Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 12:28

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Sogʻlom ovqatlanishga rioya qilishni boshlagan har bir oila tuz isteʼmol qilish kerakmi yoki yoʻqmi, deya oʻylaydi. Hatto insonlar orasida mutlaqo tuz isteʼmol qilmaydiganlar ham uchrab turadi. Xoʻsh, oʻzi tuz isteʼmol qilish qanchalik sogʻliqqa zarar yetkazadi? Uning insonlarga foydasi bormi? Shu kabi savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi batafsil javob berdi

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Qayd etilishicha, tuzning koʻp isteʼmol qilinishi organizmda suyuqlikni ushlab turish, semirish, gipertoniya xavfining ortishi, buyraklarga salbiy taʼsir koʻrsatishi, kalsiyni yuvib yuborishi hamda oshqozon-ichak traktining yomonlashishi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 

Ammo birdaniga va butunlay tuzdan voz kechilsa, ishtaha bilan bogʻliq muammolar, koʻngil aynishi, bosh va mushaklardagi ogʻriqlar, bosh aylanishi, qon bosimining pasayishi kabi qator noxush alomatlarga duch kelish mumkin. 

JSST maʼlumotlariga koʻra, kattalar isteʼmoli uchun optimal kunlik tuz miqdori 5 grammdan oshmasligi kerak. Bu taxminan bir choy qoshiqdan biroz kamroq. Ushbu meʼyor faqat gipertoniya, oshqozon-ichak yoki buyrak kasalliklari boʻlmagan sogʻlom odamlarga mos keladi.

"Inson kun boʻyi qancha tuz isteʼmol qilganini kuzatib borishi juda qiyin. Shuning uchun asosan taʼm retseptorlariga tayanish, shuningdek, har bir mahsulotni isteʼmol qilishdan oldin uning tarkibiga eʼtibor qaratishga odatlanish kerak", deyiladi SSV tomonidan berilgan xabarda. 

Endokrinologlar fikriga koʻra, shoʻr ovqatlarga boʻlgan ishtiyoq koʻpincha tanada magniy kamligidan dalolat beradi, bu 300 ga yaqin fermentlar ishida ishtirok etadigan, quvvat ishlab chiqarish, asab impulslarini oʻtkazish va xotirjam hissiy fon uchun javob beradigan mineral hisoblanadi.

Tuz isteʼmolini kamaytirishning eng yaxshi usuli uni boshqa ziravorlar bilan almashtirishdir. Ovqatga xushboʻy ziravorlar qoʻshish orqali taʼm hissingizni boyitish mumkin. Shunda inson asta-sekin bunga koʻnikadi va shoʻr mahsulotlarni isteʼmol qilish istagidan xalos boʻladi.

Fan-texnologiya

25.11.2024, 10:23

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?

Kunlik tanovul qilayotgan baʼzi bir taomlarimiz salomatligimizga bevosita salbiy taʼsir qilib, organizmning qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ana shunday mahsulotlarning roʻyxati va ularning tanaga taʼsiri haqida maʼlumot berildi.

Fan-texnologiya

23.09.2024, 10:17

Rossiyada epilepsiya xastaligini sunʼiy intellektda aniqlash usuli kashf qilindi

Rossiyada epilepsiya xastaligini sunʼiy intellektda aniqlash usuli kashf qilindi

Rossiyadan olimlar tomonidan epilepsiya (miyadagi neyronlarning ortiqcha va tartibsiz faolligi oqibatida takrorlanuvchi tutqanoqlar bilan kechadigan surunkali kasallik)ni sunʼiy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Fan-texnologiya

17.02.2025, 10:43

Two-year-old girl from Fergana found with 135 magnetic beads in her stomach

Fargʻonalik ikki yoshli qizaloq qornidan 135 ta magnit sharcha topildi

Fargʻona viloyatida ikki yoshli qizaloq 135 ta magnit sharcha yutib yubordi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

11.01.2025, 10:12

Soʻnggi 9 oyda tez yordamga 10 millionga yaqin chaqiriq boʻldi — SSV

Soʻnggi 9 oyda tez yordamga 10 millionga yaqin chaqiriq boʻldi — SSV

Joriy yilning yanvar-sentabr oyida fuqarolar tomonidan tez yordamga jami 10 millionga yaqin murojaat kelib tushgan. Murojaatchilarning katta qismi Fargʻona viloyati hamda Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

07.10.2024, 15:02

Boshni yuvib, koʻchaga chiqish sogʻlik uchun xavfli — SSV mutaxassisi

Boshni yuvib, koʻchaga chiqish sogʻlik uchun xavfli — SSV mutaxassisi

Kuz kelib, havo harorati asta-sekin pasaymoqda. Baʼzi insonlar qanday sharoitda boʻlmasin, tongda iliq vanna qabul qilishni xush koʻradi. Ayrimlar esa ertalab boshini yuvib, ishga yoki oʻqishga borishga odatlangan. Xoʻsh, bu qanchalik toʻgʻri? Boshni quritmay koʻchaga chiqish qanday oqibatlarga olib keladi? Ushbu savollarga oliy toifali shifokor Sanjar Mavlonov batafsil javob berdi. 

Fan-texnologiya

16.09.2024, 12:06

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Hademay yangi oʻquv yili boshlanadi. Qolaversa, kuz fasli yaqin. Demak, qariyb uch oylik tanaffusdan soʻng bolalar organizmi yana oʻquv mavsumiga, maktab rejimiga moslashishi kerak. Xoʻsh, buning uchun shifokorlar ota-onalarga qanday tavsiyalar beradi? Bolalar uchun maktab sumkalarini tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak? Bu borada Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Fan-texnologiya

15.08.2024, 11:31

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi

Yo‘llar to‘sib qo‘yilgani sababli poytaxt La-Pasda oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmon tanqisligi yuzaga kelgan. Minglab odamlar  prezident Rodrigo Pasning iste’fosini talab qilmoqda. 

Jahon

20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi

Rio-de-Janeyro shahri Braziliyaning muhim moliyaviy, turistik, transport va yirik logistika markazi hisoblanadi. Bu esa o‘zbek eksportchilari uchun nafaqat Braziliya, balki Argentina, Chili, Paragvay, Urugvay, Peru, Kolumbiya bozorlariga chiqish imkonini beradi

Iqtisodiyot

19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?

AQSH sun’iy intellekt raqobatida yetakchilikni boy berishi mumkin. Chunki haqiqiy yutuq — ixtiro qilishda emas, birinchi bo‘lib amalda qo‘llashda.

Fan-texnologiya

19.05.2026, 15:55

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi ishga tushirildi

Kelgusida Toshkentda JAC M4, Sunray, JS8, RF8, T8 va T9 modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Iqtisodiyot

19.05.2026, 10:10

Endi o‘zbekistonliklar Italiya qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin

Italiya bilan hamkorlikda Toshkentda qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha markaz faoliyat yuritmoqda. Dastlab traktorlarni boshqaradigan mutaxassislar guruhidan boshlashga qaror qilingan. Shuningdek, dastur ishtirokchilari italyan tilini o‘rganmoqda. 

Oʻzbekiston

19.05.2026, 09:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →