updated: 22.03.2026, 16:09

Gʻazoda halok boʻlgan falastinliklar soni 31 490 nafarga yetdi

2023-yil 7-oktabrdan beri Gʻazo sektorida Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlgan falastinliklar soni 31 490 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin Islomiy Qarshilik Harakati (HAMAS) tomonidan nazorat qilinadigan Sogʻliqni saqlash vazirligining juma kuni chop etilgan press-relizida maʼlum qilindi.

Jahon

16.03.2024, 10:46

Ulashish:

Gʻazoda halok boʻlgan falastinliklar soni 31 490 nafarga yetdi

The New Arab

Bayonotda soʻnggi 24 soat ichida Isroil harbiy harakatlari natijasida 149 nafar falastinlik halok boʻldi, yana 300 nafari yaralandi. Shu tariqa, 2023-yil 7-oktabrda Isroil va HAMAS oʻrtasidagi toʻqnashuvning joriy bosqichi boshlanganidan beri oʻlganlarning umumiy soni 31 490 kishiga yetdi, jami jabrlanganlar soni 73 439 nafarni tashkil etdi.

Bayonotda aytilishicha, Isroilning shiddatli oʻqqa tutilishi hamda fuqarolik mudofaasi boʻlinmalari va tez yordam mashinalarining yetishmasligi tufayli baʼzi qurbonlar vayronalar ostida qolib ketgan.

Isroil armiyasi 2023-yil 7-oktabr kuni Hamas jangarilarining Isroil janubiga toʻsatdan uyushtirgan hujumiga javoban Gʻazo sektorida HAMASga qarshi keng koʻlamli hujum uyushtirdi, oʻshanda 1200 ga yaqin odam halok boʻlib va 200 dan ortiq kishi garovga olingandi.

Jahon

16.03.2024, 10:46

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Raisiy jasadi payshanba kuni Mashhadda dafn etiladi

Raisiy jasadi payshanba kuni Mashhadda dafn etiladi - Eron vitse-prezidenti

Ibrohim Raisiyning jasadi payshanba kuni Eron shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida dafn etiladi. Bu haqda dushanba kuni Eron vitse-prezidenti Mohsin Mansuriy maʼlum qildi.

Siyosat

21.05.2024, 10:58

Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi / foto: Al Jazeera /

Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektori markazidagi Dayr al-Bala shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi, deb xabar berdi Falastin rasmiy axborot agentligi WAFA.

Jahon

13.05.2024, 10:05

Anadolu agency

Turkiya Gʻazoga 5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam joʻnatdi

Falastin sogʻliqni saqlash idoralari maʼlumotlariga koʻra, 7-oktabrdan beri Gʻazoda 34 700 nafardan oshiq falastinlik halok boʻlgan. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir. 78 000 nafar fuqaro yaralangan.

Jahon

06.05.2024, 18:05

Fransiya prezidenti Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron favqulodda yordamning keng miqyosda yetkazilishi va tinch aholi himoyasini taʼminlash uchun Gʻazoda zudlik bilan va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi. Bu haqda Fransiya rahbari idorasining yakshanba kuni chop etilgan bayonotida aytildi.

Jahon

25.03.2024, 13:19

Afgʻonistonda qor yogʻishi va ayoz tufayli 60 kishi halok boʻldi

Bu haqda Tolibon Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi rasmiy vakili Mulla Janan Saik maʼlum qildi.

Jahon

14.03.2024, 15:08

2022-yilda bolalar oʻlimi global minimum darajaga tushdi - BMT

2022-yilda dunyo boʻylab 5 yoshgacha vafot etgan bolalar soni tarixiy eng past darajaga – 4,9 millionga tushdi. Bu haqda chorshanba kuni BMTning bolalar oʻlimini baholash boʻyicha idoralararo guruhi soʻnggi maʼlumotlarga tayangan holda maʼlum qildi.

Jahon

14.03.2024, 09:59

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45