Markaziy Osiyo ichki eksportining 80 foizi O‘zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo 8,1 milliard dollarga yetdi. Ammo bu jarayonda asosan ikki davlat yetakchi o‘rinni egallagan.
Iqtisodiyot
02.10.2026, 16:40
Ulashish:

2026-yilning dastlabki yetti oyida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo sezilarli darajada oshdi. O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) ma’lumot berishicha, yanvar–iyul oylarida mintaqa davlatlarining o‘zaro savdosi 8,1 milliard dollarni tashkil etib, 2025-yilning shu davriga nisbatan 25,4 foizga o‘sgan.
Mintaqa ichidagi eksportda eng yirik ulushni Qozog‘iston egallagan. Mamlakat yanvar–iyul oylarida Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga 4,5 milliard dollarlik mahsulot yetkazib berdi. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 26,8 foizga ko‘p. Qozog‘iston mintaqa ichki eksportidagi ulushini 55,9 foizga olib chiqdi.
O‘zbekiston – mintaqadagi ikkinchi yirik eksportyor. Yanvar–iyul oylarida mamlakatning boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga eksporti 2 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich yillik hisobda 34,5 foizga o‘sgan. O‘zbekistonning mintaqa ichki eksportidagi ulushi 24,7 foizni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi shu davrda 5,4 milliard dollarga yetgan va 28,2 foizga oshgan. Uning asosiy qismi Qozog‘iston bilan savdoga to‘g‘ri keladi: ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 3,3 milliard dollarga yetgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi eksportning 80,6 foizini ta’minlagan. Mintaqa ichki savdosidagi umumiy o‘sishning qariyb 90 foizi ham aynan shu ikki davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qolgan davlatlarning mintaqa ichki eksporti:
Turkmaniston – 844 million dollar (10,4 foiz);
Qirg‘iziston – 523 million dollar (6,4 foiz);
Tojikiston – 209 million dollar (2,6 foiz)ni tashkil etgan.

Mintaqadagi savdo o‘sishi faqat Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagina kuzatilmayapti. O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan savdosi yanvar–iyul oylarida 53,8 foizga, Tojikiston bilan savdosi 44,9 foizga oshdi. Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi 776,7 million dollarni, Tojikiston bilan savdo esa 565 million dollarni tashkil qilgan. Ya’ni, mintaqa ichidagi savdo geografiyasi ayrim kichik yo‘nalishlarda ham kengaymoqda.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
