. Jumladan, 1267-sonli rezolyutsiya doirasida ayrim suriyalik rahbarlarga nisbatan qoʻllanilgan cheklovlarni bekor qilish imkoniyatini koʻrib chiqish lozim», — dedi Uolts.

Amerikalik vakil taʼkidlashicha, Suriya hukumati uchun xavfsizlik, barqarorlik va aholi farovonligini taʼminlash kabi muhim vazifalar turibdi.

Uning fikricha, mamlakat taraqqiyoti koʻp jihatdan xalqaro hamkorlar yordamiga bogʻliq, shu bois Damashqning qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha harakatlari qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Uolts, shuningdek, AQSh Suriyaning qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarni tiklash jarayonida yordam berishni davom ettirishini bildirdi va Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya hamda Iordaniyaning Suriya institutlari va iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini olqishladi.

Jahon

23.10.2025, 16:27

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17