updated: 22.03.2026, 10:03

Britaniyada qotillik sabab muhojirlarga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda

Angliyaning Liverpul shahriga yaqin joylashgan Sautport shaharchasidagi raqs toʻgaragiga pichoq bilan hujum uyushtirib uchta yosh qizni oʻldirgan 17 yoshli Axel Muganva Rudakubana politsiya tomonidan qoʻlga olingan. Jinoyatda sakkiz nafar bola pichoq bilan jarohatlangan, besh nafarining ahvoli ogʻir. Ikki nafar bola kasalxonadan chiqarilgan. Qurbon boʻlganlar esa 6, 7 va 9 yoshliq qizaloqlar.

Jahon

05.08.2024, 16:34

Ulashish:

Britaniyada qotillik sabab muhojirlarga qarshi namoishlar boʻlib oʻtmoqda

Britaniyada qotillik sabab muhojirlarga qarshi namoishlar boʻlib oʻtmoqda

1-avgust kuni ertalab uchta qotillik va 10 marta odam oʻldirishga urinish jinoyatlarida ayblangan Rudakubananing ishini Liverpuldagi Qirollik sudida koʻrish boshlandi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

7 avgustda 18 yoshga toʻladigan Axelning ota-onasining kelib chiqishi asli ruandalik.

Jinoyat sodir etilganidan bir necha soat oʻtgach ijtimoiy tarmoqlarda gumonlanuvchi haqidagi soxta maʼlumotlar paydo boʻldi. X ijtimoiy media platformasidagi Channel 3 Now akkauntiga koʻra uning ismi "Ali Al-Shakati" deyilgan, shuningdek, kanalning Facebook sahifasida uni Pokiston va AQShdagi odamlar boshqarayotgani aytilgan.

Bu xabarlar bir necha soat ichida zoʻravon namoishchilar toʻlqinini yuzaga keltirdi. Ular masjidlarga hukum qila boshladi, politsiya bilan toʻqnashuvlar yuzaga keldi. Politsiya bu ism soxta ekanligini, 17 yoshli gumonlanuvchi yaqinda Britaniyaga kelgan boshpana izlovchi ekanligi haqidagi mish-mishlar ham soxta ekanligini bildirgan, ammo namoyishlar Britaniyaning turli qismlariga tarqalib ulgurgan.

Oʻtgan chorshanba kuni kechqurun Londonning markazida politsiya namoyishchilar bilan toʻqnashgan va 111 dan ortiq odam hibsga olingan.

Hartlpul shahrida ham tartibsizliklar sodir boʻlgan, u yerda sakkiz kishi hibsga olingan, bir necha politsiyachi yaralangan va politsiya mashinasi yoqib yuborilgan.

Gumonlanuvchining dini haqida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilishi islomofobiya va migrantlarga qarshi gʻazabning kuchayishiga olib kelgan.

Britaniya Bosh vaziri Key Starmer payshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida norozilik namoyishlarini qoralab, “bu shunchaki nazoratdan chiqib ketgan norozilik emas. Bu zoʻravonlikka mutlaqo moyil boʻlgan shaxslar guruhidir",- deb atadi.

Jahon

05.08.2024, 16:34

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Britaniya qirolining ukasi qoʻlga olindi

Charlz IIIning ukasi - shahzoda Endryu 19 fevral kuni, 66 yoshga toʻlgan kuni qoʻlga olindi. U bir kun hibsda saqlanib, keyinchalik «tergov ostida» sharti bilan ozod etildi. 

Jahon

21.02.2026, 13:28

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Britaniya Oʻzbekistonning toʻrt kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar roʻyxatini kengaytirib, unga Oʻzbekistonning toʻrtta va Qirgʻizistonning bitta kompaniyasini kiritdi.

Iqtisodiyot

22.12.2025, 12:34

Britaniyada yoz faslida 3 081 ta namoyish boʻlib oʻtdi, koʻpchiligi — Falastinni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazildi

Soʻnggi ikki yil ichida Britaniyadagi namoyishlar soni uch baravardan koʻproq oshgan.

Jahon

04.09.2025, 21:36

Yanvar voqealari – Avtokratiya inqirozi va siyosiy boʻhron

Yanvar voqealari – Avtokratiya inqirozi va siyosiy boʻhron

2022-yilning yanvar oyida Qozogʻiston Respublikasi tarixida qora harflar bilan yozilgan qonli voqealar sodir boʻldi. Bu hodisalar mamlakatda gaz narxining oshishi bilan boshlangan noroziliklardan kelib chiqdi va tez orada butun davlatni larzaga solgan ommaviy norozilik harakatiga aylandi. Ushbu maqolada Qozogʻistonda yuz bergan "Qonli yanvar voqealari"ning xronikasini, ularning sabablarini va oqibatlarini tahlil qilamiz. 

Siyosat

10.08.2024, 14:13

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45