updated: 22.03.2026, 12:24

AQSh Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qiladi

Senator Jeyms Rish AQSh Kongressida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish boʻyicha qonun loyihasini taqdim etdi. Senatorning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari «oʻta murakkab geosiyosiy qurshovda» qolgan.

Ulashish:

AQSh Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qiladi

«Bugun bu yerga yigʻilgan yetakchilar murakkab geosiyosiy muhitda boʻlgan davlatlar vakillaridir. Biz buni tushunamiz. Sizlar qudratli mamlakatlar oʻrtasida qolgan buyuk millatlarsiz. Bugungi uchrashuv hamkorligimizni mustahkamlash va mamlakatlaringiz oʻz taqdirini oʻzi belgilashini taʼminlash uchun imkoniyatdir», - dedi senator.

«Beqaror Rossiya va tobora tajovuzkor boʻlib borayotgan Xitoy oʻz milliy manfaatlarini butun dunyo boʻylab, koʻpincha qoʻshnilari hisobidan ilgari surayotgan bir paytda, Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga ishonchli sherik bilan hamkorlik qilish va oʻzaro iqtisodiy rivojlanish uchun haqiqiy imkoniyatni taklif qilmoqda».

Senator, shuningdek, Kongressga AQShning C5+1 formatidagi hamkorlar bilan iqtisodiy hamkorligidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasi kiritilganini maʼlum qildi:

«Ushbu yoʻnalishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida men senator [Stiv] Deyns va hamkasblarim bilan birgalikda shu hafta C5+1 formatidagi hamkorlarimiz bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi eskirgan toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etdim. Gap Jekson-Venik tuzatishi cheklovlarini bekor qilish haqida ketmoqda».

Bu tuzatish sovuq urushning qoq choʻqqisida, 1974 yilda qabul qilingan. Bu tuzatish AQShning «Savdo toʻgʻrisidagi qonuni»ga kiritilgan boʻlib, inson huquqlari buzilayotgan davlatlar bilan savdo munosabatlarini oʻrnatishda cheklovlar kiritilishini koʻzda tutadi. 

Ikki kongressmen – Henri Jekson va Charlz Venikning tashabbusi bilan, oʻsha 1974 yilda SSSRdagi inson huquqlari buzulishi, jumladan sovet fuqarolariga emin-erkin koʻchib ketish huquqi berilmayotganiga qarshi, jazo chorasi sifatida ushbu tuzatish kiritilgan edi.

AQSh Bosh kotibi Marko Rubio bu tuzatishni «eskilik sarqiti» deb atagan va uni bekor qilish kerakligini aytgan. 

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 17:25

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45