4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32
Ulashish:

16-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar va investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda umumiy qiymati 4,7 milliard dollar bo‘lgan oltita yirik loyiha bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Loyihalar ishga tushirilishi natijasida mamlakatda 3 000 megavatt yangi generatsiya quvvati va 400 megavatt energiya saqlash imkoniyati paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54 foizga yetkaziladi
So‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston energetika sohasiga 35 milliard dollar sarmoya kiritilgan. Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr ishlab chiqarishdagi ulushi 31 foizga yetgan.
Hukumat 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 54 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Shu davrga qadar 22 000 megavatt yangi generatsiya quvvatini barpo etish va yillik elektr ishlab chiqarish hajmini 129 milliard kilovatt-soatdan oshirish rejalashtirilgan.
Elektr tarmoqlari va energiya saqlash
Investorlar bilan muloqotda 2030-yilgacha 5 000 kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini esa 4 500 megavattga yetkazish rejalari ham ma’lum qilindi.
Energiya saqlash tizimlari, ayniqsa, quyosh va shamol elektr stansiyalari uchun muhim. Chunki ularning ishlab chiqarish hajmi ob-havo va kun vaqtiga bog‘liq. Ortiqcha energiyani saqlab, talab yuqori bo‘lgan vaqtda tarmoqqa uzatish elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga yordam beradi.
Hukumat kelgusida yangi generatsiya quvvatlarini elektr tarmoqlarining imkoniyatlari bilan birgalikda rejalashtirishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan oltita quyosh va shamol elektr stansiyasi loyihasini alohida tanlovga chiqarish rejalashtirilgan. Bu loyihalar 4,7 milliard dollarlik kelishuvlardan alohida tashabbuslar hisoblanadi.
Investorlar haqida nimalar ma’lum?
Jarayonni yoritgan Euronews nashrining xabar berishicha, yangi energetika loyihalari bilan bog‘liq kompaniyalar qatorida Saudiya Arabistonining ACWA Power va Saudi Tabreed, Birlashgan Arab Amirliklarining AMEA Power, Yaponiyaning Toyota Tsusho va Sojitz, Fransiyaning EDF, Qatarning Nebras Power hamda boshqa kompaniyalar mavjud.
Uchrashuvda Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi asoschisi va raisi Muhammad Abunayyan O‘zbekistonning moliya va kapital bozorlarini isloh qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, BAAning Masdar kompaniyasi bosh direktori Muhammad Jamil Al Ramahiyning ma’lum qilishicha, uning kompaniyasi 2019-yildan buyon O‘zbekistonga 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritgan, 2 gigavattdan ziyod qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini rivojlantirgan va yana 2 gigavatt quvvat bo‘yicha majburiyat olgan.
“Buning evaziga biz siyosat, tartibga solish hamda sarmoyalarimizga asos bo‘luvchi kelishuvlarda aniqlik, qat’iylik va barqarorlik bo‘lishini istaymiz”, – dedi u.
Elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish rejasi
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Qozog‘iston va Ozarbayjon orqali Yevropaga eksport qilish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ko‘magida ilgari surilayotgan “Kaspiy yashil energiya yo‘lagi” loyihasi elektr energiyasini Kaspiy dengizi orqali, keyin esa Janubiy Kavkaz va Qora dengiz orqali Yevropaga uzatish imkoniyatini nazarda tutadi.
Loyiha hozircha texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida.
Mavzuga oid yangiliklar

Apple iPhone patentini buzganligi uchun $5,7 milliard to‘laydi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 17:59

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi
Jahon
03.09.2026, 15:56

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

Ko‘mir narxi oshmadi: taxminlar xato bo‘lib chiqdi
Jahon
20.04.2026, 14:18
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
