Gulistondagi portlashda halok boʻlganlarning oilalariga moddiy yordam beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi va ularga moddiy yordam koʻrsatish zarurligini taʼkidladi. Eslatib oʻtamiz, 2 dekabr kuni Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlashi natijasida 29 kishi jarohat olgan, ulardan 3 nafari halok boʻlgan edi.
Oʻzbekiston
04.12.2025, 14:38
Ulashish:

4 dekabr kuni davlat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialiga borib, jarohatlanganlar holidan xabar oldi.

Filial rahbariyati va shifokorlar Prezidentga bemorlarning holati, davolash jarayoni va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar haqida maʼlumot berdi. Shavkat Mirziyoyev palatalarga kirib, turli darajada tan jarohati olgan fuqarolar bilan suhbatlashdi, ularning oila aʼzolari bilan uchrashdi.
Davlat rahbari mutasaddilarga barcha jabrlanuvchilarga zarur tibbiy yordam toʻliq koʻrsatilishini qatʼiy nazoratga olishni topshirdi. Shuningdek, sodir boʻlgan hodisaning sabablarini puxta oʻrganish, qonun ustuvorligini taʼminlash, bunday holatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklatildi.

Prezident topshirigʻiga muvofiq, 3 dekabr kuni bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiyaga jabrlanganlarga zarur yordam koʻrsatish, hodisa sabablarini aniqlash va kelgusida bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam oʻlishiga yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlishi) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va bir shaxs qamoqqa olingan.
Oʻzbekiston
04.12.2025, 14:38
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi
Jahon
27.02.2026, 12:22

Erondagi voqeada Xitoydan olib kelingan raketa yoqilgʻisi portlab ketgan boʻlishi mumkin
Jahon
28.04.2025, 10:31

Buxorodagi xonadonlardan birida gaz portladi
Oʻzbekiston
13.02.2025, 10:01

Eronda koʻmir koni portladi. Qurbonlar oʻttizdan oshgan
Jahon
23.09.2024, 11:11
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
