Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Dunyodagi eng qimmat kompaniyani boşqargan Jensen Xuang Nvidia’dagi faoliyatini yakunladi. Uning ketişi ortidan Nvidia rahbariyati, kelajagi va SI bozorida yangi savollar paydo böldi.
Jahon
14.11.2026, 13:19
Ulashish:

Foto: Reuters
Bir paytlar dunyodagi eng qimmat kompaniyani boşqargan va sun’iy intellekt inqilobining markazida turgan inson tanazzulga yuz tutdi.
Jensen Xuang özi bundan 33 yil asos solgan Nvidia kompaniyasini tark etdi.
Nvidia – sun’iy intellekt taraqqiyotiga asos bölayotgan çiplarni işlab çiqaruvçi gigant kompaniya.
Jensen Xuang 1963 yilda Tayvanda tuğilgan va bolaligida AQŞga köçib kelgan. Kentukki ştatida boşlanğiç maktab ta’limini olgan.
Oregon ştati universitetida elektrotexnika yönalişida tahsil olib yurgan kezlarida bölajak rafiqasi Lori bilan tanişadi.
Jensen Xuang va Lori Mills 1985 yilda turmuş qurişgan. Ularning ikki nafar farzandi bor.
Bir neçta texnologiya kompaniyalaridagi faoliyatidan söng, Xuang 1993 yilda ikki hamkori bilan Kaliforniyadagi Denny’s restoranida Nvidia kompaniyasiga asos soldi.
Ular dastlab kompyuterlar uçun grafik çiplar işlab çiqarişgan. Bu esa hali sun’iy intellekt nima ekanligini bilişlaridan oldinroq unga zamin yaratgan edi.
Hozirda kompaniya çiplari tibbiy tasvirlaş uskunalaridan tortib Nintendo Switch konsollarigaça, noutbuklardan tortib avtomobillargaça bölgan köplab mahsulotlarda qöllanilmoqda. Nvidia mahsulotlari Anthropic va OpenAI kabi kompaniyalar uçun nihoyatda ahamiyatli.
«Ehtimol, biz dunyodagi har bir sun’iy intellekt kompaniyasi bilan işlaydigan yagona sun’iy intellekt kompaniyasimiz», – degan edi Xuang Bloomberg telekanaliga bergan intervyusida.
Şu tariqa Xuang egnidan tuşmaydigan çarm kurtkalari bilan tez maşhur bölib ketdi. U nafaqat qiymati 5 trillion dollarga yetgan birinçi kompaniyaning boş direktori, balki butun sun’iy intellekt sanoatining ambassadoriga aylandi.
U qirol Çarlzdan tortib, prezident Donald Tramp va Si Szinpingaça bölgan dunyo yetakçilari bilan uçraşdi. Bundan ikki oyça oldin esa Tramp va Si Szinpin bilan davlat ziyofatida bir davrada ötirgan edi.
Xuang öz lavozimi zimmasiga yuklaydigan mas’uliyat haqida şunday degan:
«Axir, siz kompaniyaning boş direktorisiz! Talablaringiz va umidlaringiz yuqori bölişi kerak»
Ammo oktyabr oyi oxirlariga kelib hammasi izdan çiqa boşladi.
2026 yil 29 oktyabr kuni The New York Times uning Xitoy josusi bölişi mumkin deb gumon qilingan Elis Xuang (ular familiyadoş) bilan munosabati haqida suriştiruv materialini e’lon qildi.
9 noyabr kuni Nvidia direktorlar kengaşi Jensen Xuangning Xitoy josuslik operatsiyasi nişoniga aylangan-aylanmaganini tekşiriş uçun mustaqil suriştiruv boşladi. Mojaro ortidan kompaniya aktsiyalari 4,3 foizga arzonlaşdi.
Keyingi kunlarda esa vaziyat yanada çigallaşib, Xuangning şaxsiy hayoti va Xitoyga çip yetkazib beriş bilan boğliq aloqalar ham tekşiruv markaziga aylandi. Financial Times naşri xabariga köra, Xuang Nvidia’dan ilğor çiplar xarid qilayotgan Singapurda joylaşgan Megaspeed kompaniyasi rahbarlaridan biri Elis Xuang bilan haqiqatan işqiy munosabatda bölgan. Jensen rafiqasidan xiyonati uçun uzr ham söradi.
NBC News telekanali esa AQŞ razvedka idoralari tomonidan Elis Xuangning Xitoy josusi ekani aniqlaganini ma’lum qildi. Bu esa Jensen Xuang, uning kompaniyasi va milliy xavfsizlik yuzasidan jiddiy savollarni örtaga taşladi.
Keyinroq, 11 noyabrda The New York Times gazetasi Xuangning boşqa bir ayol — Nvidia soğliqni saqlaş yönalişi böyiça vitse-prezidenti Kimberli Pauell bilan ham işdan va nikohdan taşqari aloqasi bölgani haqida xabar tarqatdi. Xuang mazkur xabarga hali munosabat bildirgani yöq.
Natijada 11 noyabr kuni keçasi Nvidia direktorlar kengaşi yiğiliş ötkazdi. Ertasi kuni esa kompaniya Xuangning iste’foga çiqqanini e’lon qildi. Şundan söng kompaniya aktsiyalari 11 foizdan köproqqa quladi.
Endi kim rahbar böladi?
Xuangning iste’fosi kompaniyani şu paytgaça heç duç kelmagan bir savol qarşisida qoldirdi: Nvidia usiz qanday böladi?
Hozirça boş moliya direktori Kolett Kress vaqtinçalik boş direktor vazifasini bajarmoqda, şu bilan birga u öz lavozimini ham saqlab qolgan.
Synopsys çiplarni loyihalaş dasturiy ta’minoti kompaniyasining sobiq boş direktori Xarvi K. Jons esa boşqaruv kengaşining ilk raisi böldi.
Kolett Kress «Cisco» va «Microsoft» kabi kompaniyalardagi 25 yillik faoliyatidan söng, 2013 yilda Nvidia jamoasiga qöşilgan. U köpinça boş direktorlikka asosiy içki nomzod sifatida körsatiladi. Biroq kompaniyada tasdiqlangan vorislik rejasi mavjud emas, Xuang ham öz örnini kim egallaşini ma’lum qilişdan doim qoçib kelgan.
«Uning örnini egallaşga tayyorlab kelingan aniq bir voris yöq», — dedi Bayden ma’muriyati davrida Oq uyda sun’iy intellekt böyiça boş maslahatçi bölib işlagan Karmem Dominges.
The Information naşri tahlilçisi Martin Pirsning ta’kidlaşiça, kompaniya içida «yaqqol közga taşlanadigan nomzodlar yöq». U taşqaridan jalb etilişi mumkin bölgan ikki nomzod nomini keltirdi: Xuangning qarindoşi bölmiş AMD boş direktori Liza Su hamda Britaniyaning çiplar loyihalaş bilan şuğullanuvçi Arm kompaniyasi boş ijroçi direktori Rene Xaas.
Boşqa bir tahlilçi esa Intel rahbari Lip-Bu Tan nomzodini ilgari surgan.
Xuangning farzandlari — Medison va Spenser ham kompaniyada rahbarlik lavozimlarida işlaydi. Biroq Domingesning sözlariga köra, ularning jilovni öz qöliga olişga qançalik tayyor ekani noma’lum.
Investorlar Nvidia aktsiyalarining yuqori baholanişiga kompaniya texnologiyalari bilan birga Jensen Xuangning rahbarlik salohiyati va qaraşlari ham muhim rol öynaganini ta’kidlaşmoqda. Şuning uçun, yangi rahbariyat Nvidia’ning rivojlaniş sur’atini sekinlaştirişi mumkin. Bu esa öz-özidan çip buyurtmalarining katta qismini boşqa işlab çiqaruvçilarga, jumladan AMD, Broadcom, Alphabet va Samsung tomon yönaltiradi.
Jahon
14.11.2026, 13:19
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

AI insoniyatni 2030-yilgacha yo‘q qilishi mumkinmi?
Fan-texnologiya
10.09.2026, 10:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
So'nggi yangiliklar

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
