Jamol Qoşiqçi qotilligi: Saudiya konsulligidagi sirli ölim

2018 yil, Istanbul. Saudiya Arabistoni konsulligiga taşrif buyurgan jurnalist bino­ga kirdi-yu, qaytib çiqmadi.

Bu odam Jamol Qoşiqçi: Muhammad bin Salmon hukumatini oçiq tanqid qilgan jurnalist.

Keyinçalik ma’lum bölişiça, u konsullikda öldirilgan. Bölaklab taşlangan jasadi esa hanuzgaça topilmadi.

Ulashish:

QOŞIQÇI KIM?

Jamol Ahmad Qoşiqçi — saudiyalik jurnalist, şarhlovçi va yozuvçi. U 1958 yil 13 oktyabrda Madina şahrida tuğilib, 1983 yilda Indiana universitetini biznes boşqaruvi yönalişi böyiça bakalavr darajasini olgan.

Jamol jurnalistik faoliyatini ingliz tilida çop etiladigan Saudiya Arabistonining Saudi Gazette gazetasi muxbiri sifatida boşlagan. Keyinçalik “Asharq Al-Awsat”, “Arab News”, “Al-Hayat” kabi gazetalarda işlagan. 

Keng jurnalistik tajribasi tufayli u siyosiy islom va unga aloqador harakatlar böyiça mutaxassis sifatida maşhurlikka erişdi. Afğoniston uruşi va Birinçi Körfaz uruşi haqidagi reportajlari, şuningdek, 1990-yillarning boşlarida 11 sentyabr teraktlarining taşkilotçisi Usoma bin Lodindan intervyu olgani bilan keng tanilgan.

Jamol 2003 yilda Saudiya Arabistonidagi islohot tarafdori bölgan ilk gazetalardan biri — Al-Watan'ning boş muharriri lavozimini egallagan. Oradan ikki oy ham ötmay, tahririyat siyosati sabab işdan böşatilgan.

Şundan söng u Saudiya Arabistonining Londondagi, keyinçalik esa Vaşingtondagi elçisi şahzoda Turki al-Faysalning media maslahatçisi etib tayinlangan.

2007 yilda Jamol “Al-Watan”ga boş muharrir sifatida qaytdi. 2010 yilda esa tahririyat uslubi, Saudiya jamiyatida muhokama va munozara doirasini kengaytirişga intilgani sabab yana işdan böşatildi.

2010 yil iyun oyida şahzoda Al-Valid bin Talol Qoşiqçini yangi taşkil etilayotgan, 24 soat davomida efirga uzatiladigan arab tilidagi Al-Arab axborot telekanaliga rahbar etib tayinlagan. Telekanal 2015 yilda Bahrayn poytaxti Manama şahrida iş boşladi. Biroq efirga çiqqanidan 11 soat ham ötmay, hukumatdan Al-Arab'ni töxtatiş haqida buyruq kelgan.

Telekanal yopilgaç, Jamol Qoşiqçi jurnalistik faoliyatini yozma matbuot va xalqaro ommaviy axborot vositalarida davom ettirdi. 2015 yil dekabrida “Al-Hayat” gazetasida çop etilgan maqolalaridan birida jurnalist mustaqil fikr bildiriş muhimligini ta’kidlab, bosimlar öz qaraşlaridan voz keçtira olmasligini yozgan.

2016 yil oxirida Qoşiqçi AQŞga yangi saylangan prezident Donald Trampning Yaqin Şarq siyosati va Saudiya rahbariyatining unga nisbatan munosabatini tanqid qildi. Şundan söng uning Al-Hayat gazetasidagi maqolalari töxtatildi. Saudiya rasmiylari unga gazetalarda yoziş, televideniyeda çiqiş va konferentsiyalarda qatnaşişni ham taqiqlab qöydi.

2017 yil iyun oyida Qoşiqçi öz xavfsizligi uçun Saudiya Arabistonini tark etib, AQŞga köçib ötişga majbur böldi. Bu paytda valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon hokimiyatdagi mavqeini mustahkamlayotgan, özgaça fikrlovçilarga qarşi tazyiqlar kuçaygan edi. Öşa davrda Qoşiqçi Al Jazeera telekanaliga bergan intervyularidan birida şunday degan:

“Ayni damda saudiyalik ziyolilar va jurnalistlar talaygina. Ammo endi heç kim islohotlar haqida gapirişga va ularni tanqid qilişga jur’at etolmaydi. Masalan, NEOM loyihasini oling. U valiahd şahzoda yarim trillion dollar sarmoya kiritişni rejalaştirayotgan futuristik şahar. Agar hammasi çappasiga ketsa-çi? Bu mamlakatni xonavayron qilişi mumkin”.

2017 yilda The Washington Post gazetasida ham uning ilk maqolasi e’lon qilindi. Maqola “Saudiya Arabistoni har doim ham bunçalik repressiv bölmagan. Biroq hozirgi holat çidab bölmas darajada” deb nomlangan edi. Unda muallif mamlakatdagi siyosiy bosim, hibsga olişlar va söz erkinligining çeklanişini tanqid qiladi. Şu maqoladan keyin Qoşiqçi gazetaning doimiy şarhlovçilaridan biriga aylandi va ölimiga qadar bu naşrda yigirmata maqola çop ettirdi.

“Arab dunyosiga eng zarur narsa — söz erkinligi” deb nomlangan oxirgi maqolasida butun arab davlatlaridagi matbuotning ayançli ahvoli, arab fuqarolari öz davlatida bölayotgan jarayonlar, xususan, islohotlarning oqibati haqida mulohaza qila olmasligi va hukumatlarning erkin sözga nisbatan tazyiqlari bayon etilgan edi.

 

QOTILLIK

Qoşiqçining öldirilişi va undan keyingi muhim hodisalarni sanalar ketma-ketligida körib çiqamiz. Siz esa yoqtirmani bosib, obuna bölib qöying va kuzatişda davom eting.

2018 yilda Qoşiqçi 36 yoşli turkiyalik doktorant Xatije Jingiz bilan tanişadi va ular turmuş qurişga qaror qilişadi. Jingiz Turkiya fuqarosi bölgani uçun nikohni Turkiyada rasmiylaştirişni rejalaştirişgan. Qoşiqçi bundan avval qalliği Roviya at-Tunisi bilan ajraşgan edi. Ularning 4 nafar farzandi bölgan.

2018 yil 28 sentyabrda Qoşiqçi sobiq rafiqasi bilan ajraşganini tasdiqlovçi hujjatni oliş uçun Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligiga ilk bor taşrif buyuradi. Turkiya qonunçiligiga köra, Xatije Jingiz bilan turmuş qurişi uçun undan uşbu hujjat talab qilingan. Unga iliq munosabatda bölgan konsullik xodimlari 2 oktyabrda hujjatlarini olib ketişi mumkinligini aytadi.

2018 yil 2 oktyabr

Qoşiqçi Xatije Jingiz hamrohligida Saudiya Arabistoni konsulligiga yana keladi. Jingiz konsullik binosi taşqarisida qoladi. Kuzatuv kameralari Qoşiqçining soat 13:14 da bino­ga kirganini qayd etgan.

Jurnalist Xatijega agar biror köngilsiz hodisa yuz bersa, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoğanning yaqin maslahatçisi Yasin Aktay bilan boğlanişni tayinlab qöyadi.

Oradan uç soat ötadi. Qoşiqçidan esa darak yöq. Jingiz konsullik xodimlaridan Jamol haqida söraydi. Unga Jamol bino­dan allaqaçon orqa eşik orqali çiqib ketganini aytişadi.

Biroq bunga işonmagan Jingiz konsullik taşqarisida kutişda davom etadi. Keçroq Yasin Aktay bilan boğlanadi. Aktay esa Turkiya rasmiylariga murojaat qiladi. Qoşiqçining yöqolişi yuzasidan xavotir kuçayib, masala diplomatik darajaga kötariladi.

Bir kundan keyin Saudiya Arabistoni rasmiylari Qoşiqçi binoni tark etgaç bedarak yöqolgani haqida bayonot berdi. Biroq Turkiya prezidenti matbuot kotibi Qoşiqçi konsullik binosidan heç qayoqqa çiqmaganini ma’lum qiladi.

Ikki kun ötib, 4 oktyabrda Turkiya Taşqi işlar vazirligi Qoşiqçining bedarak yöqolişi yuzasidan tuşuntiriş beriş uçun Saudiya Arabistonining Anqaradagi elçisini vazirlikka çaqirtirdi.

5 oktyabr kuni Muhammad bin Salmon Qoşiqçi konsullik binosida emasligini aytib, Turkiya tomonidan tergov ötkazilişi va Saudiyaning diplomatik vakolatxonasida tintuv amalga oşirilişi mumkinligini bildiradi.

Valiahd şahzoda Bloomberg naşriga bergan intervyusida şunday degan:

“Bilişimça, u içkariga kirgan va bir neça daqiqa yoki bir soatdan keyin qaytib çiqqan. Aniqini bilmayman. Biz öşa paytda aynan nima bölganini aniqlaş uçun Taşqi işlar vazirligi orqali bu holatni örganmoqdamiz”.

Keyinçalik Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoğan Qoşiqçining tirikligiga umid qilayotganini, konsullik binosiga kiriş va undan çiqiş joylaridagi videyozuvlar örganilişini, şuningdek, Turkiyaga kelgan va undan uçib ketgan barça reyslar kuzatuvdan ötkazilişini ma’lum qiladi.

Erdoğanning maslahatçisi Yasin Aktay esa Qoşiqçi konsullik binosi içida öldirilgani şubhasiz, deb hisoblaşini aytadi.

10 oktyabr kuni Turkiya Qoşiqçining sirli ğoyib bölişi ortdan Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligida kuzatilgan şubhali harakatlar aks etgan videyozuvlarni hamda Saudiya Arabistonidan maxsus yuborilgan, suiqasd uyuştirişda gumon qilinayotgan 15 kişilik guruh a’zolarining suratlarini e’lon qiladi.

Şuningdek, Turkiya va AQŞ rasmiylari Qoşiqçining Saudiya Arabistoni konsulligi içidagi sönggi daqiqalariga oid audioyozuvlar mavjudligini ham bildiradi.

 

AUDIOYoZUVLAR SIRI

Audioyozuvlar stenogrammasida jurnalist va suiqasdni amalga oşiriş uçun yuborilgan guruh a’zolari örtasida uning öldirilişidan bir neça daqiqa oldin bölib ötgan suhbatlar yozilgan. Ovozlar aniq ketma-ketlikda va tiniq bölmasa-da, mutaxassislar voqea taxminan qanday bölganini aniqlaşgan.

Ar-Riyoddan kelgan 15 kişilik guruh Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligiga yiğiladi.

Qoşiqçi esa bino­ga soat 13:14 da kiradi. Unga peşvoz çiqqan Saudiya Arabistoni qöriqçilari konsulning idorasi joylaşgan ikkinçi qavatga olib çiqadi.

Içkarida maxsus guruh Jamolni kutib turgan edi. Ular orasida Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonga yaqinligi aytiladigan Maher Abdulaziz Mutrib ham bölgan.

U Qoşiqçiga şunday deydi:

«Biz sizni Ar-Riyodga qaytarib olib ketişimiz kerak. Interpoldan şunday buyruq bor. Interpol sizni qaytarişni talab qildi. Biz sizni olib ketgani keldik».

Qoşiqçi esa öziga nisbatan heç qanday ayblov yöqligini va bölajak turmuş örtoği taşqarida kutib turganini aytadi.

Şundan söng Mutrib Qoşiqçini öğliga xabar qoldirişga undaydi, bunga javoban Jamol: «Nima deyman, “tez orada körişgunça” deymanmi?» — deb kesatadi.

Tergov guruhi jurnalistga yanada kuçliroq bosim ötkazişni boşlaydi.

«Sizga yordam bera olişimiz uçun bizga kömaklaşing. Çunki baribir sizni Saudiya Arabistoniga olib ketamiz, agar yordam bermasangiz, buning oqibati nima bilan tugaşini özingiz yaxşi bilasiz», — deydi Mutrib Qoşiqçiga.

Keyin xonaga autopsiya, ya’ni murdani yorib tekşiriş uçun möljallangan asboblar olib kirilib, konsulning stoliga terib qöyiladi.

Mutrib esa Qoşiqçiga sönggi bor «Agar hamkorlik qilsangiz, bunday bölmaydi», degan gapni aytadi.

Şundan söng beş kişi Qoşiqçining boşiga plastik paket kiydirib, böğib öldiradi. Bu voqealar taxminan yetti yarim daqiqa içida bölib ötgan.

Qoşiqçining kiyimlarini Saudiya xavfsizlik xizmati xodimi Mustafo al-Madaniy kiyib oladi. Çunki u taşqi körinişidan Qoşiqçiga öxşar, şu xususiyati uçun ham bu işga yollangan edi. Audioyozuvlarda Al-Madaniy endigina öldirilgan odamning kiyimlarini kiyiş jirkançligini ham aytgan.

Bu vaqtda hali sovumagan jasaddan qon çiqarib taşlanadi. Söngra murda saudiyalik sud-tibbiyot eksperti Saloh at-Tubayjiyga topşiriladi. U jasadni bölaklarga ajratişi kerak edi. Tubayjiy ilgari heçam iliq jasad bilan işlamaganini, biroq bu işni bemalol eplaşini bildirgan.

“Odatda jasadlarni nimtalyotganimda quloqçinlarimni taqib olib, musiqa tinglayman. Bu orada qahvamdan höplab, sigaret çekaman. Uni bölaklarga bölganimdan söng, siz qismlarni selofan paketlarga örab, jomadonlarga solasiz va olib çiqib ketasiz”.

Taxminan soat 15:00 da konsullik garajidan mikroavtobus va yana bir avtomobil çiqib, boş konsul qarorgohiga yöl oladi. Taxminlarga köra, sumkalarda Qoşiqçi tanasining burdalangan bölaklari bölgan.

Soat 15:53 da esa Mustafo al-Madaniy marhumning kiyimlarida konsullik binosidan çiqib ketadi.

Qotillik sodir bölgan 2 oktyabr kuni ikkita xususiy samolyotda kelgan guruh a’zolari öşa kunning özidayoq mamlakatni tark etgan. Samolyotlardan biri Misrning Qohira şahriga, ikkinçisi esa Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahriga yöl oladi. Keyinçalik ular Ar-Riyod şahriga qaytgan.

Dastlab Saudiya Arabistoni içki işlar vaziri Noyif bin Abdulaziz Qoşiqçining bedarak yöqolişi va taxminiy qotilligiga oid ayblovlarni rad etib, bu da’volarni qirollikka qarşi qaratilgan «yolğon» deb ataydi.

2018 yil 15 oktyabr kuni Turkiya rasmiylari Saudiya Arabistoni konsulligi binosiga kirib, tintuv ötkazdi va Qoşiqçi konsullikda öldirilganini tasdiqlovçi dalillar topilganini ma’lum qildi.

Şundan söng AQŞ prezidenti Donald Tramp Qoşiqçining ölimiga «öziça iş tutgan qotillar» sabab bölgan bölişi mumkinligini aytadi. 

Umuman, Tramp öşa paytlari Muhammad bin Salmon bilan yaqin aloqalar örnatayotgan edi. U keyinçalik ham bu işda garçi dalillar bir talay bölsa-da, Salmon boşçiligidagi hukumatni töğridan-töğri ayblaşdan imkon qadar qoçgan. Oq uy rasmiy bayonotlaridan birida Saudiya Arabistoni va AQŞ örtasidagi munosabatlar muhimligini ta’kidlagan.

17 oktyabr kuni Turkiya tergovçilari Qoşiqçini qidiriş doirasida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsul qarorgohiga ham kirib, tintuv ötkazadi. Şundan söng Qoşiqçi konsullik binosiga kirganidan «bir neça daqiqa ötib» öldirilgani haqida xabar berildi.

20 oktyabr kuni Ar-Riyod ham Jamol Qoşiqçi 2 oktyabr kuni mamlakatning Istanbuldagi konsulligi içida böğiş orqali öldirilganini rasman tasdiqlaşga majbur böldi.

Uşbu bayonotdan söng qotillikka aloqadorlikda gumon qilingan 18 nafar Saudiya Arabistoni fuqarosi hibsga olindi, beş nafar rasmiy esa lavozimidan ozod etildi.

Qoşiqçining konsullikda öldirilişini Muhammad bin Salmonning yaqin yordamçilaridan biri Saud al-Qahtoniy taşkillaştirgan, degan xabarlar keng tarqalgan.

Erdoğan Saudiya Arabistonini Qoşiqçi öldirilişidan bir neça kun oldin suiqasdni rejalaştirganlikda ayblagan. U qotillikka kim buyruq bergani haqida javob berişni talab qiladi. Bundan taşqari, bu paytga kelib turk tergovçilari Qoşiqçining jasadini qidiriş işlarini heç qanday natijasiz yakunlaydi.

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham Qoşiqçi qotilligi yuzasidan «işonçli» tergov ötkazişga çaqirgan. Öşa paytdagi Germaniya kantsleri Angela Merkel esa “Saudiya Arabistonidan Qoşiqçining ölimi sabablari haqida şaffoflik kutayotganini” aytgan.

 

TEATRLAŞTIRILGAN SUD

2019 yil 3 yanvar kuni Saudiya Arabistonida Qoşiqçi qotilligida gumon qilinayotgan 11 kişi ustidan sud jarayoni boşlandi. Yil oxirida — 23 dekabr kuni birinçi instantsiya sudi 11 nafar gumonlanuvçidan sakkiz nafarini aybdor deb topib, ulardan beştasini ölim jazosiga hukm etdi. 

Ular orasida konsullik içida işga boş-qoş bölgan Maher Abdulaziz Mutrib, marhum jasadini bölaklarga ajratgan Saloh at-Tubayjiy ham bor. Salmonning maslahatçisi Saud al-Qahtoniy esa aybsiz deb topildi. Sud qarorida qotillik oldindan rejalaştirilmagani aytilgan.

Keyinçalik Qoşiqçining öğli Saloh Twitter'da bayonot e’lon qilib, otasining qotillarini keçirişini bildirgan. Saudiya Arabistonida amal qiladigan islom qonunlariga köra, jabrlanuvçining oilasi jinoyatçini keçirsa, unga tayinlangan ölim jazosi yengillaştirilişi mumkin. Şu tariqa işdagi ölim jazolari qamoq jazosiga özgartirildi.

Biroq BMTning Inson huquqlari böyiça boşqarmasi Saudiya Arabistonidagi sud jarayonini «yetarli emas» deb baholadi. Boşqarma matbuot kotibi Ravina Şamdasani xalqaro hamjamiyat iştirokida mustaqil tergov ötkazişga çaqirdi.

Mazkur suddan taşqari, BMT maxsus ma’ruzaçisi Agnes Kallamard boşçiligidagi guruh ham Qoşiqçi öldirilişi yuzasidan tergov ötkazgan. Agnes Kallamard e’lon qilgan hisobotida valiahd şahzoda va Qirollikning ba’zi yuqori martabali rasmiylari qotillikka aloqadorlik böyiça söroq qilinişi kerakligi aytiladi.

Şuningdek, u Saudiya Arabistonidagi sud jarayonini «teatr» deb atab, uni qoralagan. Ar-Riyod rasmiylari esa mazkur xulosalarni «asossiz» deb baholagan.

 

AQŞ XULOSASI

2019 yil dekabr oyida AQŞ Kongressi mudofaa töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga köra, milliy razvedka direktori qonun kuçga kirgaç 30 kun içida Qoşiqçining öldirilişi yuzasidan hammaga oçiq hisobotni taqdim etişi şart edi.

Ammo Tramp ma’muriyati qonun çiqaruvçilarga ma’lumotlarning oşkor etilişi milliy razvedka idorasining manbalari va usullarini xavf ostiga qöyişini aytib, hisobotni e’lon qilişdan boş tortdi. Ba’zi manbalarga qaraganda, Tramp Kongressni Muhammad bin Salmonni tinç qöyişga köndirib, uni AQŞ tomonidan körilişi mumkin bölgan çoralardan qutqarib qolgan.

Jo Bayden hokimiyatga kelganidan söng, Tramp davrida oşkor etilmay qolgan AQŞ Milliy razvedkasi hisoboti 2021 yil 26 fevralda e’lon qilindi.

Hisobotda aytilişiça, 2018 yil 2 oktyabrda Istanbulga Saudiya Arabistonidan bir jamoa yetib kelgan. Uning tarkibida Qirollik saroyi huzuridagi Tadqiqotlar va media masalalari markazida işlagan yoki u bilan aloqador bölgan rasmiylar ham bölgan. Operatsiya vaqtida markazga Muhammad bin Salmonning yaqin maslahatçisi Saud al-Qahtoniy rahbarlik qilgan.

Şuningdek, jamoa tarkibiga Muhammad bin Salmonning Tezkor aralaşuv kuçlari deb nomlanuvçi elita şaxsiy qöriqlaş xizmati tarkibidan yetti nafar a’zo ham kirgan. Uşbu kuçlar faqat şahzodaga böysunişi aytiladi.

Hisobotning eng e’tiborli bandida şunday deb yozilgan:

“2017 yildan buyon valiahd şahzoda Qirollikning xavfsizlik va razvedka idoralarini mutlaq nazorat qilib kelmoqda, şuning uçun Saudiya rasmiylari valiahd şahzodaning ruxsatisiz bu kabi amaliyotni amalga oşirgan bölişi ehtimoldan yiroq”.

 

QOŞIQÇI NEGA ÖLDIRILGAN?

2020 yil 20 oktyabrda Qoşiqçining unaştirilgan ayoli Xatije Jingiz va inson huquqlari taşkilotlari Vaşingtondagi federal sudga Salmon hamda Saudiya Arabistonining yigirmadan ortiq yuqori martabali rasmiysiga qarşi da’vo arizasi kiritadi. Ular 2018 yilda Istanbulda sodir etilgan qotillik uçun tovon undirişni talab qiladi.

Da’vo arizasida aytilişiça, Qoşiqçi özi asos solgan “Arab dunyosi uçun bugun demokratiya” huquqni himoya qiliş guruhidan “demokratik islohotlarni qöllab-quvvatlaş va inson huquqlarini tarğib qiliş platformasi sifatida” foydalanmoqçi bölgan. Bundan xabar topgan Muhammad bin Salmon va Saudiya Arabistonining boşqa rasmiylari uni öldiriş rejasini işlab çiqqan. Saudiya rasmiylari esa bu ayblovlarni rad etgan.

2022 yil iyul oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden Saudiya Arabistoniga taşrif buyurib, Muhammad bin Salmon bilan uçraşganda şunçaki qöl berib emas, muştlaşib körişişadi. Bu Qoşiqçi sababli sovuqlaşgan Vaşington va Ar-Riyod örtasidagi munosabat yaxşilanayotganidan darak berardi. Köp ötmay AQŞ federal sudi Xatije Jingiz tomonidan Muhammad bin Salmonga qarşi kiritilgan fuqarolik da’vosini valiahd şahzodaning boş vazir sifatidagi huquqiy immuniteti sababli rad etdi.

2022 yil aprel oyida esa Turkiya ham Qoşiqçi qotilligi böyiça 26 nafar saudiyalik gumonlanuvçiga nisbatan sirtdan olib borilayotgan sud işini Saudiya Arabistonining öziga topşirdi. Çunki bu paytda Turkiya va Qirollikning orasi iliqlaşayotgan edi.

Şu tariqa qotillikning asl aybdorlari haligaça töliq jazolangani yöq. Jamol Ahmad Qoşiqçining öz vatanining konsulligida şafqatsizlarça öldirilişi Muhammad bin Salmon boşçiligidagi avtoritar hokimiyat yuzida öçmas doğ bölib qoldi.

Mavzuga oid yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?

OPEC+ mamlakatlari oktyabr oyida neft qazib olişni kuniga 2,04 million barrelga oşirdi. Bu körsatkiç Eronga qarşi AQŞ va Isroil uruşi boşlanişidan oldingi darajaga yaqinlaşdi. 

Iqtisodiyot

13.11.2026, 09:04

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi

12 noyabr kuni Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötadigan örtoqlik uçraşuviga hakamlar tayinlandi.

Sport

10.11.2026, 11:09

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi

Husiylarning bildirishicha, ular Yamanda qayta avj olgan fuqarolar urushida hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgani sababli Saudiya Arabistoniga hujum qilmoqda. 

Jahon

09.10.2026, 16:12

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi

Turkiya Makka mudofaa pakti doirasida Saudiya Arabistonidagi harbiy ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat qirollik hududida o‘z harbiy bazasini tashkil etishi mumkin.

Jahon

08.10.2026, 08:45

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi

G7 davlatlari taşqi işlar vazirlari Yamandagi husiylarni Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni va fuqarolik kemalariga tahdidlarni zudlik bilan tóxtatişga çaqirdi. Ular Erondan ham husiylarga qurol va yordam beriş ni tóxtatişni talab qildi.

Jahon

22.09.2026, 11:06

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Gʻazo

Amnesty International: Isroil Ğazodagi ayollarning farzand körişiga ham zarar yetkazdi

Hisobotda Isroilning harbiy amaliyotlari va Ğazo blokadasi homilador ayollar hamda yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun tibbiy yordamni keskin çeklagani aytilgan. Taşkilot ma’lumotlariga köra, hududdagi şifoxonalarning 90 foizdan ortiği vayron bölgan.

Jahon

27.11.2026, 16:59

AQŞ demokratlari Tramp siyosatiga qarşi: Eron bilan uruşni töxtatmoqçi

Demokratik partiya vakillari Donald Tramp ma’muriyatining Eronga qarşi harbiy harakatlarini töxtatişga çaqirmoqda. Biroq partiyaning özi ham avvalgi prezidentlar davrida Tehronga nisbatan sanktsiyalar va iqtisodiy bosim siyosatini qöllab-quvvatlagan.

Jahon

27.11.2026, 16:06

Özbekistonda 12 yillik ta’limga ötiladimi?

Qonunçilik palatasi olti yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi hujjatni uç öqişda qabul qildi.

Ta'lim

27.11.2026, 14:03

Россияда хорижлик меҳнат муҳожирлари учун патент.

Moskvada xorijlik mehnat muhojirlari uçun patent narxi oşiriladi

Moskva şahar dumasi deputatlari şaharning soliq qonunçiligiga özgartirişlar kiritişni ma’qulladi. 

Jahon

27.11.2026, 11:10

Özbekistonning ekologik loyihasi 94 mamlakat orasida birinçi böldi

Maktab öquvçilari taşabbusi bilan boşlangan Sustainable Future Society loyihasi Yevropa ta’lim jamğarmasining Green Skills Award 2026 xalqaro tanlovida ğolib deb topildi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 18:09

Özbek tili korpusi SI kompaniyalariga taqdim etildi

Endi sun’iy intellekt özbek tilida ravonroq sözlaşa oladi

Özbekiston 20 milliard tokenli milliy til korpusini OpenAI, Anthropic, Meta va Alibaba kompaniyalariga bepul taqdim etdi.

Fan-texnologiya

26.11.2026, 16:20

Ёмғирли об-ҳаво

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?

Ayrim hududlarda harorat 5 daraja sovuqqaça pasayadi. 3–5 dekabr kunlari mamlakatning bir qator joylarida yomğir yoğişi mumkin.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 15:37

Qöştepa kanali tayyor: Afğoniston suvni qaçon oladi?

Afğoniston tomoni Amudaryo suvini kanalga yaqin vaqtda yönaltirişini aytmoqda. Özbekiston Suv xöjaligi vaziri esa suv oliş 2030 yilgaça boşlanmasligini bildirgan.

Siyosat

26.11.2026, 14:58

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?

Özbekiston va Şveytsariya örtasida 252,5 million dollarlik aktivlarni qaytariş böyiça kelişuv tasdiqlandi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast jamğarmasi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga yönaltiriladi.

Iqtisodiyot

26.11.2026, 12:10

Ёнилғи ташувчи мошина ёнди: 31 киши ҳалок бўлди

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi

Qohira yaqinida sodir bölgan yonğin oqibatida yana 21 kişi jarohatlandi. Hodisa joyida 27 ta avtomobil yongan.

Jahon

26.11.2026, 11:19

Таэквандочилар

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi

Musobaqa 28–29 noyabr kunlari Ostona şahrida ötkaziladi. Unda olti nafar özbekistonlik sportçi medallar va 2028 yilgi Olimpiada uçun reyting oçkolari uçun kuraşadi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?

Özbekiston fuqarolari 31 ta davlatga vizasiz borişi mumkin. Yana bir qator mamlakatlarda çegarada viza oliş yoki elektron viza rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud.

Siyosat

26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk poligoni

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari

AQŞ bilan yadroviy kuç borasida bellaşgan SSSR Qozoğiston daştlarida yuzlab portlaşlar amalga oşirdi. Semipalatinsk poligonida ötkazilgan 456 ta sinov milliondan ortiq insonni radiatsiya ta’siriga duçor qilgan.

Fan-texnologiya

25.11.2026, 17:17

Toşkentda adolatli sudlov masalalari muhokama qilindi

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?

Toşkentda odil sudlovdan foydalaniş huquqiga bağişlangan xalqaro konferentsiya ötkazilmoqda.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?

Sanepidqömita mamlakatda enterovirusli infektsiyalar, jumladan Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:32

Tyson Fury

Taysonda şizofreniya aniqlandi

Boksçi bu haqda hayoti va sportdagi faoliyati haqida hikoya qiluvçi Netflix hujjatli filmida sözlab berdi.

Sport

25.11.2026, 11:52

Гўшт

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakat 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol göşti import qildi. Xaridlar uçun 597,7 million dollar sarflangan.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 10:41

Imtihondagi firibgarlik uçun $371 ming mukofot

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi

Janubiy Koreyada universitetga kiriş imtihonlarida nazorat kuçaytiriladi. Firibgarlik holatlari haqida xabar berganlik uçun qariyb 371 000 AQŞ dollarigaça mukofot puli taklif qilmoqda.

Ta'lim

25.11.2026, 10:19

Синдоров ва Гукеш ўйини

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi

Keçagi bahsda Javohir Sindorov $168 000 yutdi.

Sport

25.11.2026, 09:40

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →