updated: 21.03.2026, 10:00

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqarilishi eʼlon qilindi

UzAuto Motors yoʻlovchi tashishga moʻljallangan Damas Move, Damas Max yuk-yoʻlovchi hamda Cobalt’ning yangi versiyalari ishlab chiqarilishini maʼlum qildi. Yangi Damas oʻlchamlari kattalashadi, yuk koʻtarish qobiliyati va sigʻimi oshadi, haydovchi va yoʻlovchilar qulayligi yaxshilanadi. Cobalt esa avval mavjud boʻlmagan 12 ta yangi opsiya bilan taʼminlanadi.

Ulashish:

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqarilishi eʼlon qilindi

«Gazeta.uz»

UzAuto Motors kompaniyasi Damas va Cobalt’ning yangi versiyalarini ishlab chiqarilishini eʼlon qildi. Unga koʻra, Damas minivenining Damas Move yoʻlovchi versiyasi va Damas Max yuk-yoʻlovchi versiyasi mavjud boʻladi. Cobalt’ning esa Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalari taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, yangi Damas oʻlchamlari kattalashadi, yuk koʻtarish qobiliyati va sigʻimi oshadi, shuningdek, haydovchi hamda yoʻlovchilar qulayligi yaxshilanadi. Yangi model ayni paytdagi joriy Damas versiyasi bilan bir vaqtda ishlab chiqariladi.

«Bu esa xaridorlarga sinovdan oʻtgan klassik model hamda zamonaviy texnologik yangiliklarga ega yangi avlod avtomobili oʻrtasida erkin tanlov qilish imkonini yaratadi», — deyiladi xabarda. 

Cobalt’ning yangilangan versiyasida ilgari mavjud boʻlmagan 12 ta yangi opsiya bilan taʼminlanishi maʼlum qilindi. Modernizatsiya jarayonida avtomobilning dvigateli yangilangan, ABS tizimi takomillashtirilgan, shuningdek, dvigatel va uning tizimlarini boshqaruvchi yangi blok oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, mijozlar uchun Android Auto va Apple CarPlay‘ni qoʻllab-quvvatlaydigan sensorli multimedia tizimi, kruiz-kontrol tizimi, eko-charmdan qilingan oʻrindiqlar, old oʻrindiqlarning isitish funksiyasi, yangi asboblar paneli hamda multimedia va kruiz-kontrolni boshqarish tugmalari bilan jihozlangan rul, shuningdek, intererning yangi dekorativ elementlari kabi bir qancha yangi opsiyalar mavjud boʻladi. Jami 50 dan ortiq asosiy avtomobil komponentlari yangilandi.

«Cobalt modelini rivojlantirishning keyingi bosqichi esa avtomobilning tashqi koʻrinishini (feyslift) oʻzgartirish boʻlib, UzAuto Motors mutaxassislari bu yoʻnalishda ishlarni allaqachon boshlashgan», — deydi kompaniya.

Avtomobillarning narxlari hamda sotuv boshlanishi sanalari boʻyicha batafsil maʼlumot keyinchalik eʼlon qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil may oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida «Xorazm Avto» korxonasida 100 mln dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarishi aytilgandi.

 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi

Anthropic bilan kuchli raqobatga kirishgan OpenAI uzoq kutilgan "super ilova"sini taqdim etdi.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 18:30

«Сунъий интеллект мустақил киберҳужум уюштирди: тарихда илк бор

Sun’iy intellekt mustaqil ravishda kiberhujum uyushtirdi

Sun’iy intellekt tarixda ilk bor kiberhujum uyushtirdi. U inson ishtirokisiz serverga kirib ma’lumotlarni shifrlab tovon ham talab qilgan.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 14:43

Turkiy davlatlar iqtisodiyoti 673,6 milliard dollarga yetdi

Turkiy davlatlar tashkiloti e’lon qilgan "Turk iqtisodiy sharhi" hisobotida iqtisodiy o‘sish, savdo aylanmasi va sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. 

Iqtisodiyot

10.07.2026, 11:34

NATOning Anqara sammiti: Eron va Ukraina bo‘yicha qarorlar

Ukrainaga 70 mlrd yevrolik yordam, Turkiyaga oid sanksiyaning bekor qilinishi, Eron va Grenlandiya masalasi — NATOning Anqara sammitidagi  muhim voqealar tafsiloti.

Jahon

10.07.2026, 10:46

Qozog‘istonda davlat bayrog‘i tushirilgan buyumlar taqiqlandi

Hukumat tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat bayrog‘ini kiyim-kechak, reklama yoki maishiy buyum sifatida ishlatishga ruxsat berilmaydi.  

Jahon

10.07.2026, 10:12

Ukrainada “Patriot” tutib oluvchilari ishlab chiqarishga ruxsat beriladi — Tramp

“Biz sizga “Patriot”larni ishlab chiqarish uchun litsenziya bermoqchimiz. Bu juda zo‘r”, dedi Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvda.

Jahon

09.07.2026, 16:34

Yevropa parlamenti deputatlari FIFA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi

Deputatlar fikricha, turnir davomida qizil kartochka bo‘yicha qoidani o‘zgartirish qarori Trampning Infantino bilan telefon muloqotidan so‘ng qabul qilingan. 

Sport

09.07.2026, 16:07

Tramp Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda

Trampning bu qarori yillar davomida  sanksiyalar ostida qolgan Suriyaning xalqaro maydondagi mavqeyini tubdan o‘zgartirishi  mumkin.

Jahon

09.07.2026, 12:38

“ANORBANK” jarimaga tortildi

Aksiya doirasidagi reklamasida bir nechta muhim ma’lumotlarni yashirib, Reklama qonunchiligini buzgani uchun “Anorbank”ka nisbatan jarima qo‘llanildi.

Oʻzbekiston

09.07.2026, 11:06

Ona qornidagi chaqaloqni “loyihalash” davri boshlanmoqdami?

Kelajakda farzandingizning aqliy salohiyati, bo‘yi yoki hatto ko‘z rangini oldindan tanlash imkoni paydo bo‘lishi mumkin.

Fan-texnologiya

08.07.2026, 16:44

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi

Ruxsatnomani my.gov.uz platformasidagi "Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish" xizmatidan foydalanib  yuklab olish mumkin.

Ta'lim

08.07.2026, 10:57

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi

Mazkur zarba almashishlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv amalda qolayotgan bir paytda yuz berdi.

Jahon

08.07.2026, 10:21

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?

Hindistonda hindi, bengal, telugu, marati, tamil kabi o'nlab til va shevalar amalda qo'llaniladi. Shunga qaramay, kitob bozorida sotilayotgan eng ommabop nashrlarning aksariyati aynan ingliz tilida chop etilgan. Nega?

Madaniy

07.07.2026, 15:48

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi

“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Oʻzbekiston

07.07.2026, 12:44

Vashington shtatining Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi

Bugungi kunda Vashington shtatida 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari va kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan vatandoshlar yashaydi.

Jahon

07.07.2026, 12:18

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi

Sinov tariqasida uchirilgan bu raketa Xitoy qirg‘oqlaridan turib AQSHga yetib bora oladi. 

Jahon

07.07.2026, 11:10

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi

Yangi yo‘nalishlar qatorida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), robototexnika, yashil iqtisodiyot va boshqa sohalar bor.

Ta'lim

07.07.2026, 09:48

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik sayyoh Tailandga qilgan sayohati va u yerda guvoh bo‘lgan ma’naviy inqiroz haqida e’tiborga molik post e’lon qildi.

Madaniy

06.07.2026, 15:30

Z avlodning spirtli ichimlikdan voz kechishi sanoatga qimmatga tushdi

So‘nggi to‘rt yil ichida dunyoning eng yirik alkogol ishlab chiqaruvchilari umumiy hisobda qariyb 830 milliard dollarlik bozor qiymatini yo‘qotdi.

Iqtisodiyot

06.07.2026, 14:55

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi

2025-yil boshida “Nature Medicine” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, odamning miyasida taxminan 7 gramgacha — ya’ni bir martalik plastik qoshiq og‘irligicha mikro- va nanoplastik zarrachalari to‘planib qolgan. 

Madaniy

06.07.2026, 14:45

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →