Finlandiya yadroviy chiqindilarni 100 ming yil saqlovchi ombor qurmoqda
Finlyandiyada 433 metr chuqurlikda joylashgan va dunyodagi ilk radioaktiv ishlatilgan yadro yoqilg‘ilarini saqlash ombori tez orada faoliyat boshlaydi.
Jahon
03.06.2026, 10:06
Ulashish:

Finlandiyaning janubi-g‘arbida, 1,9 milliard yillik mustahkam tosh poydevor qoyasi ichiga qurilgan “Onkalo” majmuasi fin tilidan tarjima qilganda “g‘or” ma’nosini anglatadi.
Ushbu inshoot atom elektr stansiyalari qurila boshlangan 1950-yillardan beri dunyoning eng katta ekologik muammolaridan biriga aylangan yadroviy chiqindilarni doimiy saqlash bo‘yicha dunyodagi ilk yerosti yechimiga aylanishi kutilmoqda.
Shvetsiya va Fransiya kabi qo‘shni davlatlarda ham shunga o‘xshash inshootlar qurilayotgan bo‘lsa-da, Finlandiya ushbu texnologiyani birinchi bo‘lib ishga tushiradigan mamlakat bo‘ladi.
Zavodda joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida ish boshlanishi mumkin. Dastlab, yaqin atrofdagi Olkiluoto atom elektr stansiyasining vaqtinchalik saqlash maydonidagi suv havzalarida sovitilgan chiqindilar bu yerga keltiriladi.
6500 tonna uran sig‘imiga ega Onkalo Finlandiyadagi beshta yadro reaktoridan chiqqan ishlatilgan yoqilg‘ini doimiy saqlaydi. Yadroviy chiqindilarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi “Posiva” kompaniyasi tomonidan 2004-yilda qurilishi boshlangan loyiha qiymati 1 milliard yevroga (taxminan 1,16 milliard dollar) yetgani aytilmoqda.
Chiqindilar 100 ming yilga ko‘miladi
Foydalanilgan yadro yoqilg‘isini 100 yil davomida Onkaloning ulkan tunnellar tarmog‘iga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Yangi yadroviy reaktorlar qurilgan taqdirda bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Saqlash jarayoni yakunlangach, kamida 100 ming yil davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun inshoot to‘liq betonlab yopiladi.
“Posiva”da faoliyat yurituvchi kimyogar Lauri Parviaynenning ta’kidlashicha, chiqindilar o‘n minglab yillar davomida yuqori darajada radioaktiv bo‘lib qoladi, ammo 100 ming yildan so‘ng yoqilg‘i ishlab chiqarishda ishlatilgan uran rudasi bilan bir xil radiatsiya darajasiga qaytadi.
Uzoq muddatli xavflar va jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlovi
Onkalo loyihasining 1 million yillik xavf-xatarlari o‘rganib chiqilgan bo‘lib, dastlabki 10 ming yilda kapsulalarning shikastlanmasligi o‘ta muhim hisoblanadi.
Eng katta uzoq muddatli xavf — mis kapsulalarning zanglashi yoki kelgusi muzlik davridagi zilzilalar tufayli radioaktiv moddalarning sizib chiqishidir. Biroq hozirgacha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ijobiy baholangan.
Fransiyada yer osti yadro ombori loyihalariga qarshi keskin noroziliklar bo‘layotgan bir paytda, Finlandiyada Onkalo xalq tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Shunga qaramay, Finlandiya tabiatni muhofaza qilish jamiyati loyihani tanqid qilishda davom etmoqda. Jamiyat direktori Tapani Veistolaning fikricha, yadro chiqindilari uzoq muddatli xavf tug‘diradi va Onkaloning minglab yillar davomida mutlaq xatarsiz qolishiga hech kim kafolat berolmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar

Qozog‘istonda harorat global o‘rtachadan ikki baravar tez oshmoqda
Jahon
30.09.2026, 11:16

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Singapurda o'rmonlarni uy-joy qurilishi uchun kesish rejasi norozliklarga sabab bo'ldi
Jahon
28.08.2026, 15:38

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi
Madaniy
06.07.2026, 14:45

1-avgustdan kamyob hayvonlarni ovlash taqiqlanadi
Oʻzbekiston
01.07.2026, 15:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
