Sifatsiz oziq-ovqat tufayli yiliga 1,5 million odam vafot etmoqda – JSST
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantirishicha, har yili dunyo bo‘ylab 860 milliondan ortiq odam nosog‘lom oziq-ovqat tufayli kasallanib, 1,5 million kishi nobud bo'lmoqda.
Jahon
08.06.2026, 11:11
Ulashish:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 7-iyun – Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni arafasida e’lon qilgan yangi hisobotida dunyo bo‘ylab millionlab odamlar zararlangan yoki noto‘g‘ri tayyorlangan oziq-ovqat tufayli sog‘liq muammolariga uchrayotganini ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, 2021-yilda oziq-ovqatdan yuqadigan kasalliklar tufayli yo‘qotilgan mehnat unumdorligi taxminan 310 milliard dollarni tashkil etgan.
Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, quyidagilarni ta’minlash orqali kasalliklar va o‘lim holatlarining oldini olish mumkin:
- suv ta’minoti;
- sanitariya va gigiyenani yaxshilash;
- oziq-ovqat xavfsizligi amaliyotlarini joriy qilish;
- aholining zaif qatlamlari uchun tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini yaratish
Shuningdek JSST ogohlantirishicha, iqlim o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Ekstremal ob-havo hodisalari, havo va suv haroratining ko‘tarilishi hamda yog‘ingarchilik taqsimotidagi o‘zgarishlar mavjud va paydo bo‘layotgan oziq-ovqat kasalliklari xavfini yanada kuchaytiradi.
Eng zaif qatlam – bolalar
Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar kattalarga qaraganda uch baravar ko‘proq aziyat chekishadi. Xavfli oziq-ovqat bilan bog‘liq sog‘liq muammolarining 29 foizi va birgina 2021-yilda qayd etilgan 143 ming o‘lim holati aynan ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Dunyo aholisining atigi 9 foizini tashkil etsa-da, yosh bolalar oziq-ovqat orqali yuqadigan barcha kasalliklarning, xususan, diareyaning deyarli uchdan bir qismidan zarar ko‘radi. Bu esa mazkur zaif yosh guruhi uchun o‘limga olib kelishi mumkin”, — deyiladi JSST bayonotida.
Shuningdek, yosh bolalar oziq-ovqat orqali kimyoviy moddalar ta’siriga moyilroq bo‘lib, bu miya rivojlanishiga putur yetkazishi va umrbod nevrologik nuqsonlar hamda rivojlanishdan ortda qolishga sabab bo‘lishi mumkin.
Hisobotda oziq-ovqat tizimlaridagi chuqur tengsizliklar ham qayd etilgan. Kam resursli, ayniqsa, daromadi past va o‘rta darajadagi mamlakatlarda yashovchilar sog‘liq bilan bog‘liq eng katta yukni o‘z zimmalariga oladi.
Dunyo bo‘yicha oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklarning deyarli to‘rtdan uch qismi va o‘lim holatlarining 60 foizi Afrika hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid yangiliklar

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Nepal BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildi
Jahon
11.09.2026, 12:00

Yordamlar qisqargani sabab Afğonistonda bolalar ölimi köpaymoqda — BMT
Jahon
05.08.2026, 14:08

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda
Jahon
17.07.2026, 09:44
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
