updated: 22.03.2026, 12:10

Avstraliyada sohilga chiqib qolgan 90 ta kit oʻldirildi

Avstraliyaning eng janubida joylashgan Tasmaniya orollaridagi sohil boʻyidan 150 dan ortiq kit topildi, ulardan 90 tasi halok boʻldi. Bu haqda Tasmaniya Tabiiy resurslar va atrof-muhit departamentiga tayangan holda CNN nashri xabar berdi.

Jahon

19.02.2025, 11:14

Ulashish:

Avstraliyada sohilga chiqib qolgan 90 ta kit oʻldirildi

Avstraliyada sohilga chiqib qolgan 90 ta kit oʻldirildi

Tasmaniya Tabiiy resurslar va atrof-muhit departamentiga koʻra, kecha, 18 yanvar kuni kechqurun orolning gʻarbiy qismida, Artur daryosi yaqinida 150 dan ortiq kit qirgʻoqqa chiqib qolgan. Qutqaruvchilar ulardan ikkitasini dengizga qaytarishga urinishgan boʻlsa-da, kuchli shamol va toʻlqinlar tufayli ular qirgʻoqqa qaytib chiqqan.

"Dengizda hayvonlar toʻlqinlarni yengib oʻta olishmayapti. Ular qayta-qayta orqaga burilib, plyaj tomon qaytishmoqda", deydi Tasmaniya Parklar va yovvoyi tabiat xizmati xodimi Shelley Graham.

Yuqoridan olgan kadrlarda kitlarning plyaj boʻylab yoyilib yotganini, baʼzilari qumga qisman koʻmilib qolganini, boshqalari esa sayoz suvda toshli joylarga siqilib qolganini koʻrish mumkin. 

Tasmaniyada soʻnggi marta kitlarning bu qadar katta qurbonligi bundan 50 yil oldin, 1974 yil iyun oyida yuz bergan. Oʻshanda orolning shimoliy qirgʻogʻidagi Blek-River plyajidan 160-170 ga yaqin kit topilgan edi. Ulardan qanchasi omon qolganligi esa nomaʼlum. 

Soʻnggi fojiali hodisada rasmiylar kitlarning azobini kamaytirish uchun ularni oʻldirishga qaror qilgan. Plyajda uzoq soatlar davomida qolib ketgan hayvonlar butkul holdan toib, stressga tushib qolgan. Shundan soʻng ular mutaxassislar tomonidan oʻldirilgan. 

Maʼlumot uchun, Tasmaniyada kitlar, hatto nobud boʻlgan taqdirda ham, himoya ostidagi tur hisoblanadi. Ularning jasadiga tegish yoki boʻlaklarga boʻlish qonunbuzarlik sanaladi. Hayvonlar xulq-atvori boʻyicha mutaxassislar va dengiz olimlari qirgʻoqqa chiqib qolgan kitlarning omon qolish ehtimoli juda past ekanligini taʼkidlashgan. Ular quruqlikda olti soat atrofida omon qolishi mumkin.

Jahon

19.02.2025, 11:14

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45