Boshni yuvib, koʻchaga chiqish sogʻlik uchun xavfli — SSV mutaxassisi
Kuz kelib, havo harorati asta-sekin pasaymoqda. Baʼzi insonlar qanday sharoitda boʻlmasin, tongda iliq vanna qabul qilishni xush koʻradi. Ayrimlar esa ertalab boshini yuvib, ishga yoki oʻqishga borishga odatlangan. Xoʻsh, bu qanchalik toʻgʻri? Boshni quritmay koʻchaga chiqish qanday oqibatlarga olib keladi? Ushbu savollarga oliy toifali shifokor Sanjar Mavlonov batafsil javob berdi.
Fan-texnologiya
16.09.2024, 12:06
Ulashish:

Boshni yuvib, koʻchaga chiqish sogʻlik uchun xavfli — SSV mutaxassisi
"Bugungi kunda ayrim yoshlar orasida ertalab boshni yuvib, koʻchaga chiqish odatga aylangan. Bu holatda ular sochlarni fenda quritishning oʻzi yetarli deb oʻylaydi. Vaholanki, sochlar ildizi va uning ichki qavati 4 soatda ham qurimaydi. Qarabsizki, buning oqibatida insonda jiddiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin", deydi u.
Shifokorga koʻra, sochlar nam boʻlganda, bosh issiqlikni juda tez yoʻqotadi. Buning oqibatida undagi tomirlar torayib, sochlarning ozuqa olishi yomonlashadi va ular toʻkilishni boshlaydi.
Shuningdek, ertalab bosh yuvib, sochlarni quritmay koʻchaga chiqish tufayli organizmning immuniteti pasayadi. Ayniqsa, kuzning salqin havosida teri namlik holatini uzoq ushlab turishi tufayli surunkali gaymorit, rinit, frontit, tonzillit va otit kabi kasalliklar qoʻzgʻaydi. Agar bunday xastaliklarga moyillik kuchli boʻlsa, xavf yanada ortadi.
Uchinchi eng jiddiy oqibatlardan biri — uch tomonlama yoki yuzning asab tugunlari nevriti hisoblanadi. Bu ogʻriqli sindrom boʻlib, uni davolash uchun uzoq vaqt talab etilishi mumkin.
Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, boshni quritmasdan koʻchaga chiqishning eng katta xavfi esa meningit, yaʼni bosh miya va orqa miya pardalari yalligʻlanishidir. Bu kasalliklar guruhi boʻlib, ular virusli yoki bakterial boʻladi. Bunda turli infeksiyalar miya pardalariga kirib, oʻsha yerda rivojlanadi.
"Natijada bemor kuchli bosh ogʻrigʻidan shikoyat qiladi. Tana harorati tez-tez 39-40 darajaga koʻtariladi. Eng yomoni, salqin havoda infeksiya xavfi yanada kuchayadi. Agar oʻz vaqtida davo choralari koʻrilmasa, oqibati yomon boʻlishi mumkin", deydi u.
Shu bois yuqorida tilga olingan kasalliklarga chalinmaslik uchun bosh yuvilib, sochlar fenda quritilgach, kamida ikki soatdan soʻng, agar havo harorati juda past boʻlsa, bosh kiyim bilan koʻchaga chiqish maqsadga muvofiq.
Fan-texnologiya
16.09.2024, 12:06
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada epilepsiya xastaligini sunʼiy intellektda aniqlash usuli kashf qilindi
Fan-texnologiya
17.02.2025, 10:43

Fargʻonalik ikki yoshli qizaloq qornidan 135 ta magnit sharcha topildi
Oʻzbekiston
11.01.2025, 10:12

Soʻnggi 9 oyda tez yordamga 10 millionga yaqin chaqiriq boʻldi — SSV
Oʻzbekiston
07.10.2024, 15:02

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?
Fan-texnologiya
23.09.2024, 10:17

Xitoylik shifokor 5 ming kilometr masofadan turib operatsiya oʻtkazdi
Fan-texnologiya
01.08.2024, 09:40
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30
So'nggi yangiliklar

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30
