Singapurda o'rmonlarni uy-joy qurilishi uchun kesish rejasi norozliklarga sabab bo'ldi
Singapurda Maju va Gillman o'rmonlarini turar joy qurilishi uchun o'zlashtirish rejasi jamoatchilikning kam uchraydigan ochiq noroziligiga sabab bo'ldi. Petitsiyalarga 60 mingdan ortiq kishi imzo qo'ygan.
Jahon
28.08.2026, 15:38
Ulashish:

Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Norozliklar mamlakatdagi yerdan foydalanish, uy-joyga bo'lgan ehtiyoj va tabiatni muhofaza qilish masalalari atrofida keng muhokamaga sabab bo'lgan.
Maju o'rmonining katta qismi o'zlashtiriladi
Singapur Uy-joy va taraqqiyot kengashi Maju o'rmonining 23 gektar maydonidan taxminan 15 gektarini tozalab, Sunset Way hududida uy-joylar qurish rejasini e'lon qilgan. Shuningdek, shaharning janubida joylashgan Gillman o'rmonining kamida 10 gektarini o'zlashtirish rejalashtirilgan.
Bu qaror tabiatni muhofaza qilish tarafdorlari va mahalliy aholi orasida norozliklarga sabab bo'ldi. Faollar o'rmonlarning yo'q qilinishi hayvonot va o'simlik dunyosiga jiddiy zarar yetkazishidan xavotirda.
60 mingdan ortiq kishi petitsiyalarni qo'llab-quvvatladi
Mazkur rejalarga qarshi petitsiyalarga 60 mingdan ortiq kishi imzo qo'ygan. 16-avgust kuni esa Singapurdagi Speakers' Corner maydonida o'rmonlarni saqlab qolishni talab qilgan miting bo'lib o'tdi, unda 2 mingdan ortiq kishi qatnashdi.

Singapurda Speakers' Corner fuqarolar ruxsatnomasiz ochiq yig'ilish va chiqishlar o'tkazishi mumkin bo'lgan yagona joy hisoblanadi. Faollarning ta'kidlashicha, bu norozliklar mamlakatda shaharsozlik va davlat rejalariga nisbatan jamoatchilikning ochiq munosabati kuchayib borayotganini ko'rsatadi.

O'rmonlarda noyob hayvonlar yashaydi
Rasmiy ekologik baholashlarga ko'ra, Gillman o'rmonida 178 turdagi hayvon, Maju o'rmonida esa 113 tur mavjud. Ular orasida yo'qolib ketish xavfi yuqori bo'lgan somonbosh bulbul va Sunda pangolini kabi hayvonlar ham bor.
Mutaxassislar Singapurda aholi va infratuzilma uchun yerga bo'lgan talab yuqori ekanini tan olgan holda, tabiiy hududlarni saqlab qolish ham muhimligini ta'kidlamoqda.
Hukumat qo'shimcha yashil hududlarni saqlab qolishga va'da berdi

Singapur hukumati uy-joyga bo'lgan talab yuqoriligi sababli mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish zarurligini bildirgan. Mamlakat Milliy taraqqiyot vaziri o'rinbosari Elvin Tanning ta'kidlashicha, Singapurning yer maydoni cheklangan va aholi uchun uy-joy qurishda tanlov imkoniyatlari katta davlatlarga qaraganda kamroq.
Shu bilan birga, hukumat norozliklardan so'ng dastlabki rejaga nisbatan ko'proq yashil hududni saqlab qolishini ma'lum qildi. Bu esa o'rmonlarda quriladigan uy-joylar soni qisqarishi mumkinligini anglatadi.
Biroq tabiatni muhofaza qilish tarafdorlari uy-joy qurilishi va yashil hududlarni asrashni bir-biriga qarama-qarshi qo'yish noto'g'ri ekanini ta'kidlamoqda. Singapurda aholi soni 2025-yilda rekord darajaga — 6,11 million kishiga yetgan, hukumat esa mamlakatda uy-joyga bo'lgan talabni qondirish bilan birga, "tabiat ichidagi shahar" kontseptsiyasini ham saqlab qolishga intilayotganini bildirgan.
Jahon
28.08.2026, 15:38
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi
Jahon
13.10.2026, 11:48

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Qozog‘istonda harorat global o‘rtachadan ikki baravar tez oshmoqda
Jahon
30.09.2026, 11:16

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi
Madaniy
06.07.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
