updated: 22.03.2026, 15:34

Markaziy Osiyo va Armaniston nishonda: Turkiyadan qatʼiy javob

Rossiyalik teleboshlovchi va Kreml propagandachisi Vladimir Solovyov Rossiyaning «maxsus harbiy operatsiyasi» faqat Ukraina bilan cheklanib qolmasligi, balki Moskva oʻzining «taʼsir zonalari» deb hisoblaydigan boshqa hududlarga — xususan, Armaniston va Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham kengayishi mumkinligini ochiq aytdi.

Jahon

12.01.2026, 12:26

Ulashish:

Markaziy Osiyo va Armaniston nishonda: Turkiyadan qatʼiy javob

Uning bu bayonotlari xalqaro huquqni inkor etish va milliy xavfsizlikni bahona qilgan holda qoʻshni davlatlarga nisbatan tajovuzkor siyosat olib borish ehtimolini yaqqol namoyon etmoqda.

 

Xalqaro huquqni ochiq inkor etish

 

Solovyov oʻz chiqishlarida xalqaro huquqiy meʼyorlarga rioya qilish niyati yoʻqligini yashirmadi. Uning taʼkidlashicha, milliy xavfsizlik manfaatlari har qanday xalqaro qoidalardan ustun turadi.

«Biz tushuntirishimiz kerak: oʻyinlar tugadi. Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik», — dedi u.

Shuningdek, u Ukrainda boshlangan harbiy harakatlar boshqa mintaqalarda ham takrorlanishi mumkinligini ochiq tan oldi:

«Agar milliy xavfsizligimiz sabab Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiyani boshlagan boʻlsak, aynan shu mulohazalardan kelib chiqib, taʼsir doiramizning boshqa nuqtalarida ham nega uni boshlamasligimiz kerak?» — dedi Solovyov.

 

Geosiyosiy ustuvorliklar va mintaqaviy tahdidlar

 

Kreml propagandachisi Rossiya uchun «yaqin xorij» — avvalo Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlari Suriya yoki Venesuela kabi uzoq hududlardan ancha muhim ekanini taʼkidladi. Uning fikricha, ushbu mintaqalarda taʼsirni yoʻqotish Rossiya uchun jiddiy strategik oqibatlarga olib kelishi mumkin.

«Venesueladagi voqealardan koʻra Armanistonda yuz berayotgan jarayonlar biz uchun ancha ogʻriqli. Armanistonni yoʻqotish — ulkan muammo», — dedi u.

Markaziy Osiyo haqida esa quyidagicha baho berdi:

«Osiyodagi, Oʻrta Osiyodagi, ular aytganidek, Markaziy Osiyodagi muammolar biz uchun katta falokatga aylanishi mumkin. Shu sababli maqsad va vazifalarimizni aniq belgilab olishimiz shart», — deya taʼkidladi Solovyov.

 

Zoʻravonlikka ochiq daʼvatlar

 

Solovyov Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari «yetarlicha shafqatsiz emas» degan fikrni ilgari surib, boshqa hududlarda yanada «qonunsiz va shafqatsiz» usullarni qoʻllashni taklif qildi. U Rossiya manfaatlari doirasiga kiruvchi mamlakatlarda «har qanday hokimiyat boʻlishi mumkin, faqat antirussiy boʻlmasligi kerak», deya Armaniston va Gruziyani misol sifatida tilga oldi.

Shu bilan birga, u zarurat tugʻilsa, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni oʻgʻrilashga oʻxshash maxsus operatsiyani ham amalga oshirish mumkinligini aytdi. Solovyov bu fikrlarida Donald Trampning Grenlandiya va Venesuela haqidagi bahsli ritorikasiga ham ishora qildi.

 

Mintaqaviy javob va yangi ittifoqlar

 

Rossiyadan yangrayotgan bunday tahdidli bayonotlar fonida mintaqadagi boshqa kuchlar ham oʻz pozitsiyalarini ochiq bildirmoqda. Xususan, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻon Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik ittifoq mustahkam ekanini yana bir bor taʼkidladi.

«Ozarbayjonga qaratilgan har qanday tahdid Turkiyaga qaratilgan tahdid hisoblanadi», — dedi u.

Siyosatshunoslar fikricha, bu bayonot ramziy emas, balki mintaqadagi kuchlar muvozanati oʻzgarib borayotganini anglatuvchi aniq siyosiy signal hisoblanadi.

Vladimir Solovyovning bayonotlari Rossiyaning oʻz «taʼsir doirasi» deb bilgan hududlarda, jumladan Markaziy Osiyo va Armanistonda harbiy aralashuv ehtimolini istisno qilmayotganini koʻrsatadi. Bu esa xalqaro huquqni ochiq rad etish va milliy xavfsizlikni bahona qilib, qoʻshni davlatlar suverenitetiga tahdid solish demakdir.

Bunga javoban, Turkiyaning Ozarbayjonni qatʼiy qoʻllab-quvvatlashi mintaqada yangi geosiyosiy muvozanat shakllanayotganidan dalolat beradi. Bu jarayonlar mintaqaviy barqarorlik uchun jiddiy sinov boʻlib, kelgusida keskinlik kuchayishi ehtimolini oshirmoqda.

Jahon

12.01.2026, 12:26

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?

O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?

O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston

17.10.2026, 14:01

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Siyosat

17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?

Isroilda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan Binyamin Netanyaxuga qarshi muxolif siyosatchilar birlashmoqda. Biroq ularning aksariyati Falastin davlatini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Siyosat

17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?

1941-yilda Gitler SSSRni bir necha oy ichida taslim qilishni rejalashtirdi. Yevropaning katta qismini allaqachon bo‘ysundirgan Germaniya qo‘shinlari Moskva ostonasigacha yetib bordi.  Ammo oradan to‘rt yil o‘tib, Berlinning o‘zi vayronalar ichida qoldi.

Madaniy

16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi

AQSh sudi Tramp ma’muriyatini 2027-yilgi Green Card lotereyasini qayta ochishga majbur qildi.

Jahon

15.10.2026, 17:54

Rasm sun'iy intellektda yaratildi

Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi: O‘zbekistonda holat qanday?

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sur’ati 2027-yilda 5,3 foizga pastlaydi.

Iqtisodiyot

15.10.2026, 17:15

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi

Voyaga yetmaganlar bilan nikoh munosabatlariga kirishish, ularni turmushga berish yoki uylantirish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan nikoh bo‘yicha diniy marosim o‘tkazish uchun jarimalar kuchaytirildi.

Oʻzbekiston

15.10.2026, 16:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →