Dunyoda xavfli virus sabab yangi pandemiya boshlanishi mumkin — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) yaqin orada yangi pandemiya paydo boʻlishi xavfidan ogohlantirdi. Bunga dunyo boʻylab Marburg virusi keng tarqalishi sabab boʻlishi mumkin.
Jahon
03.10.2024, 10:39
Ulashish:

Dunyoda xavfli virus sabab yangi pandemiya boshlanishi mumkin — JSST
Ekspertlar xulosasiga koʻra, ogʻir gemorragik isitmani keltirib chiqaruvchi ushbu infeksiyadan oʻlim darajasi oʻta yuqori — 90 foizga teng. Hozir Afrika qitʼasining Ruanda davlatida mazkur patologiya bilan bogʻliq koʻplab holatlar qayd etilgan. Olimlar xavfli virus endi Yer yuzi boʻylab keng tarqalishidan xavotirda.
Maʼlum bilishicha, Marburg isitmasi odamlarga koʻrshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqaladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Marburg virusi Ebola singari oʻta yuqumli boʻlib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan.
"Kasallik belgilari boshqa tropik isitma patologiyalari bilan oʻxshash. JSST maʼlumotlariga koʻra, alomatlar toʻsatdan boshlanadi va bemor yuqori tana harorati, kuchli bosh ogʻrigʻi hamda bezovtalikdan aziyat chekadi. Mushaklarda ogʻriqlar kuchayib, tez-tez sudirgi yuz beradi. Qolaversa, diareya, koʻngil aynishi va qayt qilish holatlari ham kuzatilishi mumkin", deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
Unda qoʻshimcha qilinishicha, kasallikning beshinchi kunida koʻkrak, orqa va qorin boʻshligʻida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Ogʻir vaziyatlarda esa sakkizinchi-toʻqqizinchi kunga borib oʻlim holati sodir boʻlishi ehtimoli bor.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi yillarda Marburg virusi Gana va Ekvatorial Gvineya mamlakatlarida ham roʻyxatga olingan.
Jahon
03.10.2024, 10:39
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
Jahon
04.05.2026, 15:06

AQSh JSSTdan rasman chiqdi
Jahon
23.01.2026, 18:10

JSST ogohlantirgan yoʻtal siroplari Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilmagan
Oʻzbekiston
16.10.2025, 18:06

Diqqat: Qizamiq avj olmoqda!
Fan-texnologiya
18.03.2025, 11:17

3 mart — Xalqaro eshitish salomatligini himoya qilish kuni: 2050 yilga borib 2,5 mlrd odam eshitish qobiliyatini yo‘qotadi
Fan-texnologiya
04.03.2025, 10:48

Qanday oziq-ovqat mahsulotlari inson salomatligi uchun xavfli?
Fan-texnologiya
21.10.2024, 12:18
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38
So'nggi yangiliklar

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi
Oʻzbekiston
04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
Jahon
04.05.2026, 15:06

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar
Oʻzbekiston
02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38
