Inson organlari savdosi bilan shugʻullangan jinoiy guruh fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida inson organlari va toʻqimalari savdosi bilan shugʻullangan uyushgan jinoiy guruh fosh etildi.
Oʻzbekiston
23.09.2025, 09:02
Ulashish:

Toshkent shahri va Toshkent, Fargʻona, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 12 nafar fuqarodan iborat jinoiy guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni topib va sogʻlom fuqarolarni moʻmay pul zvaziga oʻz organini sotishga qiziqtirib, chet eldagi tanishlari yordamida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish orqali ularni goʻyoki qarindosh sifatida koʻrsatib, qoʻshni davlatlardan biridagi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishgan.
Uyushgan jinoiy guruhning 2023-2025 yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar toʻqimalari koʻchirib oʻtkazilgan.
Oʻz navbatida, bemorlardan olingan katta miqdordagi pul mablagʻlarining maʼlum bir qismi operatsiya uchun xususiy klinikaga hamda donorlarga berilgan, qolgani esa oʻzaro taqsimlangan.
Shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyin sogʻliqlarida ijobiy oʻzgarish boʻlmagan bemorlarga ogʻriqni qoldirish maqsadida jinoiy guruh tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari qimmat narxlarda sotilgan.
Uyushgan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 133-1 (inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 246 (kontrabanda) va 273 (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) -moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Hozirda jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.
Oʻzbekiston
23.09.2025, 09:02
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sudyalar sud ostida: Akmaljon Shukurov ishi Oʻzbekiston sud tizimi uchun nodir pretsedentga aylandi
Oʻzbekiston
14.01.2026, 08:49

Jurnalist va blogerlar ishlari boʻyicha soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
03.12.2025, 13:35

Tabibning oʻzi bemor ekan: Xonobod shahar sudi raisi jinoyat sodir etdi
Oʻzbekiston
12.05.2025, 12:43

Fargʻonada mast fuqaro IIB xodimini pichoqladi
Oʻzbekiston
27.08.2024, 09:49

Prokuratura 87,7 mlrd. soʻmlik energiya resurslari tolon-toroj qilinganligini fosh etdi
Oʻzbekiston
02.05.2024, 16:10
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
