updated: 22.03.2026, 17:41

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar

Yuzlab bolalar va ayollarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlikda ayblangan marhum milliarder Jeffri Epshteyn soʻnggi kunlarda yana jahon axborot makoni markazida turibdi.

Jahon

03.02.2026, 16:44

Ulashish:

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar

Bunga AQSh Adliya vazirligi tomonidan “Epshteyn fayllari”ning ommaga oshkor qilinishi sabab boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, 2 fevral kuni jami 3,5 milliondan ortiq hujjat eʼlon qilingan. Ular orasida 3 milliondan ziyod yangi hujjat, 2 mingta videoyozuv va taxminan 180 mingta tasvir materiallari mavjud.

 

Epshteyn kim boʻlgan?

Jeffri Epshteyn 1953 yil AQShda tugʻilgan. U faoliyatini maktabda oʻqituvchi sifatida boshlagan, biroq diplomsiz ishlagani sabab qisqa vaqt ichida ishdan boʻshatilgan. Keyinchalik u “Bear Stearns” investitsiya kompaniyasida turli lavozimlarda ishlab, moliya sohasida tajriba orttirgan.

Tergov materiallariga koʻra, Epshteyn 1000 dan ortiq voyaga yetmagan qizlar va yosh ayollarni turli usullar bilan oʻz taʼsiri ostiga olgan. Ular Epshteyn va u bilan yaqin aloqada boʻlgan ayrim nufuzli shaxslar tomonidan jinsiy ekspluatatsiya va zoʻravonlikka uchragani aytilmoqda.

 

Ilk ayblovlar va yengil jazo

2005 yilda Florida shtati Palm-Bich shahrida bir ota-ona politsiyaga murojaat qilib, Epshteyn 14 yoshli qizni jinsiy zoʻravonlikka uchratganini maʼlum qiladi. Shundan soʻng boshlangan tergov davomida kamida 36 nafar voyaga yetmagan qiz jabr koʻrgani aniqlangan. Ayrim qurbonlar 14 yoshda boʻlgan.

2008 yilda Epshteyn sudda aybini tan olgan. Biroq AQSh Adliya vazirligining oʻsha paytdagi yuqori lavozimli amaldori Aleksandr Akosta bilan tuzilgan kelishuv sabab u atigi 13 oy qamoq jazosini oʻtagan va muddatidan oldin ozodlikka chiqqan. Bu holat jamoatchilikda katta eʼtirozlarga sabab boʻlgan.

 

Qayta hibs va bahsli oʻlim

2019 yil 6 iyul kuni Epshteyn Florida va Nyu-York shtatlarida voyaga yetmaganlarni jinsiy savdoga majburlash boʻyicha federal ayblovlar bilan yana hibsga olinadi. Shu yilning 10 avgust kuni esa u qamoqxonadagi kamerasida vafot etadi.

Nyu-York shahri bosh sud-tibbiy eksperti Barbara Sampson Epshteyn osish orqali oʻz joniga qasd qilganini maʼlum qildi. Biroq ushbu holat jamoatchilikda keskin bahslarga sabab boʻldi. Qayd etilishicha, Epshteyn vafot etgan paytda ikki qoʻriqchi uxlab qolgan, kameralarda esa texnik nosozlik boʻlgan. Sud-tibbiy patolog Maykl Baden rasmiy xulosaga eʼtiroz bildirgan.

Epshteyn vafoti sababli 2019 yil 29 avgust kuni sud uning barcha jinoiy ayblovlarini bekor qildi.

 

Epshteyn kimlar bilan aloqada boʻlgan?

Reuters nashri oshkor etilgan hujjatlarga tayanib, Epsteyn bilan aloqada boʻlgan ayrim mashhur shaxslar nomini eʼlon qildi.

Donald Tramp
1990–2000 yillar oraligʻida Epshteyn bilan muloqotda boʻlgan. Hujjatlarda Tramp ishtirok etgan suratlar va yozma materiallar tilga olinadi. Tramp esa Epshteyn jinoyatlaridan bexabar boʻlganini va u bilan aloqalarini barvaqt uzganini bildirgan.

Bill Klinton
AQShning sobiq prezidenti lavozimdan ketganidan keyin Epshteyn bilan muloqot qilgani, uning samolyotida bir necha bor uchgani aytilmoqda. Klinton barcha ayblovlarni rad etgan.

Ilon Mask
Hujjatlarda Mask va Epshteyn oʻrtasida ayrim yozishmalar mavjud. Mask Epshteyn bilan kam muloqotda boʻlganini va uning oroliga borish takliflarini rad etganini aytgan.

Bill Geyts
Hujjatlarga koʻra, Epshteyn qamoqdan chiqqanidan keyin Geyts bilan bir necha marta xayriya masalalari yuzasidan uchrashuvlar boʻlgan. Geyts bu aloqa xato boʻlganini tan olgan.

Shuningdek, hujjatlarda Melaniya Tramp, Piter Mandelson, Larri Sammers kabi boshqa taniqli shaxslar nomi ham uchraydi.

“Epshteyn fayllari”ning oshkor etilishi jahon elitasi, jinoyat va javobgarlik masalalari atrofidagi bahslarni yanada kuchaytirdi. Hozircha koʻplab savollar ochiq qolmoqda, tergovga oid yangi maʼlumotlar esa jamoatchilik diqqat markazida turibdi.

Jahon

03.02.2026, 16:44

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Gateway cherkovi asoschisi 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini tan oldi

Texas shtatidagi Gateway yirik cherkovining asoschisi va sobiq bosh pastori Robert Morris 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini sudda tan oldi. Robert Morrisga Oseydj okrugi prokuraturasi tomonidan bolaga nisbatan besh epizod boʻyicha axloqqa zid harakatlar sodir etganlik ayblovi qoʻyildi. Tergovga koʻra, zoʻravonlik 1982 yil dekabrida boshlangan — oʻshanda jabrlanuvchi 12 yoshda, Morris esa taxminan 21 yoshda boʻlgan.

Jahon

26.11.2025, 12:22

Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrif bilan yetib bordi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 4 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi. Tashrif dasturi doirasida Mirziyoyev AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi.

Siyosat

05.11.2025, 08:44

Toshkent viloyatida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zoʻrlamoqchi boʻldi

Toshkent viloyatida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zoʻrlamoqchi boʻldi

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizga nisbatan zoʻravonlik qildi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov oʻzining Telegram'dagi sahifasida maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

03.10.2024, 16:31

AQSh chegarasini qancha oʻzbekistonlik noqonuniy bosib oʻtganligi maʼlum boʻldi

AQSh chegarasini qancha oʻzbekistonlik noqonuniy bosib oʻtganligi maʼlum boʻldi

2023 yilning 1 oktabridan bugungi kunga qadar AQShning janubiy chegarasini 57 ming 200 nafar noqonuniy migrant kesib oʻtgan. Ularning 2900 nafarini Oʻzbekiston fuqarolari tashkil etadi.

Oʻzbekiston

30.05.2024, 10:31

AQSh-Meksika chegarasi

DXX fuqarolarni AQShga noqonuniy yuborish bilan shugʻillanayotgan shaxslarni qoʻlga olmoqda

AQShga noqonuniy yoʻllar bilan yuborishni vaʼda qilganlar ushlandi. Bu haqida UzA xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston

05.04.2024, 12:52

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi

Nega?

Oʻzbekiston

21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda

Mintaqa kuzatuvlar tarixidagi eng katta yöqotishlar qayd etilgan dunyoning uçta hududi qatoriga kirgan.

Oʻzbekiston

21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari bo‘lgan.

Ta'lim

19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi

Olimlar ushbu loyiha doirasida shoʻrxok suvlardan foydalanish boʻyicha maxsus sinov stansiyasini tashkil etishdi.

Jahon

19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda

Urushga qarshi nomzodlar saylovdan chetlatilmoqda, ayrimlari qamoqqa olingan. 

Jahon

19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan "Vraç doimo haq" e'loni yuzasidan Surxondaryo viloyati soğliqni saqlash boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan

Rossiyada iPhone 18 Pro Max foydalanuvçilari smartfonning ayrim funksiyalaridan töliq foydalana olmaydi. Asosiy çeklovlar Apple Intelligence tizimi va rus tili qöllab-quvvatlanmasligi bilan boğliq.

Iqtisodiyot

18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan

2025-yilda ekologiya himoyachilariga qarshi zo'ravonlik yana kuchaygan, qotilliklarning asosiy qismi Lotin Amerikasida sodir bo'lgan.

Jahon

18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi

26 sentyabr kuni Andijon şahrida ilk bor «Yashil uyim» ekologik festivali bölib ötadi. Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida tashkil etilayotgan tadbirda ekologik turmuş tarzi, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş hamda zamonaviy ilmiy-ekologik yeçimlar haqida oçiq muloqotlar va amaliy maşğulotlar ötkaziladi.

Oʻzbekiston

17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda

“NAZA” hujjatli filmi atrofidagi keskin bahslar fonida Binyamin Netanyahu askarlarni tanqid qilgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish loyihasini taklif qilmoqda.

Jahon

17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi tamaki mahsulotlari iste'molini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli qonun loyihasi ustida ishlamoqda. 

Jahon

16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes

Forbes hisob-kitobiga köra, Donald Trampning boyligi 2024 yilgi prezidentlik saylovidagi ğalabasidan keyin $2,7 mlrdga oşgan.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?

Jahon hamjamiyatining sun'iy intellekt (SI) tahdidlari borasidagi xavotirlari mutlaqo asosli. Bu haqda OpenAI kompaniyasi bosh direktori Sem Altman bayonot berdi.

Fan-texnologiya

16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukraina tomoni Nikopol shahrida yo‘lovchi avtobusi nishonga olinganini bildirdi, Rossiya esa hodisaga izoh bermadi.

Jahon

16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi

Ayrim tibbiyot xodimlarining bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoşiga har oy qöşimça ustamalar belgilandi.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?

"Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf" klublari 2026/2027 yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Sport

16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov

Jurnalist va diplomat Beruniy Alimov bilan uning faoliyati,  Yelizaveta II bilan uchrashuvi va Islom Karimov bilan ishlagan yillari haqida suhbatlashdik. 

Madaniy

16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari

Xitoy o‘zi uchun yaratgan yangi xaritada qo‘shni davlatlarning bir qismi, butun Tayvan, hatto Rossiyaga tegishli hududni ham o‘ziniki sifatida tasvirlagan. Bu oddiy xaritami yoki Pekinning kelajakdagi strategik maqsadi?

Jahon

15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi

Miloddan avvalgi III asr va milodiy III asrlar oralig‘iga oid Odirmon yodgorligidan topilgan altar (mehrob) va noyob ostodon diniy marosimlarda foydalanilgani aytilmoqda.

Madaniy

15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi

Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan yuk, shuningdek, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan.

Oʻzbekiston

15.09.2026, 11:46

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →