Trampning olti frontdagi urushi: dunyo global beqarorlik yoqasidami?
30 aprel kuni Donald Tramp ikkinchi prezidentlik faoliyati boshlanganiga 100 kun boʻladi. Bu, AQShda shakllangan oʻzina xos siyosiy anʼanaga koʻra, dastlabki sarhisob davridir.
Iqtisodiyot
25.04.2025, 15:13
Ulashish:

Donald Tramp oʻz faoliyatini olamshumul "tinchlikparvarlik" shiorlari bilan boshlagan boʻlsa-da, oradan uch oy oʻtib, u dunyoning eng xavfli mojarolar girdobiga tushib qoldi. Siyosiy sharhlovchi Hal Brendsning Bloomberg nashridagi maqolasida qayd etilishicha, Tramp hozirda 6 ta frontda kurash olib bormoqda: uchta "issiq", bitta sovuq, bitta savdo urushi va yadro inqirozi havfi. Bu urushlar nafaqat Trampning siyosiy merosini, balki butun xalqaro tizim kelajagini belgilaydi.
Ukraina: tinchlik — oson ish emas
Tramp dastlab muammoni qisqa muddatda hal etishiga ishongan edi. Uning rejasi Rossiyaga bosim oʻtkazib, Ukrainani hududiy daʼvolardan voz kechishga undash edi. Ammo Putinning maksimalistik "maqsadlari" qarshisida Trampning bunday sodda yondashuvi ojiz qoldi.
Endi esa Tramp ikki tanlov qarshisida turibdi: Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va Ukrainaga iqtisodiy choralar va harbiy koʻmaklar orqali har ikki tomonga bosimni kuchaytirish yoki ortga chekinish. Ikkinchi variant Yevropa xavfsizligi va NATO istiqboli uchun halokatli boʻlishi mumkin.
Yaqin Sharq: ikki urush, bir katta xavf
AQShning Yamandagi husiylarga qarshi amaliyotlari samara bermayapti. Shu bilan birga, Isroilning Gʻazoda HAMASga qarshi navbatdagi hujumni boshlagan. Ushbu amaliyotlar fonida eng xavotirli manzara — Eronning yadro dasturi bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan harbiy toʻqnashuv. Tramp diplomatik yoʻl bilan yechim izlayaptimi yoki urush sari borayaptimi — hozircha mavhum.
Xitoy: yangi sovuq urush
Tayvan (yoki Xitoy Taypei) masalasi (yaʼni masalani harbiy yoʻl bilan hal etishga urinishlar) va kuchaygan savdo nizolari fonida Tramp yoki kelishuv yoʻlini tanlab ortga chekinishi, yoki uzoq davom etuvchi keskin geosiyosiy raqobatni boshlab yuborishi mumkin.
Savdo urushi: global iqtisodiy xavfmi
Tramp aprel oyida global savdo urushini boshlab yubordi, biroq bir qator davlatlarga nisbatan ayrim bojlarni kechiktirdi. Buning evaziga ushbu davlatlarga siyosiy xarakterdagi shartlar qoʻyildi. Bunday keskin va noizchil boj siyosati dunyoda iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqarmoqda. Yaqin oylar ichida savdo boʻyicha diplomatik yondashuv boʻlmasa, bu urush yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bu urushlarning barchasi bir vaqtda yuz berayotgani — har qanday rahbar uchun ogʻir sinov. Tramp esa ushbu murakkab davrga zaif iqtisodiyot, izdan chiqqan ittifoqchilik munosabatlari va siyosiy beqarorlik bilan kirib keldi. Uning jamoasidan yangrayotgan turfa xil bayonotlar boshqaruvda ichki muvofiqlashuv darajasi ideal emasligini koʻrsatadi. AQSh milliy xavfsizlik kengashi aʼzolari tomonidan Signal ijtimoiy tarmogʻida muhim xizmat masalalarini muhokama qilinishi bu sohadagi oʻziga xos betartib holatni koʻrsatmoqda.
Trampning eng katta dushmani — uning oʻzi
Eng xavfli jihati shundaki, bu urushlarning koʻpchiligi, ekspertlar fikricha, Trampning avvalgi notoʻgʻri qarorlaridan kelib chiqqan. Endilikda u bu xatolarning oqibatlari bilan yuzlanmoqda. Tramp bugun global miqyosdagi mojarolarni hal qiluvchi shaxs sifatida tarixda qolishi yoki ularni yanada chuqurlashtirgan siyosatchiga aylanishi mumkin. Tanlov — uning qoʻlida.
Iqtisodiyot
25.04.2025, 15:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy
Jahon
12.05.2025, 13:06

Pekindagi baland binoga kichik samolyot urildi
Jahon
27.06.2026, 10:09

G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaga bosimni kuchaytiradi
Jahon
17.06.2026, 12:26

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml
Jahon
05.06.2026, 16:01

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi
Jahon
05.06.2026, 11:49
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55
So'nggi yangiliklar

“Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushiriladi
Iqtisodiyot
27.06.2026, 14:35

Tramp Yevropa davlatlariga 100 foizlik boj bilan tahdid qilmoqda
Jahon
27.06.2026, 13:25

Talas shahrining 82 yilligiga bag'ishlangan tadbir bekor qilindi
Jahon
27.06.2026, 12:02

Sambo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 10 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
27.06.2026, 11:19

Pekindagi baland binoga kichik samolyot urildi
Jahon
27.06.2026, 10:09

Zilziladan so‘ng Venesuelaga bepul internet taqdim etildi
Jahon
27.06.2026, 09:22

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Apple iPad va MacBook narxlarini keskin oshirdi
Fan-texnologiya
26.06.2026, 16:33

Tolibon hukumati davlat amaldorlariga smartfonlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
26.06.2026, 15:06

Yoshlar nega ta’lim va ishdan uzilyapti — tadqiqot
Fan-texnologiya
26.06.2026, 10:11

Jurnalist va blogerlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
25.06.2026, 18:16

“Hormuzdan ruxsatsiz o‘tganlar xavf ostida qoladi” — Eron
Jahon
25.06.2026, 16:30

Aholisi eng koʻp tuman va shaharlar top 10 taligi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
25.06.2026, 12:23

“Mamlakat uni qahramondek qabul qildi” — Ronalduning Toshkentga tashrifi
Sport
25.06.2026, 11:38

Venesuelada halokatli zilzila bo‘ldi. Qurbonlar 100 mingtaga yetishi mumkin
Jahon
25.06.2026, 09:54

Ebola Yevropada: Fransiyada ilk kasallik holati tasdiqlandi
Jahon
24.06.2026, 17:34

Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi $12 milliardlik kelishuvlarga erishdi
Jahon
24.06.2026, 16:46

“Yadroviy qurol jahon urushiga qarshi yagona kafolatdir” — Kreml
Siyosat
24.06.2026, 15:57

Yangi Namanganda yangi IT-park qurilishi boshlandi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 16:05

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 12:58
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55
