Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi
Operatsiya Ukrainaning 2014-yilga oid 4,2 milliard dollarlik da’vosi sababli amalga oshirilgan.
Jahon
03.09.2026, 15:56
Ulashish:

Norvegiya rasmiylari 2-sentyabr kuni Svalbard arxipelagining Arktika hududidagi Barensburg portida Rossiyaga tegishli “Professor Molchanov” nomli davlat kemasini hibsga oldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Barentsburg – Norvegiya hududidagi rus ko‘mir konchilar shaharchasi bo‘lib, u 1920-yilgi Shpitsbergen shartnomasining merosidir. Ushbu shartnoma arxipelag ustidan Norvegiya suverenitetini tasdiqlash bilan birga, uni imzolagan davlatlarga, jumladan, Rossiyaga bu yerda tijoriy faoliyat yuritish uchun teng huquqlar beradi.
Hukumat organlari Ukrainaning “Naftogaz” davlat energetika kompaniyasining arizasi asosida harakat qilgan. Kompaniya Rossiya 2014-yilda Qrimni noqonuniy anneksiya qilganida tortib olgan energetika aktivlari uchun tovon puli undirishga urinmoqda.
Kema Norvegiyaning Nord-Troms va Senya okrug sudining 31-avgust kuni chiqargan qaroriga asosan hibsga olingan.
Mahalliy ijro etuvchi organ sifatida operatsiyani bajargan Shpitsbergen gubernatori Lars Fausening aytishicha, kemaga hozirgi joylashgan o‘rnini tark etishga ruxsat yo‘q. Kema bortidagi yo‘lovchilar masalasi bilan Norvegiya hukumati alohida shug‘ullanmoqda.
Kreml vaziyat bo‘yicha izoh bermadi.
4,2 milliard dollarlik hisob
Gaagadagi Doimiy arbitraj sudi 2023-yilda Rossiya “Naftogaz” va unga aloqador oltita kompaniyaning Qrimdagi aktivlarini, jumladan, gaz konlari, quvurlar hamda Qora dengizdagi “Chornomornaftogaz” kompaniyasini noqonuniy ravishda egallab olgani uchun ularga tovon puli to‘lashi kerak, degan qarorga kelgan.
Foizlar va xarajatlarni hisobga olmaganda, asosiy qarz miqdori qariyb 4,22 milliard dollarni tashkil etadi. Foizlar va boshqa xarajatlar bilan esa qariyb 5 milliard dollarga yetishi mumkin.
Rossiya to‘lovni amalga oshirishdan bosh tortgan. Shu sababli “Naftogaz” Rossiyaning tijoriy mulklari mavjud bo‘lgan mamlakatlardagi sudlarga murojaat qilmoqda.
“Rossiya xalqaro arbitraj qarorini bajarishdan bosh tortib, javobgarlikdan qochib qutula olmaydi”, – dedi “Naftogaz” kompaniyasing bosh direktori vazifasini bajaruvchi Sergiy Fedorenko.
Fedorenko kompaniya pul to‘lanmaguncha dunyo bo‘ylab Rossiya aktivlarini “ovlash”da davom etishini qo‘shimcha qildi.
Arktika operatsiyasi yagona amaliyot emas. Qrim ishi bo‘yicha sud qarorini ijro ettirish jarayonlari qariyb o‘nta yurisdiksiyada davom etmoqda. Rossiyaning Finlyandiya va Fransiyadagi aktivlari allaqachon musodara qilingan.
Mavzuga oid yangiliklar

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
