Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Nvidia direktorlar kengaşi kompaniya asosçisi Jensen Xuangni boş direktor lavozimiga qayta tayinladi. AQŞ prezidenti Donald Trampning uni lavozimga qaytariş haqidagi çaqiriqlaridan keyin qabul qilingan qaror kompaniya aktsiyalari keskin qimmatlaşişiga sabab böldi.
Jahon
24.11.2026, 12:53
Ulashish:

Nvidia direktorlar kengaşi 23 noyabr kuni bir ovozdan Jensen Xuangni kompaniya prezidenti va boş ijroçi direktori lavozimiga qayta tayinladi. Qaror Xuang iste’foga çiqqanidan 11 kun ötib qabul qilindi. U kompaniyaga darhol rahbarlikni qayta boşladi.
Xuang avvalroq şaxsiy hayotiga oid mojarolar, jumladan nikohdan taşqari munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan lavozimini tark etgan edi. Ommaviy axborot vositalarida uning Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan Alice Huang ismli ayol bilan munosabatlari bölgani haqida ham xabarlar tarqalgan. Biroq ayolning josuslik faoliyatiga aloqadorligi hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Xuang 8 noyabr kuni şaxsiy hayotidagi xatolarini tan olib, uzr söragan. 12 noyabrda esa boş direktor lavozimidan ketgan. Uning vazifasini vaqtinça kompaniyaning moliya direktori Colette Kress bajargan.
Dastlab Nvidia direktorlar kengaşi Xuangni qayta tayinlaş niyati yöqligini bildirgan. Biroq keyinçalik AQŞ prezidenti Donald Tramp uning kompaniyaga qaytişini oçiq qöllab-quvvatladi. 23 noyabr kuni direktorlar kengaşi qarorini özgartirib, Xuangni rahbarlikka qaytardi.
Xuang kompaniyaga qaytganidan mamnun ekanini bildirib, sun’iy intellekt sanoatidagi muhim kompaniyalardan biriga yana rahbarlik qiliş şaraf ekanini aytdi.
Qaror fond bozoriga qanday ta’sir qildi?
Xuangning qaytişi haqidagi xabar Nvidia aktsiyalari narxining keskin kötarilişiga olib keldi. 23 noyabr kuni kompaniya aktsiyalari savdolar yakunida 31 foizdan ortiq qimmatlaşdi. Natijada Nvidia bozor qiymatiga qariyb 950 milliard dollar qöşildi.
Bu ösiş boşqa texnologik kompaniyalar aktsiyalariga ham ijobiy ta’sir körsatdi. Nasdaq 100 indeksi qariyb 7 foizga kötarildi. Nvidia bilan hamkorlik qiluvçi Osiyo kompaniyalari, jumladan TSMC va Foxconn aktsiyalari ham kunlik ruxsat etilgan eng yuqori – 10 foizlik çegaragaça oşdi.
Tahlilçilar Xuangning qaytişini investorlar uçun noaniqlikning kamayişi sifatida baholamoqda. U Nvidia kompaniyasining sun’iy intellekt uçun möljallangan ilğor çiplar bozoridagi yetakçiligini şakllantirgan asosiy şaxslardan biri hisoblanadi.
Şu bilan birga, qarorning siyosiy va korporativ boşqaruvga oid jihatlari ham muhokama qilinmoqda. Ayrim ekspertlar Trampning jarayonga aralaşuvi kompaniya direktorlar kengaşining mustaqilligi hamda milliy xavfsizlik masalalari yuzasidan savollar tuğdirişini ta’kidlamoqda.
Nvidia Xuangning qaytişi milliy xavfsizlikka tahdid tuğdirmasligi haqida AQŞ hukumatining yuqori lavozimli vakillaridan fikr olganini bildirgan. Biroq kompaniya bilan boğliq tekşiruvlar davom etmoqda. Xuang 1 dekabr kuni AQŞ Kongressida savollarga javob berişi kutilmoqda.
Jahon
24.11.2026, 12:53
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
So'nggi yangiliklar

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
