Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi
Telegram va Instagram’da Davlat bojxona qoʻmitasi nomidan soxta kanal va guruhlar ochib, fuqarolarning pul mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan jinoiy guruh fosh etildi.
Oʻzbekiston
07.01.2026, 14:05
Ulashish:

Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati IIBBning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tezkor-qidiruv tadbiri davomida Telegram va Instagram’da Davlat bojxona qoʻmitasi nomidan soxta kanal va guruhlar ochib, fuqarolarning pul mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan jinoiy guruh fosh etilgan.
Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Andijon viloyatida yashovchi 22–25 yoshli 5 nafar shaxs joriy yil boshida jinoiy reja tuzib, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida “Musodara tovarlar” hamda “Optom sklad” nomlari ostida kanal va guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, ular “Bojxona qoʻmitasi admini”, “Ishonch siz bilan” kabi oʻnga yaqin soxta akkauntlar orqali oʻzlarini goʻyoki bojxona tizimi xodimlari sifatida tanishtirgan.
Jinoiy guruh aʼzolari maishiy texnika, muzlatgich va televizorlar, isitish qozonlari, oshxona va bolalar mebellari, turli gadjetlar, jumladan iPhone telefonlarining soʻnggi modellari hamda kiyim-kechaklarni juda arzon narxlarda taklif qilgan. Hatto aslida mavjud boʻlmagan moto-skuterlarni yetkazib berishni vaʼda qilgan. Toʻlov mablagʻlarining bir qismi esa oʻzga shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari orqali qabul qilingan.
Natijada jinoiy guruh aʼzolari dastlabki tergovga qadar 60 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik yoʻli bilan jami 117 million soʻm mablagʻni oʻzlashtirgan hamda pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Mahsulotni talab qilgan yoki qayta aloqaga chiqqan jabrlanuvchilar esa javobsiz qoldirilib, ijtimoiy tarmoqlarda “qora roʻyxat”ga kiritilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilib, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston
07.01.2026, 14:05
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Piskentdagi koloniyada qiynoqqa solingani aytilgan mahkumda tan jarohati aniqlanmadi — Bosh prokuratura
Oʻzbekiston
27.03.2025, 10:53

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

Oʻzbekistonda onlayn ish niqobi ostidagi moliyaviy piramida aniqlandi
Oʻzbekiston
24.01.2026, 11:44

Onlayn kredit firibgarligiga uchragan fuqarolardan qarz undirish toʻxtatiladi
Iqtisodiyot
21.01.2026, 12:06

Oʻzbekistonda avtomobil bozori oʻsmoqda: elektromobillar savdosi 40 mingdan oshdi
Iqtisodiyot
17.01.2026, 17:07

Yangi yil arafasida firibgarlar faollashdi: bitta havola orqali bank kartangizdan ayrilishingiz mumkin
Oʻzbekiston
29.12.2025, 10:29
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Jahon
17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Oʻzbekiston
17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi
Jahon
17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
