Buxoroda qotil ona ikkinchi farzandini ham oʻldirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida ayol uch yoshli farzandini urib oʻldirgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston
08.10.2024, 15:42
Ulashish:

Buxoroda qotil ona ikkinchi farzandini ham oʻldirdi
Unda qayd etilishicha, asli surxondaryolik boʻlgan, bugungi kunda Buxoro shahri "Gulshan" mahallasida istiqomat qilib kelayotgan ayol 2021 yilda tugʻilgan farzandini koʻkrak, yuz va bosh qismiga urib, oʻldirgan. Aniqlanishicha, mazkur jinoyatni sodir etgan fuqaro oldin ham farzandini oʻldirib, qamalib chiqqan.
"Gulshan" mahalla fuqarolar yigʻini raisiga koʻra, ayol oʻzining oldin sodir etgan qilmishi uchun pushaymondek tutgan. Bundan tashqari, unda hech qanday agressivlik sezilmagan.
"Ayol bizning doimiy nazoratimizda boʻlgan. Mahallaga bir necha marta chaqirilgan. U bilan mahallamizda ishlaydigan xodimlar muloqotda boʻlib turgan. Bolasi navbatsiz tarzda tumandagi 25-bogʻchaga qoʻyilgan. Avgust oyidan boshlab, oʻzining arizasiga binoan bola nafaqasini ham olishni boshlagan. U bilan gaplashganimizda oʻzini doim xotirjam tutgan. Unda agressiv holatlar kuzatilmagan. Birinchi qilgan xatosidan xulosa qilgan deb biz uni hayotga qaytishiga yordam qilganmiz", deydi mahalla oqsoqoli.
Shuningdek, bolasini oʻldirgani aytilayotgan ayolning yashash joyidagi qoʻshnilarining bildirishicha, u uyidan chiqmagan. Odamlar bilan kam muloqot qilgan. Hatto qoʻshnilari orasida uni koʻrmaganlar ham bor.
"Shu joyda istiqomat qilaman, bolalar maydonchasiga har kun onalar farzandlarini olib chiqib, oʻynatishadi. Lekin men u ayolni biror marta koʻrmaganman. Boshqa qoʻshnilarimdan soʻrasam oʻzi bu ayol koʻchaga kam chiqishini aytishdi", deydi qoʻshni ayollardan biri.
Fuqaro yashash xonadoning qarshisidagi uyda turuvchi qoʻshnining fikriga koʻra, ayol u bilan bir necha bor suhbatlashishga uringan, biroq fuqaro eshigini ochmaganligi uchun gaplasholmagan.
"Nega bu ayol doim odamlardan qochadi, deya u bilan samimiy gaplashishga harakat qilib koʻrganman. Uyiga bir necha marta ovqat olib chiqdim, ammo eshikni ochmagani bois u bilan gaplasholmadim. Baqirib bolasini urishganda men bolani maktab yoshida deb oʻylaganman. Chunki u farzandini sumkang qani, nega kiyimingni kir qilding deya koyirdi", deydi nafaqa yoshidagi ayol.
Shuningdek, u gapida davom etarkan, ayolni ruhiy nosogʻlomlikda ayblay olmasligiga ham toʻxtalgan.
"Ayolning ruhiy holatini yomon deyolmayman. Chunki uyidan ortiqcha gap-soʻz chiqmagan, biroq oʻta qattiqqoʻl, mehrsiz ona edi. Ijtimoiy tarmoqlarda bolani koʻrganimda hayratlandim. Sababi bola hali uch yoshga ham toʻlmagan ekan", deydi qoʻshnisi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning PARADIGMA.UZ'ga bergan maʼlumotiga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u himoya huquqi taʼminlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Oʻzbekiston
08.10.2024, 15:42
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qorakoʻlda 20 nafar abituriyent zaharlanishi yuzasidan SSB rasmiy munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
12.01.2026, 09:57

Qobiljon millatchilik qurboni
Jahon
22.12.2025, 11:02

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29
Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 14:21

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi
Oʻzbekiston
16.10.2025, 11:34

Qashqadaryoda sobiq harbiy xizmatchi ikki ayolni pichoqlab oʻldirdi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 16:19
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
