Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.
Jahon
12.11.2026, 10:18
Ulashish:

Foto: Canadian Global Affairs Institute
Qozoğistonga aloqador xakerlar guruhi sun’iy intellektdan foydalangan holda Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ziyod hujjatni öğirlagan.
Singapurda joylaşgan CloudSek kompaniyasi kiberjosuslarni foş qilgan hisobotni e’lon qildi. Kompaniya ularni Hermes deb nomlangan, sun’iy intellekt agentlarini mustaqil işlatişga möljallangan oçiq kodli tizim yordamida kuzatgan. Kiberjosuslar esa özlari bilmagan holda serverlaridan birini internet orqali hammaga oçiq qoldirib, qölga tuşgan.
CloudSek kompaniyasining ma’lum qilişiça, mazkur topilma josuslikka ixtisoslaşgan ança tajribali xakerlar ham öz kiberhujumlarini sun’iy intellektga yuklayotganini körsatgan.
“Xakerlik buyruqlarini qölda kiritiş örniga, Hermes’ga nima qiliş kerakligini aytgan, Hermes esa hujumlarni rejalaştirgan, qoidalarni yozgan, ularni işga tuşirgan, qaydlar olib borgan va hisobotlar tayyorlagan”, — dedi CloudSek Reuters agentligiga.
Qozoğiston va Tojikiston hukumati rasmiylari berilgan izoh sörovlariga hozirça javob qaytarmadi.
CloudSekning bildirişiça, tiklangan ma’lumotlar xakerlar avgust oyi örtalaridan boşlab Hermes’dan razvedka maqsadida foydalangani va oradan bir neça hafta ötib Tojikistonning elektron hujjat aylaniş tizimiga buzib kirganini körsatgan.
Ta’kidlanişiça, sun’iy intellekt agenti fayllarni yuklab oliş, tartibga soliş va ularni kiçik qismlarga ajratiş uçun maxsus dastur yozgan. Bu ma’lumotlarni öğirlaşni osonlaştirgan.
Xakerlar boşqa tadqiqotçilar tomonidan Qozoğiston bilan aloqador deb hisoblangan “Silent Lynx” nomli xakerlar guruhiga mansub bölgan.
Şuningdek, CloudSek uşbu xakerlar rus tilida muloqot qilgani, Qozoğiston iş vaqti böyiça faoliyat yuritgani hamda himoyalanmagan serverga köpinça Qozoğistondagi internet provayderi orqali kirganini körsatuvçi dalillar topganini bildirdi.
Tojikiston hukumati tizimiga aloqador 2 000 dan ortiq hujjatlar orasida Mudofaa vazirligiga yuborilgan yoki u orqali yöllangan yozişmalar hamda boşqa turdagi materiallar mavjud.
Vazirlik oddiy iş jadvalidan tortib öta maxfiy xabarlargaça bölgan turli materiallarni qabul qilişi mumkin. Reuters bu materiallarni milliy xavfsizlikka aloqador deb baholadi.
Özbekistonning Smart Forestry platformasiga kiberhujum
CloudSEK kiberxavfsizlik kompaniyasi Özbekistonning Smart Forestry platformasi bilan boğliq serverga xakerlar kirganini aniqladi.
Smart Forestry — Özbekistonda örmon xöjaligini raqamli boşqariş va nazorat qiliş uçun yaratilgan davlat axborot platformasi.
Hujumçilar tizimga kirgaç, örmon xöjaligiga oid ma’lumotlar bazasini boşqariş va serverda saqlanadigan ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölgan.
Hujum bir neça bosqiçda amalga oşirilgan. Dastlab xakerlar Smart Forestry platformasining geografik ma’lumotlar bilan işlaydigan GeoServer tizimiga kirgan. Keyin esa platformaning ma’lumotlar bazasi va serverini boşqariş imkonini qölga kiritgan. Ular serverga zararli fayllar joylaştirgan va masofadan turib buyruqlar yuboriş uçun maxsus dastur örnatgan.
Xakerlar serverda maxsus avtomatik vazifalarni ham joriy qilgan. Natijada tizim ma’lum vaqt ularning serveriga va kimga tegişliligi noma’lum bölgan boşqa manzilga ulanib turgan.
CloudSEK ma’lumotlariga köra, xakerlar serverni töliq, ya’ni eng yuqori ruxsatga ega administrator darajasida boşqariş imkoniga ega çiqolmagan. Biroq, bu ularni sezilarli darajada çeklamagan: ular örmon xöjaligi böyiça ma’lumotlar bazasini töliq boşqarişi, şuningdek, GeoServer orqali taqdim etiladigan yoki serverda saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanişi mumkin bölgan.
Avvalroq, 2026-yil may oyida Özbekistonning Smart Forestry loyihasiga nisbatan şubhali kiberfaollik haqida xabarlar paydo bölgan edi. Biroq öşanda hujum qanday amalga oşirilgani batafsil oçiqlanmagan.
Avvalroq sun’iy intellekt tufayli kiberhujumlar yangi bosqiçga çiqayotgani haqida maqola e’lon qilgandik.
Mavzuga oid yangiliklar

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
