updated: 22.03.2026, 13:21

Janubiy Xitoy dengizi ustida Xitoy va Avstraliya oʻrtasida tanglik yuzaga keldi

Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Parasel orollari yaqinida Xitoy va Avstraliya harbiy-havo kuchlari oʻrtasida navbatdagi ziddiyatli holat kuzatildi.

Ulashish:

Janubiy Xitoy dengizi ustida Xitoy va Avstraliya oʻrtasida tanglik yuzaga keldi

Xitoy armiyasining Janubiy fronti bayonotiga koʻra, Avstraliya qirollik harbiy-havo kuchlariga tegishli “P-8A Poseidon” patrul samolyoti “Xitoy havo hududiga noqonuniy ravishda kirgan”. Shundan soʻng xitoylik harbiylar samolyotni kuzatib borib, uni hududdan chiqarish boʻyicha chora koʻrgan. Pekin bu holatni suverenitetni buzish deb baholagan.

Avstraliya mudofaa vazirligi esa boshqacha bayonot berdi. Maʼlumotlarga koʻra, Xitoyning Su-35 harbiy samolyoti avstraliyalik samolyotga yaqin kelib, xavfli manyovr qilgan va yorugʻ raketa (signal flare) otgan. Avstraliya buni xalqaro parvoz xavfsizligi qoidalarini buzish deb hisobladi.

Rasmiy Kanberra maʼlumotlarida taʼkidlanishicha, Avstraliya bu hududda xalqaro huquq asosida kuzatuv parvozlarini amalga oshiradi va “dengiz va havo yoʻllarida erkin harakatlanish milliy manfaatlarimizning asosidir” deb bayonot berdi.

Mudofaa vaziri Richard Marlzning soʻzlariga koʻra, Avstraliya hukumatining rasmiy diplomatik noroziligi Xitoyga yetkazilgan.

Maʼlumot uchun:

Janubiy Xitoy dengizi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan buyon hududiy daʼvolar markazida boʻlib keladi. Xitoy 1947 yilda dengiz hududining 80 foizi oʻziniki ekanini maʼlum qilgan, ammo bu hududga Filippin, Vetnam, Bruney va Malayziya ham daʼvo qiladi.

2016 yilda Haagadagi Xalqaro arbitraj sudi Filippin daʼvosi boʻyicha qaror chiqarib, Xitoyning dengiz ustidan yakkahokimlik daʼvolarini huquqiy jihatdan asossiz deb topgan.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 18:43

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?

Xitoyning sunʼiy intellekt (SI) chat-botlari koʻpincha siyosiy savollarga javob berishdan bosh tortadi yoki rasmiy davlat pozitsiyasini takrorlaydi.

Fan-texnologiya

22.02.2026, 09:08

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi

Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasida yangi transport yoʻlagi ish boshladi. Uning doirasida ilk sinovdagi yuk poyezdi Lanchjoudan Dushanbe shahriga yoʻl oldi.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 10:10

Xitoy Afrikadan olib kiriladigan mahsulotlarga bojlarni bekor qiladi

Xitoy Prezidenti Si Szinpinning bayonotiga koʻra, 1 maydan boshlab Afrika qitʼasining deyarli barcha mamlakatlaridan import qilinadigan mahsulotlarga bojni olib tashlaydi. 

Jahon

16.02.2026, 15:19

Xitoy «odamsimon» sunʼiy intellekt uchun qatʼiy qoidalar joriy qilmoqda

Qoidalar inson xislatlari, fikrlash modellari va muloqot uslublarini taqlid qiluvchi, shuningdek, matn, tasvir, audio yoki video orqali foydalanuvchilar bilan hissiy aloqa oʻrnatuvchi mahsulot va xizmatlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Jahon

05.02.2026, 12:27

Xitoyda prezervativlar uchun soliq oshirildi

Xitoy aholisi soʻnggi uch yil davomida muntazam kamayib bormoqda. 2024 yilda mamlakatda atigi 9,54 million chaqaloq tugʻilgan boʻlib bu koʻrsatkich oʻn yil oldingi darajaning taxminan yarmiga teng.

Jahon

03.01.2026, 14:55

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45