AQSh JSSTdan rasman chiqdi

22 yanvar kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan (JSST) toʻliq chiqdi. 

Jahon

23.01.2026, 18:10

Ulashish:

Bu haqda AQSh Sogʻliqni saqlash va inson resurslari vazirligi rasmiy bayonot eʼlon qildi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur qaror prezident Donald Tramp tomonidan bir yil oldin imzolangan ijro farmoni asosida amalga oshirilgan. Oq uy bu qadamni AQShning global sogʻliqni saqlash sohasida mustaqil siyosat yuritishi hamda milliy manfaatlarni himoya qilish zarurati bilan izohladi.

AQSh rasmiylari JSSTni COVID-19 pandemiyasi davridagi faoliyati, shuningdek, tashkilotda islohotlar, javobgarlik va shaffoflik yetishmasligi uchun bir necha bor tanqid qilib kelgan.

Qayd etilishicha, AQSh JSSTning eng yirik moliyaviy hissadorlaridan biri hisoblanadi. Shu bois mamlakatning tashkilotdan chiqishi xalqaro sogʻliqni saqlash tizimiga va global hamkorlikka sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Jahon

23.01.2026, 18:10

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: asosiy voqealar va yangi oshkoralik

AQShlik milliarderga nisbatan turli davlatlardan boʻlgan yosh qizlarni moliyaviy yordam orqali qaram qilish va voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish ayblovi qoʻyilgan.

Jahon

05.02.2026, 09:29

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar

Yuzlab bolalar va ayollarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlikda ayblangan marhum milliarder Jeffri Epshteyn soʻnggi kunlarda yana jahon axborot makoni markazida turibdi.

Jahon

03.02.2026, 16:44

AQSh siyosatiga norozilik bildigan 17 mingga yaqin muxlis JCh–2026 chiptalarini bekor qildi

2026 yil futbol boʻyicha Jahon chempionati arafasida minglab muxlislar avval xarid qilingan chiptalaridan voz kechmoqda.

Jahon

15.01.2026, 12:31

Gap oddiylikda: dunyoni kaftida oʻynata oladigan 7 nafar inson

Baʼzan boylik shov-shuvda yoki dabdabali hayotda emas, oddiylikda namoyon boʻladi. Ularning turishiga qarab, uy-joyiga nazar tashlab, “bu odam qanday qilib milliarder boʻlishi mumkin?” degan savol tugʻiladi.

Madaniy

08.01.2026, 11:18

NYT: Maduroning ommaviy raqslari harbiy tahdidga sabab boʻlgan

Tramp maʼmuriyatining ayrim aʼzolari Maduroning bunday harakatlarini “Venesuela prezidenti AQShni masxara qilmoqda” deb xulosa qilishgan.

Jahon

06.01.2026, 11:30

Maduro qoʻlga olindi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hamda uning rafiqasi bor samolyot Nyu-York shahriga kelib qoʻndi. Maʼlumotlarga koʻra, ular bu yerda mahkama jarayonlariga tortiladi.

Jahon

04.01.2026, 15:00

So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida

2025 yil oʻzbek boksi uchun tarixiy yil boʻldi — jahon chempionatlarida rekord natijalar qayd etildi, oltin medallar soni oshdi va ilk bor uch karra jahon chempioni yetishib chiqdi.

Sport

09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00